O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Il-6 ingibitorlari yoki metilprednizolon bilan puls terapiya


Download 363.44 Kb.
bet28/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Il-6 ingibitorlari yoki metilprednizolon bilan puls terapiya:
Tostilizubam – 4-8 mg/kg dan (bir martada 800 mg dan ko’p yuborish mumkin emas) tomir ichiga sekin tomchilash orqali (kamida 1 soat davomida) yuboriladi, kutilgan natija olinmagan taqdirda (8-12 soatdan so’ng SRB miqdorining yanada oshib borishida) yana 400 mg yuborilish tavsiya etiladi.
Bemorni reanimastiya va intensiv terapiya bo’limiga o’tkazishga ko’rsatmalar
Quyida keltirilgan mezonlardan ikkitasi namoyon bo’lgan taqdirda bemor reanimastiya va ITB ga o’tkaziladi:

  1. Es-xushning o’zgarishi.

  2. SpO2 < 92% (oksigenoterapiya fonida)

  3. Nafas olishlar soni >35.

Bolalar uchun tavsiya etladigan davolash sxemasi

  • Muloqotda bo’lganlarni uyda aloҳidalash va telefon yoki aloqaning alternativ usullari (telegram, Imo, WhatsApp, Zoom va xk.) orqali UASh yoki pediatr tomonidan nazoratni olib borish.

  • Infekstiyani yuqtirishni oldini olish maqsadida interferon alfa -2b (tomchi, gel);

  • D vitamini preparatlari – 1 yoshgacha -1500 ME; 1-5 yosh 2500 ME; 6-17 YoSh-3000 ME sutkasiga 1 maҳal 14 kun.

  • Tomoqni chayish va burun bo’shlig‘ini yuvish.

  • Suyuqlik ichish tartibi – bir sutkada 1 kg tana vazniga 30 ml dan

  • Engil ҳazm bo’luvchi taomlar – kuniga 5 maҳal.

  • Engil jismoniy yuklama (nafas mashqlari)

10 kun davomida alomatlar bo’lmasa o’z-o’zini yakkalashni tugatish mumkin.

  • Kasallikning belgisiz shakli bilan og‘rigan bemorlarni uyda aloҳidalash, telefon yoki aloqaning alternativ usullari (telegram, Imo, WhatsApp, Zoom va xk.) orqali UASh yoki pediatr tomonidan nazoratni olib borish.

  • Ota –onalar yoki vasiylarga tibbiy yordamga zudlik bilan murojaat qilishni talab qiluvchi asorat belgilari ҳaqida ma’lumot berish.

  • Interferon alfa-2b (tomchi, gel);

  • Sink preparatlari 2 yoshgacha -5 mg/sut; 2-10 yosh -10mg/sut; 11-17 yosh -20-30mg/sut. 30 kun.

  • D vitamini preparatlari – 1 yoshgacha -1500 ME; 1-5 yosh 2500 ME; 6-17 YoSh -3000 ME sutkasiga 1 maҳal 30 kun.

  • S vitamini -50-100mg dan kuniga 2 maҳal 15 kun.

  • Tomoqni chayish va burun bo’shlig‘ini yuvish.

  • Suyuqlik ichish tartibi – bir sutkada 1 kg tana vazniga 30 ml dan

  • Engil ҳazm bo’luvchi taomlar – kuniga 5 maҳal.

  • Engil jismoniy yuklama (nafas mashqlari)

  • 10 kun davomida alomatlar bo’lmasa o’z-o’zini yakkalashni tugatish mumkin.


Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling