O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Download 1.06 Mb.
bet6/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Savol va topshiriqlar

  1. Tilning ijtimoiy tabiatini yoritishda tarixiylik, hayotiylik, me’yoriylik, hududiylik prinsiplari.

  2. Til birliklari deganda nimani tushunasiz.

  3. Til tizim sifatida qanday vazifalarni bajaradi?

  4. M. Myuller va A. Shleyxerlarlarning til haqidagi nazariyani gapiring.

  5. Tilning ijtimoiy tabiatiga ko’ra turlariga izoh bering.

  6. Til tizim sifatida qanday vazifalarni bajaradi?

  7. Mahalliy til deganda nimani tushunasiz?

  8. Kreol tillar nima?

  9. Pijin til deganda nimani tushunasiz?

  10. Sun’iy tillar, xalqaro tillar ga ta’rif bering.

  11. Xalqaro esperanto tili



Adabiyotlar ro‘yxati

        1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.

  1. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.

  2. Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. -Toshkent, 2001.

  3. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari.-Toshkent, 2010.

  4. Rahmatullaev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari. -Toshkent, 2002.

  5. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-Toshkent, 2002.

  6. Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

  7. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.




3-§. TIL VA TAFAKKUR
Reja

  1. Til va tafakkurning dialektik munosabati.

  2. Tilshunoslik mantiq fani bilan aloqadorligi.

  3. Til birliklari va mantiqiy birliklar.


Tilshunoslik mantiq fani bilan ham uzviy aloqadordir. Ularning aloqadorlik tamoni shundaki, har ikkisi ham tafakkur bilan bog‘lanadi. Chunki tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til tafakkur bilan munosabatdadir. Til kishilarning olam haqidagi bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi vositadir. Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday aloqalar mavjud.


Mantiq – tafakkur shakllari qonunlari va usullarini o‘rganadi. U inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini taminlaydi. Shunday ekan, mantiq tilshunoslikning grammatika bo‘limi bilan bevosita munosabatdadir. Chunki tushuncha so‘z va so‘z birikmalari orqali ifodalansa, fikr gap orqali ifodalanadi. Har bir kishi uchun grammatikani bilish qancha zarur bo‘lsa, mantiqning shakl va qonunlarini o‘zlashtirish ham shunchalik zarurdir.
Mantiq shakllari tushuncha, xulosalar hamma xalqlar uchun umuniy bo‘lsa, ularning turli tillarda ifodalanish shakllari turli-tumandir. Shuning uchun ham har bir til boshqasidan farq qiladigan o‘z grammatikasiga ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, mantiq bilan grammatika bir-biri bilan bog‘liq, ular bir-birlarini to‘ldiradi.
Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan o‘rganadigan obyektining tabiati asos qilib olinadi.
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini e’tiborga olganda, til-ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida moddiylashadi. Uchunchidan Til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. Til fikrni, shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vositadir. Bu jihatdan til va tafakkur muayyan shaklni o‘zida namoyon etadi. Tilshunoslikni ana shu jihatdan mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin bo‘ladi. To‘rtinchidan til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli organizmga o‘xshaydi. Ana shu xususiyatlarini o‘rganish jihatidan tilshunoslik biologiya fani bilan umumiy belgilarga ega ekanligini isbotlaydi.
Kishilar odatda bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi. Demak, til va tafakkur chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilsiz fikrni ifodalab bo‘lmaganidek, tafakkursiz til o‘z ifodasini shakllantira olmaydi.
Fikr tilda voqelashadi, tilda mavjud bo‘ladi. Ongingizda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi orqali voqe bo‘ladi.
Til faqat kishilarga xos bo‘lganidek, tafakkur ham kishilarga xos bo‘lib, bosh miyaning moddiyligi va fiziologik vazifasi bilan bog‘liqdir. Lekin tafakkur bilan tilni aynan bir xil, bir-biriga o‘xshash narsa deb tushunish xatodir. Tafakkur – tashqi moddiy olamning kishilar miyasida aks etishining eng yuksak shaklidir. Til esa tafakkurni so‘zlar, so‘z birikmalari va jumlalar orqali ifolaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Shuning uchun ham til grammatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa, tafakkur mantiq ilmining o‘rganish ob’yektidir.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Taffakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til ham, tafakkur ham mehnat jarayonida, kishilik jamiyatida shakllangan.
Til birliklari - fonema, morfema, so‘z, gap bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his-sezgi, idrok, tafakkur ) bilan uzviy bog‘liqdir.
***

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling