Asosiy adabiyotlar
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. -Toshkent, 2010.
2. Irisqulov I. Tilshunoslikka kirish. -Toshkent, 2009.
3. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent, 2013.
4. Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. –Toshkent, 2004.
5. I.Yo’ldoshev va b. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent. 2013. 307-b.
6. I.Yo’ldoshev, S.Muhamedova, U.Sharipova, R.Majidova. Tilshunoslik asoslari. –Toshkent, TDPU. 2013. 306 b.
7. Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.
5-mavzu
Til taraqqiyotidagi fonetik o‘zgarishlar.
O‘zbek tilidiagi tovush o‘zgarishlariga misollar ayting.
Singarmonizm nima? U qaysi tillarga xos?
Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, tiplari, tovushlar o‘zgarishi, bo‘g‘inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg‘u, urg‘u tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog‘idir.
Assimilyatsiya – qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta’sir qilib o‘ziga moslashtirishidir.
Progressiv assimilyatsiya - aytdi-aytti, yurakga-yurakka.
Regressiv assimilyatsiya – yigitcha-yigichcha, tuzsiz-tussiz.
Dissimilatsiya – ikki o‘xshash tovushning o‘rin almashinuvi.
Progressiv dissimilyatsiya: birorta-bironta.
Regressiv dissimilyatsiya – ittifoq-intifoq.
Singarmonizm – unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg‘unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi.
Tavsifiy fonetika – nutq tovushlari, ularning xususiyati va xarakteri qayd etiladi. Fonetikaning sillabika, akustika, intonasiya, tovush o‘zlgarishi va uning qonuniyatlari haqida ma’lumot beriladigan sohasi.
Tarixiy fonetika – nutq tovushlari taraqqiyoti o‘zgarishi bilan bog‘langan hodisalar, qonuniyatlar beriladi. Tilga xos fonetik jarayonlar tarixiy yodgorliklar orqali yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |