O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Download 1.06 Mb.
bet35/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Savol va topshiriqlar

  1. Tillar tasnifi va tillar oilasi haqida fikringiz.

  2. Hind-evropa tillari oilasi uning ichki bo‘linishi haqida gapiring.

  3. Xom-som tillari oilasi.

  4. Kavkaz tillar oilasi.

  5. Ugor-fin tillari oilasi.

  6. Turkiy tillar oilasi.

  7. Xitoy-Tibet tillari oilasi.



Adabiyotlar ro‘yxati

  1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.

  2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.

  3. Nurmonov A., Yo‘ldoshev B. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. -Toshkent, 2001.

  4. Nurmonov A. Lingvistik tadqiqot metodologiyasi va metodlari.-Toshkent, 2010.

  5. Rahmatullaev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari. -Toshkent, 2002.

  6. Hojiev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati.-Toshkent, 2002.

  7. Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2007.

  8. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.



10-§. TILSHUNOSLIK VA boshqa FANLAR
Reja

  1. Tilshunoslikning fanlar tizimidagi o‘rni.

  2. Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati.

  3. Tilshunoslikning mantiq bilan munosabati.

  4. Tilshunoslikning psixologiya bilan munosabati.10

  5. Tilshunoslikning etnografiya bilan munosabati.

  6. Tilshunoslikning sotsiologiya bilan munosabati.


Til kishilik jamiyatida yaratilgan bo‘lib, aloqa vositasi sifatida xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Uning ijtimoiy tabiati ayrim shaxsga emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishda namoyon bo‘ladi.
Til insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan va avloddan avlodga meros qoladigan asosiy vositadir.
Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi ( boshqacha aytganda, «tug‘iladi », taraqqiy etadi, « o‘sadi»), bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bo‘lishi (“ tug‘ilishi”) taraqqiy etishi (“ o‘sishi”) va iste’mol qilinmay qolishi (“ o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini, uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin.
Demak, jamiyatning eng muhim aloqa vositasi bo‘lgan tilning bir butunligiga asoslanib, uni tirik organizmga o‘xshatish noto‘g‘ridir. Til o‘zining tuzilishi bilan, ayrim unsurlarining o‘zaro munosabati bilan butun bir tizimni tashkil etadi.
Tilshunoslik fani tarixida muhim o‘rin tutgan «Yosh grammatikachilar» maktabi vakillari tilning tarixiy hodisa ekanligini tilning eng asosiy xususiyati deb bildilar. Ularning fikricha, til avvalo uzoq tarixga ega bo‘lgan kishilik jamiyati madaniyatining mahsuli bo‘lib, uni tarixiy jihatdan o‘rganish zarur. Shunga binoan, tilshunoslik tarixiy fan bo‘lib, tilning o‘ziga xos tabiatini, tilning o‘zgarish sabablarini o‘rganishi lozim. «Yosh grammatikachilar» maktabining eng yirik namoyandasi G. Paulning fikricha, tilshunoslik fani bilan til tarixi fani tushunchasi bir.«Yosh grammatikachilar» til hodisalarini ayrim (atomizm) holda o‘rganishni tavsiya qiladilar. Ular til va tafakkur, tillarning grammatik qurilishi turlicha bo‘lishi sabablari, tilning ijtimoiy tabiati kabi masalalar bilan qiziqmadilar. Ular o‘sha davrda hukm surgan psixologik nazariyalarning ta’sirida bo‘lib, tildagi barcha hodisalarni individual psixologiya prinsiplari asosida hal qilishga intildilar.
Tilning ijtimoiy tabiati uning ayrim shaxsda emas, balki jamiyatda mavjudligini taqozo etadi11. Til jamiyat tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning taqdiri ham jamiyat taqdiri bilan cham­barchas bog‘liqdir. Insonning butun hayoti til bilan bog‘liq bo‘­lib, til yordamida kishilar obyektiv borliqni o‘rganadilar, o‘zaro fikr almashadilar, jamoa bo‘lib birlashadilar va mehnat qiladilar.
Til ijtimoiy hodisa sifatida tabiiy hodisalardan ajralib turadi. Masalan, kishilarning tabiiy -biologik va fiziologik xususiyatlari (ovqat yeyishi, nafas olishi, rivojlanishi va hokazo) tabiat qonunlariga muvofiq, jamiyatga bogliq bo‘lmagan holda rivojlanib boradi. Ammo tilda so‘zlashish na fikrlash uchun kishilik jamiyati (sotsial muhit) bo‘lishi shart. Chunki til kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish va fikr almashish ehtiyojlari natijasida paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham til tabiiy hodisalardan farqli o‘laroq, kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan va unga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir.
Tilning boshqa ijtimoiy hodisalardan ajralib turadigan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, til jamiyat faoliyatining barcha sohalariga xizmat qiladi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan konkret-tarixiy norma sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy aloqa vositasidir. Shuning uchun ham til sinfiy xarakterga ega emas. So‘zlovchi insoniyat jamoasi tomonidan yaratilgan tildan foydalanadi va ushbu tilning qonun-qoidalariga rioya qiladi. Shu bilan bir qatorda, har bir so‘zlovchi ayniqsa adiblar, olimlar o‘zlarining nutq faoliyati jarayonida tilning rivoji uchun ma’lum hissalarini qo‘shadilar. Kishilar o‘zaro aloqa qilish, fikrlashishda tildan boshqa vositalardan ham foydalanadilar. Bular ovozli va grafik shaklda bo‘ladi va odatdagi so‘zlashuv nutqidan boshqa turli tovush signallari: zvonok, gudok kabilardan foydalaniladi.
***

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling