O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi


Talabalar uchun savol va topshiriqlar


Download 1.06 Mb.
bet51/70
Sana16.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1095411
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI

Talabalar uchun savol va topshiriqlar:

  1. Tillarni tasniflash qachondan boshlangan?

  2. Morfologik (tipologik) tasnif deganda nimani tushunasiz?

  3. Geneologik tasnif deganda nimani tushunasiz?

  4. Tillarni tasniflashda qaysi olimlarning o’rni beqiyos?

  5. Turkiy tillar oilasi, roman tillar, eroniy tillar deb tasniflanishi qaysi tasnif turi bilan bog’liq?



Adabiyotlar
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. –Toshkent, 2004.
5. I.Yo’ldoshev va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent. 2013. 307-b.
6. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.
7. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.
7-amaliy mashg‘ulot. Tilshunoslik va ijtimoiy fanlar munosabati.
Til jamiyat taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy hodisa sifatida paydo bo‘ladi ( boshqacha aytganda, «tug‘iladi », taraqqiy etadi, « o‘sadi»), bir jamiyat yo‘q bo‘lishi bilan til ham asta – sekin iste’moldan chiqa boshlaydi va davrlar o‘tishi bilan o‘lik til bo‘lib qoladi. Masalan, lotin, sug‘d, qadimiy Xorazm tillari kabilar bunga misol. Biroq tilninng paydo bo‘lishi (“ tug‘ilishi”) taraqqiy etishi (“ o‘sishi”) va iste’mol qilinmay qolishi (“ o‘lishi”) biologik jarayon emas, balki jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Shuning uchun til qonunlarini, uning taraqqiyot yo‘llarini jamiyat tarixi bilan va shu tilni yaratgan xalqning tarixi bilan bog‘liq holda o‘rgangandagina masalani to‘g‘ri hal qilish mumkin.
Inson doimo o‘zini qurshab turgan olamni bilishga intiladi. Kishi­larning barcha faoliyati markaziy asab sistemasi yordamida boshqariladi. Olamni bilish jarayoni markaziy asab sistemasiga turli sezgi a’zolarimiz (tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi.
Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga — nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos P. Pavlov birinchi signal sistemasi, ikkinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.
Ko‘rinadiki, inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi, shuning uchun ham hazrat Alisher Navoiy barcha maxluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaganlar.
Har bir shaxs ma’lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jamiyat a’zolari o‘zaro doimo aloqada bo‘ladilar. Biri obyektiv olamda o‘z sezgi a’zolari orqali his etgan ma’lum narsa va hodisa haqida boshqalariga tovush to‘lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi — so‘zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umumlashgan obrazini so‘zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a’zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling