Oquv uslubiy majmua


Loyixalash jarayoni.Dizayner faoliyati


Download 1.42 Mb.
bet10/22
Sana10.06.2020
Hajmi1.42 Mb.
#116806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Umk texnik ijodkorlik


3. Loyixalash jarayoni.Dizayner faoliyati. Badiiy loyixachi takliflari maxsulo asosiy goyasining tuzilishi va shakllarini umumlashtirishdan iboratdir.

Bu jarayen topshirikni chukur urganib, badiiy loyixachi va adabiyetlar taxlilidan foydalanib bulgandan sung boshlanadi.

Loyixalashtirishning xakikiy tarzda boshlanishini rassom fikrlari tasviriy chizma yeki bushlik xajmda uz aksini topa boshlaganidan bilish mumkin. Birok amalga oshirilgan birinchi niyatlar xali idrok kilingan, faxmlangan buyumdan yirok buladi.

Ammo buyumning shunday guruxlari xam mavjudki, ularda xajm transport tuzilishi yeki oldindan kattik belgilangan yeki shuncha sodda va oddiyki, dastlabki xajm-transport kayfiyati uchun muammo tugdirmaydi.

Maxsulot tuzilishini belgilash badiiy loyixalash jarayenining eng mas’uliyatli kismidir. Odatda maxsulot tuzilishini belgilash bir vaktda dizayner va muxandis-loyixachi tomonidan amalga oshiriladi.

Loyixachi maxsulotning asosiy kismlari, ularning ulchamlari va joylashtirilishini aniklaydi. Tasviriy chizmadan xabardor va mavxum tasavvurga ega bulgan dizayner maxsulot, buyum kismlarini joylashtirishning kurinishlarini izlaydi va turli kurinishlardan kelib chikadigan xulosa, karorlarga tayanadi. Shundan keyin loyixachi tanlangan kurinishlar bilan ishlash imkoniga ega buladi.

Maxsulotning estetik jixatdan shakllanishiga muxitning shart-sharoitlari va shakl mazmuni kurinishi yeki manzaraviy kiyeslanganligi katta ta’sir etadi. Maxsulot va buyum shakliga turli faktorlar xam ta’sir etmay kolmaydi: xavo tozaligi,atrofni iflos kiladigan moddalar, maxsulotdan foydalanish joyi (ochik xavo, yepik bino, suv), xarorat tizimi, muxitning teskari ta’siri,iklim sharoiti (Uzok Shimol,Urta mintaka, issik, iklim, tropiklar).

Demak, maxsulotning estetik sifatlari uning shakli va mazmunini belgilaydigan anik shart-sharoitlar bilan boglik.

Badiiy loyixachi takliflar boskichidagi ishlarni amalga oshirish natijasida asosiy tamoyillar tizimiga yeki rejasiga javob bera oladigan loyixachilik va tizim yechimlarining ikki-uch varianti paydo bulishi kerak.

Loyixani tasdiklash jarayeni tadkikot natijalarini uzida ask ettirgan loyixalash topshirigini xisobga olib, butun loyixa xujjatlarini dikkat bilan taxlil etishni talab etadi.

Tasdiklashga takdim etilgan badiiy loyixachining loyixasiga kuyidagilar kiradi:

1.Tushuntirish xati.

2.Badiiy loyixachi taklifini tasdiklash tugrisida majlis bayenidan kuchirma.

3.Umumiy kurinshlar va texnik kurilmalarning chizmalari, chizmada tasvirlash usullari, rasmlar.

4.Namunalar, andazalar, ish boskichlari buyicha rasmlarning fotosuratlari.

5.Uxshashliklar va timsollarning fotosuratlari.

6.tashki kurinishi andazasi yeki kurinishi.

Badiiy loyixachi loyixasi tasdiklangandan keyin dizayner maxsulotining murakkab sirtini geometrik jixatdan rejalashtirishning chizmalari va tamoyillarini ishlab chikadi,tekis polga chiziladigan chizmalarni ishlab chikish, namunaviy nusxa tayyerlashda ishtirok etadi, chiziklar bilan rasm solish bulimlarini, jadval va namunalarni bajaradi, ilova xujjatlarni tuzib chikadi.

Maxsulotni ommaviy tarzda ishlab chikarish uchun tekis polga chiziladigan chizma yerug kulrang buyeklar bilan koplangan alyuminiy taxtalarda ijro etiladi. Jadvalda belgilar orasidagi oralik 200 mm. bulganda uning anikligi 0,25 mm.ga tengdir.

Alyuminiy taxtalarida tekis polga chiziladigan chizmaning ijro etilishi loyixa anikligi va saklanishini oshiradi. Barcha burchakli va kesimli chiziklar kabi jadvalda chiziklar kora tush bilan bajariladi yeki igna bilan tirnaladi.

Ish chizmalari tayyerlanayetgan paytda dizayner juda katta mas’uliyatga ega buladi. Badiiy loyixacha loyixada uz aksini topgan fikrlar, muljallar buzilmasligini va foydalanish kulayligini kuzatish detallar va kismlarning tayyerlanishi ustidan doimiy nazorat urnatishi kerak.

Maxsulotning tajribaviy nusxasini tayyerlash va sinashda xam dizayner faol ishtirok etadi. Tajribaviy nusxa sifatlari foydalanishning mavjud sharoitlarida loyixaga asos kilib olingan talablar asosida tekshiriladi.

Buyumlar olamini loyixalash bilan shugullanadigan kishi uzining pirovard maksadi-chiroyli buyum yaratishga xarakat kilar ekan, u birinchi navbatda mazkur buyumning estetik kiymati nimadan iborat ekanligini bilishi lozim.

Dizaynerlar, muxandis loyixachilar, olimlar, texnologlar, iktisodchilar, shifokorlar, texnikani ishlatuvchilar bilan ijodiy xamkorlikda ishlashi, nafakat tashki kurinishi, balki umumiy xususiyatlari buyicha xam ma’kul buyumlar ishlab chikarish yullarini izlashlari lozim.

Muxandis-loyixachi, texnolog, ergonomist kilishi kerak bulgan ishlar rassom loyixachi vazifasiga kirmaydi, ammo bu masalalarda xam u yetarli darajada bilimga ega bulmogi lozim.

Shuning uchun dizayner bilim doirasi keng bulib, u xar kanday mutaxassisning kasbiy tilini tushunishi kerak.

Dizayner uz faoliyatida kupgina ilmiy fanlar orasidan uzi uchun keraklisini ajratib olish kobiliyatiga ega bulish, ularda dizayn uchun ilmiy kiymatga ega bulgan narsalarni tushunishi va baxolay bilmogi darkor.

Dizayner saviyasi va estetik didi baland,ishlab chikarish masalalarini yetarli biladigan, istikbolni kura oladigan,shakl izlashning taxliliy va xajmiy usullarini egallagan, loyixalangan va pardozlash buyumlarini yaxshi tushunadigan bulishi lozim.

Dizayner loyixada ogib turadigan va uz soyalarini, shu’la va yeritgichlarni maxsulotning uzida xam, ikkinchi darajali yuzalarida xam nurlarning turli yunalishida tasvirlay bilishi kerak.

Dizayner nusxalashtirish va namuna tayyerlashga bevosita daxldordir. Namuna ba’zan maxsulotni loyixalashtirish bilan alokador bulgan ma’lum masalani urganish va tekshirish uchun tayyerlanadi. Masalan, kupgina transport vositalarida odamlarni urinlarga joylashtirish va avtobusdagi odamlarni kuchira bilishni urganish uchun (samolet-vagon, avtomobil) namunasidan foydalanadilar.

Dizayner tajribasining rivojlanishi uchun Vazirlar maslaxatining 1987 yil 3 noyabrida "Dizaynni yanada rivojlantirish va sanoat maxsuloti sifatini oshirishda, xamda uy-joy,ishlab chikarish, ijtimoiy-madaniy soxalari sanoat binolarini takomillashtirishda undan foydalanishni kengaytirish choralari tugrisida" gi karori aloxida axamiyatga ega.

Yangi kurgazma namunalarini odatda usta namunachilar bajaradilar: ular namunalashtirishning barcha nozik tomonlarini bilishlari kerak. Ular ana shu maksad uchun maxsus jixozlangan xonada ishlaydilar.

Gips yerdamida koliplash ustaxonasi odatda aloxida kurib chikiladi, bunga sabab u yerda chang va namlikning mavjudligidir, ular xar kanday maxsulotning saklanishiga ta’sir kursatadi. Ustaxona asbob-uskunalari oddiy; gips saklanadigan maxsus sandikcha, marmar taxtachasi tushalgan stol, bir necha idishlar, koliplarni kuritish uchun javonlar, kuraklar, pichok va boshka asboblar.

Shunday kilib,loyixalashning fakat boshlanishi ish stoli atrofida bajariladi, sungra u namuna va polda chizilgan rasmlarga kuchiriladi, ularda kolip va uning barcha kamchilik joylari oxiriga yetkaziladi.

Biz bu yerda avtomobillarni loyixalash ustida tuxtalib utdik, lekin dizaynerlar uchun mavzular niyaxoyatda kup bulib,ularning xammasi uziga xos xususiyatlarga ega. Shunga binoan loyixachilik byurolarining tuzilishi xam, shu bilan birga ularning barcha me’morlik reja tuzilishi va jixozlari xam xilma-xildir. Ba’zida bular murakkab kup kirrali bulib, ularga namoyish xonasi, kutubxona, uslubiy xonalar va boshkalar kiradi.

Nazorat savollari.

1. Loyixalashtirishning birinchi boskichi badiiy loyixachilik ishining xomaki nusxasi kaysi shakl va xajmda takdim etiladi?

2. Loyixalashning xomaki nusxasini loyixadan keyingi boskichlarini ketma-ket nomlab chiking.

3.Tekis polga chiziladigan chizmalar, namunaviy nusxaning vazifasi va badiiy loyixalashda istikbolli tasvirlarning axamiyati xakida gapirib bering.

4.Muallif nazorati va dizayner maxsulotini tekshiruvdan utkazish nimadan iborat?

5.Badiiy loyixalashda dizayner, muxandis-loyixalashda dizayner va muxandis-loyixachining vazifalari nimadan iborat?

6.Badiiy loyixalashda dizayn kanday rolni bajaradi?

7.Dizaynerning ish urni kay axvolda bulishi kerak?

8.Dizaynerning ish asboblarini ta’riflab bering.

9.Avtomobil namunasi ustida ishlashda tekis polda chiziladigan chizma deganda nimani tushunasiz?

10.Yetakchi dizayner boshchiligida kanaka brigadalar ishlaydi?


13.Mavzu: O‘quvchilarning texnik ijodkorligini rivojlantirish yo‘nalishlari, bosqichlari va metodlar.

Reja: (4 soat)

1. Texnik ijodkorlikning rivojlanishi.

2.O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi

3.O‘quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.

4.Texnik yechimlar kidirishning sinektika va morfologik tahlil usullari.
Tayanch iboralar: bilim, ko‘nikma, yangi axborot, texnologiyalar, masala, muammo, maqsad

1.Texnik ijodkorlikning rivojlanishi.

O‘quvchilarning texnik ijodkorligi oldingi vaqtlarda individual xarakterga ega bo‘lgan. Maktabdan tashqari ishlar, texnik ijodkorlik to‘garaklari umuman bo‘lmagan. O‘quvchilarni qiziqtirgan ijodiy faoliyat turlari bilan o‘z xohish irodasi bilan uyda shug‘ullanganlar. O‘smirlarning texnik ijodkorligi faoliyati bilan shug‘ullanishni boshlanishi sobiq ittifoq tuzumi davriga mos keladi. O‘quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi (1920 yil) mehnat maktabini paydo bo‘lishi, yoshlarni pioner tashkilotini tashkil qilinishi (1923 yil) mamlakatni industrlashtirish. Ilmiy texnik taraqqiyotni ommaviy tashviqot qilish (1926 yil) asosida maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishning yangi shakllarini topish (1932 yil) ulug‘ vatan urushi boshlanishi yillarida o‘quvchilarning zaruriy ishlab chiqarish ko‘nikmalarini egallash davri; Ulug‘ vatan urushining oxirgi yillarida ko‘p ishlab chiqarish ustaxonalarini qisqartirish; Politexnik ta’lim va o‘quv ustaxonalarini tashkil qilinishi texnika bo‘yicha maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilinishga sabab bo‘ladi. Xalq ta’limini rivojlantirish va maktab bilan hayotni o‘zaro aloqasini mustahkamlashga qaratilgan qonun asosida yanada takomillashtirildi. (1960 yillari) o‘quvchilarning ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha maktab va maktabdan tashqari tashkilotlarning ko‘rigi o‘tkazilishi munosabati bilan (1967 yil) yoshlarning ilmiy-texnik ijodkorligi ko‘riklarida ishtirok etish (1975 yil) yoshlarning ilmiy - texnikaviy ijodkorligining yagona davlat tizimining paydo bo‘lishi (1980 yil) bosqichlari mavjud.



2.O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi

O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkiliy tizimi juda ko‘p qirrali. Hozirgi kunda bolalar va yoshlar ijodiy faoliyati bilan har xil vazirliklar xalq ta’limi xodimlari, kasaba uyushmasi, Kamolot jamg‘armasi, Vatanparvar tashkiloti va boshqalar shug‘ullanadilar. Bolalar va yoshlarning ommaviy ravishda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishida umumiy o‘rta ta’lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, markazlar va maktabdan tashqari muassasalar (yosh texniklar markazi, uylari, o‘quvchilar markazlari, yosh texniklar klubi, madaniyat markazi, madaniyat va texnika markazi) shug‘ullanadi.

Texnik ijodkorligining mazmuni o‘quvchilarning yoshlariga qarab tanlanadi. I-IV elementar bilimlarga, V-IX sinflar asosiy chuqur texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan bilimlar shakllantiriladi. Egallangan bilimlar va asosiy ko‘nikmalariga tayangan holda o‘quvchilarning texnik ijodkorligi mazmuni kengayib boradi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar tanlagan kasbi bo‘yicha ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatlarida ishtirok etadilar. Bunda ular texnik, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha ilmiy tekshirish, konstruktorlik ishlarni amalga oshirishda xizmat qiladilar.

3.O‘quvchilar texnik ijodkorligi mazmunini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari.

Bizning asrimiz fan-texnika yutuqlarining mislsiz darajada taraqqiy etishi, hamda bu taraqqiyot natijalarining oddiy insonlar hayotiga juda qisqa muddatlarda keng kirib kelayotganligi bilan tavsiflanadi. Mana shunday taraqqiyot omillaridan biri bu shubhasiz yangi axborot texnologiyalaridir. Bugungi kunda hayotimizning hech bir sohasini, jumladan ta’lim tizimini ham yangi axborot texnologiyalari (YAAT) hamda uning asosi bo‘lgan kompyuterlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi axborotni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi yangi axborot texnologiyasi deb yuritiladi. Axborotlar davri hisoblangan bugungi kunda tarixda birinchi marotaba insoniyat faoliyatining ko‘plab sohalari moddiy buyumlar bilan emas, balki axborotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Shu sababli, bugungi kunda yoshlarni axborot davrida yashash va ishlashga o‘rgatish, ularda axborotlarni yig‘ish, tartib va tahlil qilish, uni uzatish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bular o‘z navbatida, o‘quvchilarning ko‘plab qobiliyatlarini, shu jumladan, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda ham muhim asos vazifasini o‘taydi, chunki har qanday yangi g‘oyani taklif qilishdan ilgari qaralayotgan sohani batafsil o‘rganib chiqish, yangi axborotlarni topish va uni tavsiya etilayotgan yechim bilan bog‘lashni o‘rganish lozim bo‘ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bo‘lsa, albatta oddiy inson xotirasida saqlab bo‘lmaydigan darajada katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash talab etiladi. YAAT imkoniyatlari ushbu muammoni avtomatlashgan o‘quv-axborot tizimlari, bilimlar banki va ma’lumotlar banklari vositasida oson va samarali hal qilish imkoniyatlarini yaratadi. Shu munosabat bilan keyingi paytda respublikamizda bu sohaga e’tibor kuchayib bormoqda, keyingi besh yil mobaynida mavjud kompyuterlar parki bo‘yicha vatanimiz jahon ko‘rsatgichlariga yaqinlashib qoldi. Biroq, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnikalarini, jumladan shaxsiy kompyuterlarning qo‘llanishi uchun zarur nazariy va amaliy, ilmiy-uslubiy asoslarning ishlab chiqilmaganligi ayniqsa ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Texnik ijodkorlikni amalga oshirishda kompyuterlarni qo‘llashning shakl va usullarini belgilashda, avvalo ular yordamida o‘quvchilarning ijod qilishni emas, balki yangi texnik yechimni yaratishdagi axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va uni amalga oshirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda foydalanishini e’tiborga olish lozim.



4. Texnik yechimlar kidirishning sinektika va morfologik tahlil usullari.

«Aqliy hujum» usulining rivojlanib borishi natijasida texnik yyechimlarni qidirishning V.Gordon tomonidan taklif etilgan sinektika deb ataladigan usuli yuzaga keldi. Sinektika so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, u turli tipdagi elementlarning qo‘shilishini bildiradi.

Sinektorlar o‘qish jarayonida eng kamida quyidagi xususiyatlarni egallashlari lozim: abstraktlashuvga ko‘nika olish, ya’ni muxokama qilinayotgan predmetdan xayolan uzoqlasha olishlari; xayollar, fantaziyalarga berila olish; bir g‘oyadan umuman boshqasiga fikran uta olish, ya’ni bitta g‘oya bilan o‘ralashib kolmaslik; boshqalarni eshita olish, boshqalar tomonidan berilgan g‘oyalarni chidam bilan eshita olish; g‘ayrioddiylaridan oddiylarini va aksincha, oddiylardan g‘ayrioddiylarni topa olish.

Sinektorlar chuqur va asosli tarzda qat’iy ishonch xosil qilishlari kerakki, ijodiy faoliyatda ijodiy jarayonni rivojlantiruvchi tashki omillardan tashqari ichki omillar-analogiyalar xam muxim rol o‘ynaydi.

Sinektorlar ish jarayonida to‘rt turdagi analogiyalarni keng qo‘llaniladi: to‘g‘ri (qo‘riladigan masalaga o‘xshashlari qanday yyechilar edi?); shaxsiy (sinektor o‘zini texnik obyekt o‘rniga qo‘yib ko‘rishi); simvolik (masala mohiyatini ikki og‘iz so‘z bilan ifodalab berish); fantastik (masala shartlari talabidan kelib chiqib, shularni bajaruvchi fantastik personaj yoki qurilma kiritish).

Sinektika mohiyatini shaxsiy analogiya misolida ko‘rsatib berish mumkin, ya’ni sinektor o‘zini texnik obyekt o‘rniga qo‘yib ko‘radi (misol uchun aytish mumkinki, bola o‘zini samolyot, lunaxod va shu kabilarga o‘xshatishi), so‘ngra esa sodir bo‘lgan vaziyatda qanday yul tutishi mumkinligi to‘g‘risida o‘ylaydi.

Shveytsariyalik astronom F. Svikki tomonidan taklif qilingan morfologik tahlil usuli ixtirochilik soxasiga sistemali yondashadigan birinchi usul xisoblanadi. Bu usulning moxiyati quyidagicha. Texnik tizimda uning uzi uchun xarakterli bo‘lgan struktura yoki funksional morfologik belgilardan bir nechtasi ajratib olinadi. Xar bir belgi buyicha uning mumkin bo‘lgan variantlari, alternativlari ro‘yxati tuzib chiqiladi. Belgilarni morfologik yashik yoki matritsa deb ataluvchi jadvallar shaklida joylashtirish mumkin. Bu bilan izlanishlarga sarf bo‘ladigan vaqtni oldindan belgilash mumkin. Tuzib chikilgan belgilar ruyxatidan turli variantlarni xosil kilish bilan, masalani yangi yyechimini ham aniklash mumkin. Shuning uchun morfologik tahlil usuli qandaydir bitta yyechimni qidirish uchun emas, aksincha mumkin bo‘lgan yyechimlar soxasini izlab ko‘rishda ko‘proq qo‘llaniladi.

Morfologik tahlil usulining moxiyatini transport vositasini yaratish misolida ko‘rib chiqaylik. Faraz kilaylikki, oldimizga lunoxod yaratish masalasi qo‘yilgan. Dastlab muammo yyechimiga boglik bo‘lgan parametrlarni aniqlaymiz va ular ro‘yxatini tuzib chiqamiz.

A-dvigatel (A1-elektrik; A2-kimyoviy; A3-reaktiv; A4-yadro dvigatel);

B-xarakatlantiruvchi mexanizmlari (B1-gildirakli; B2-gusenitsali; B3-odimlovchi; B4-shnekli);

C-kabinasi (C1-germetik; C2-nogermetik;)

D-boshkarish (D1 -radio orkali; D2-dastur bilan; D3-EXM yordamida) va x.k.

Ruyxat asosida matritsa tuzamiz:

A1 A2 A3 A4

B1 B2 B3 B4

C1 C2


D1 D2 D3 D4

. . . . .

Tuzilgan bu matritsa mumkin bo‘lgan yyechimlar yozuvining belgili shakli bo‘lib hisoblanadi. Konstruksiyaning har konkret varianti turli katordagi elementlarni to‘plash bilan aniqlanadi. Misol uchun, A1 B2 C2 D2 ... variantda lunoxod elektrodvigatelli, gusenitsali va kabinasi nogermetik xamda dastur orqali boshqarilishini bildiradi.

Mumkin bo‘lgan variantlar soni xar bir katordagi elementlar sonlarining kupaytmasiga teng bo‘ladi. Kurayotgan misolimizda mumkin bo‘lgan variantlar soni

N=4x4x2x3=96 ga teng

Matritsani tuzib bo‘lingandan so‘ng yyechimlar variantlarini funksional baxolanishini aniqlashga o‘tiladi. Bu ko‘p mexnat talab qiladigan hamda muxim masaladir. Yechimni mumkin bo‘lgan variantlarini tahlil qilish konkret sharoit uchun maqbo‘l bo‘lgan eng ratsionalini tanlash imkonini beradi.



Modellashtirish va modelli - texnik tajriba.

Har xil turdagi texnik obyektlarning modyeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.

Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus shakli hisoblanadi.

Xarakteri bo‘yicha - bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv - ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq: Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi (asosiysi bunda o‘quvchilar bilim tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar).

Ikkinchi tomondan - bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o‘zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.

O‘quv - ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.

Ijodkorlik masalalarini hal qilishning mantiqiy ketma-ketligi. Har qanday masalani hal qilish uchun avvalambor undan ko‘zlangan maqsadni aniq shakllantirish hamda mavjud imkoniyatlar doirasida uni hal qilishning eng samarali uslublarini topa bilish talab etiladi. Ijodkorlik masalalari “Maqsad - maqsadga erishish uchun mavjud imkoniyatlar” ko‘rinishidagi mantiqiy ketma-ketlik asosida quyidagicha hal etilishi mumkin. Bu o‘rinda masala, muammo va uning amaldagi holati tushunchalari umumiy holatda qo‘yilgan maqsad va shartlar asosida belgilanadi.

Ijodkorlik masalasi odatda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: "[A] shartlar berilgan, [H] maqsadga erishish talab etiladi". Masalani shartli ravishda [A,H] mantiqiy ifoda shaklida yozib olamiz. Lekin ma’lum sharoitlarga tadbiqan ushbu mantiqiy ketma-ketlik turli ko‘rinishlarda bo‘ladi, buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin.

1-misol. Berilgan: texnologik jarayon, ishni bajarish hajmi va muddatlari, agrotexnik talablar, tuproq va ekin maydoni tavsifi, mexanizmlarning tuproqqa beradigan bosimi chegaraviy qiymati. Ekin maydoni birligiga sarflanadigan ekspluatatsion sarf-xarajatlar miqdorini minimumga keltirish imkonini beruvchi kombinatsiya-lashgan ishlov berish agregati uchun yangi texnik yechim talab etiladi.

Masalaning amaldagi holati - berilgan shartlar bilan tavsiflanadi, ya’ni bu [A, -] ko‘rinishdagi to‘liq bo‘lmagan masala.

Muammo - bu murakkab, to‘liq bo‘lmagan masala, unda shartlar aniqlanmagan, ya’ni [-, H]. Muammoni hal qilish uchun tadqiqot olib borish talab etiladi.

2 - misol. Masalaning qo‘yilishi: Ichki yonuv dvigateli yonilg‘i sarfini 10 foizga kamaytirish imkonini beruvchi yangi texnik yechimni topish talab etiladi.

Masalaning amaldagi holati - tahlil qilinishi va olingan ma’lumotlar asosida xulosa chiqarilishi lozim, ya’ni [-,H].

Muammo - yonilg‘ini tejash imkoniyatini beruvchi mavjud texnikaviy yechimlar tahlil qilinib, sarfni kamaytirish uchun olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishi belgilanadi.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

O‘quvchi va yoshlar texnik ijodkorlik faoliyatini qanday bosqichlarga ajratish mumkin?

Texnik ijodkorligining mazmuni qanday omillarga ko‘ra tanlanadi?

Texnik ijodkorlik muammolarini hal etishda yangi axborot texnologiyalarining qanday imkoniyatlaridan foydalanish mumkin?

14.Mavzu:O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi.

Reja: (2 soat)

1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i.

2. O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining strukturasi.

3.Texnik muammolarni hal qilishning izlash usullari

4.Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
Tayanch iboralar: masala, muammo. qidiruv faoliyati, konstruktorlik, maqsad, loyiha, ideal xolat,

model, qurilma, mtruktura.



1.O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i.O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral harakterga ega, ya’ni u bilish-qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-birga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar yechish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar obyektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik ob’nktni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik jiodkorligidan mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi.

1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik obyektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;

2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik obyekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;

3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal holatda) modeli ishlab chiqiladi;

4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan obyektning mazmuni va formasini keltiradi;

5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;

6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish;

7-bosqich, texnik xujjatlarni yaratish.

2. Modellashtirish va modelli-texnik tajriba.

Har xil turdagi texnik obyektlarning modeli tajriba tekshiruvchi o‘quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantiradi.

Ma’lum bir texnik obyektni tajribadan o‘tkazishda qonunlar asosida chiqarilgan xulosa va umumlashtirish natijasida boshqa sohada ishlatiladigan mashina va qurilmalarga qo‘llay olish bo‘yicha bilimlarini shakllantirishga vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi yoki korxonada o‘tkazilayotgan o‘quvchilarning texnik ijodkorligi amaliy faoliyatning maxsus formasi hisoblanadi.

Xarakteri bo‘yicha-bu tajriba, yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqarish faoliyati, vazifasi bo‘yicha ta’lim va tarbiya. Bunday turdagi texnik ijodkorligi faoliyatini o‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribasi sinfiga ajratish mumkin. Bu masalani ikki tomonlama qarash maqsadga muvofiq:

Birinchi tomondan-bu metod, ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik obyektni yaratish yoki tuzilishini o‘rgatish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari, ya’ni uning tarkibiga kiradi. (Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim va tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar).

Ikkinchi tomondan-bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarini o‘zining xarakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi.

O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariy va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi.



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling