O‗quv-uslubiy majmua


Elektron ta‟lim resurslari


Download 0.96 Mb.
bet55/86
Sana22.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1108612
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
Bog'liq
Документ wordddddddddd

Elektron ta‟lim resurslari:

  1. www. tdpu. uz

  2. www. Ziyonet. uz

  3. www. edu. uz

  4. www. ma‘naviyat. uz

  5. www. google.uz

10-mavzu: “MILLIY G„OYA VA MA‟NAVIYATGA OID FANLARNI O„QITISHDA XALQ OG„ZAKI IJODI NAMUNALARI, TARIXIY BITIKLAR, ALLOMALAR MEROSI,
BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH” mavzusidagi ma‟ruza bayoni
Reja:

    1. Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda xalq og‗zaki ijodi namunalaridan foydalanish.

    2. Milliy g‗oya va ma‘naviyatga oid fanlarni o‗qitishda tarixiy bitiklardan foydalanishning ahamiyati.

    3. Dars jarayonida allomalar merosi, badiiy adabiyotlardan foydalanish.

1-masalaning bayoni: O‗zbek Xalq og‗zaki ijodi o‗zbek xalqi paydo bo‗lgan va yashab kelayotgan butun davrni iz ichiga oladi. Jumladan ijtimoiy va maishiy-ahloqni hayotning barcha tomonlarini, Xalq og‗zaki ijodi, qadrshunoslik, udumshunoslik va marosimshunoslikning yetakchi yo‗nalishlarini, diniy ahloqiy ta‘limotni o‗z ichiga oladi.
O‗zbek xalq og‗zaki ijodi o‗zbek xalq pedagogikasining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‗zbek Xalq pedagogikasi - bu dono xalqimizning ta‘lim tarbiya, aхloq, odob, insoniy qadriyatlar va uning ma‘naviy ustivorligi, imon e‘tiqodi, butunligi sohasidagi dunyoqarashi, ommaviy faoliyati, usulmetodlari, an‘analari, tajriba xulosalarining lo‗nda, bag‗oyat teran, donishmandnoma tarzda ifodalanishidir. Umuman o‗zbek xalq pedagogikasi xalqimizning asrlar osha o‗z hayotiy tajribalari, farzandlar kamolati borasida tutgan udumlari, sa‘yharakatlari, yo‗l-yo‗riqlari, aql zakovatlari natijasida yaratilgan meroslar majmuasidir.
Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri ta‘lim tizimiga ―O‗zbek Xalq pedagogikasi‖ an‘analarini kiritishdir. Chunki bu milliy istiqlol mafkurasini yaratishda asos bo‗lib xizmat qiladi. Bunga erishish uchun: 1. Yosh avlodni milliy odob-ahloq tarbiyasida folklor, shuningdek, qadimiy qadriyatlarimizda ifodalangan milliy va umumbashariy xislat fazilatlar asosida tarbiyalashga erishish; 2. Ta‘lim tizimini mukammallashtirish; 3. Xalq og‗zaki ijodining barcha shakllaridan ta‘lim tizimining barcha bug‗inlaridan unumli foydalanish; 4. O‗zbek Xalq pedagogikasining xalq an‘anaviy sporti, jismoniy tarbiya va folklor o‗yinlarining, jumladan bayram-sayllarining, yoshlar jismoniy, aqliy, ahloqiy tarbiyasi, baquvvatligi, chaqqonligi, epchilligini ta‘minlash uchun xizmat qiladigan an‘analardan to‗g‗ri va oqilona foydalana bilishdir. Xozirgi kunda ta‘lim tizimida ―O‗zbek Xalq pedagogikasi‖ namunalaridan keng foydalanish insonni har tomonlama kamol toptirish, ma‘naviyatimizning ustivorligi, iymon-e‘tiqodlarimizning butun bulishi qadrli qadriyatlarimizning garovidir
Xalk og‗zaki ijodi - bu yoshlarni ma‘naviy-ahloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi bo‗lib, do‗st-birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat; yaxshilik va yomonlikning oqibati; xalollik, tug‗rilik, oliyjanoblik tarbiyasi; adolat insof va insofsizlik, do‗st-birodarlik, og‗a-inichilik va qon-qardoshchilikning axamiyati; botirlik va qo‗rqoqlik, odob va odobsizlik, mehmon va mehmondo‗stlik, saxiylik, baxillik va kamtarlik, sabrqanoat va sabrsizlikning oqibati; qadr va qadrsizlik, muhabbat, vafo va bevafolik, tajribakorlik, kaltabinlik va ishonchsizlik, or-nomus va nomussizlik, samimiylik va nosamimiylik, andisha va andishasizlik, farosat va farosatsizlik, tejamkorlik va isrofgarchilik, reja va rejasizlik, me‘yor va me‘yorsizlik, ma‘suliyat va ma‘sulyatsizlik, faqt va fursat, foyda va zarar, tabiatni e‘zozlash, dehqonchilik va chorvachilik qadriyatlari: kattaga hurmat, yoshga mexr shafqat, yo‗l va yo‗ldosh, sevinch va g‗am, to‗y va motam, farzand va farzandsizlik, kiyinish, so‗zlash, yurish-turish, salomlashish, kucha odobi, ovqatlanish madaniyati kabi udumlar, rasm-rusmlar, odatlar, marosimlar, an‘aanalardan iboratdir. Xalq pedagogikasining asosini tashkil etadigan Xalq og‗zaki ijodi bir qancha janrlarni o‗z ichiga olinadi.
1.Epik ijod namunasi -Bu qahramonlik, ishqiy-romantik, tarixiy dostonlar bo‗lib, ular ishqmuhabbat vafo qanday bo‗lishligi, o‗zligini tanish, or-nomus, burchni anglash, iymon-e‘tiqodli bo‗lish, inson va hayvonot dunyosi, qiyinchiliklar va mushkul ahvollarni mardona yenga olish, qat‘iyatlik, iroda, matonat kabi xislatlardan iboratdir.

  1. Qo‗shiqlar- Lirik, marosim, mavsum qo‗shiqlari; ―Yor-yorlar‖; ―Allalar‖, yig‗iyo‗qlovlar; sog‗im, ulim, yanchik, bayram-sayllar qo‗shiqlari; tarbiyalanuvchilar folklorlari namunalari va boshqalardan iborat bo‗lib, ular go‗zallik, samimiyat, mehr-shavqat, orzu-umid, quvonch-shodlik, g‗am-g‗ussa kabi tuyg‗ularini tarannum etish orqali kishilarda chuqur insoniy tuyg‗ularini o‗stiradi. Insonlarda hayotga, tabiatga, insonga cheksiz muhabbatni kamol toptiradi.

  2. Ertak-Bu orqali kishilar sirli-sexrli olam bilan tanishadi, xamda unga oid bilimi, tushunchalari boyiydi, yaxshi odamlardagi yaxshi xislatlar, yomonlardagi badxulqlar bilan xabardor bo‗lib, yaxshilikka mexri toblanadi, yomonlikka nafrat ortadi.

  3. Maqollar, matallar, xikmatlar, qayroqi so‗zlar, aforistik iboralar- Bular Xalq donishmadchiligining yuksak badiiy timsoli bo‗lib, ular qisqa, sodda ammo xar birining ma‘nolari juda keng bo‗ladi.

5.Asotirlar, afsona va rivoyatlar- Bular donolar donoligi, ibratli, tabiatni asrab-avaylash, qadriga yetish, saqlash, chiroyiga chiroy qo‗shishga bo‗lgan ishtiyoqni ustirish va hk.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling