O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet36/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Yakuniy o’choqli dezinfekstiya. Covid-19 infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar va ushbu kasalga shubҳa qilinganlar shifoxonalardan tuzalib chiqqanda ular yotgan bokslar, palatalar, bemorning idish-tovoqlari, chiqindilari yakuniy dezinfekstiya qilinadi.
Yakuniy dezinfekstiya uchun xlor tutuvchi dezinfektantlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Xonalar ҳo’l ҳolda quyuq dezinfektantlar bilan dezinfekstiya qilinadi.
Bemor idish-tovoqlarini dezinfekstiya qilish uslubi. Bemorlarning ovqatlanishi, ovqat idish-tovoqlari, ularning qoldiqlarini zararsizlantirish epidemiyaga qarshi kurash qoidalariga asosan olib boriladi. Bemor ovqatlangandan so’ng idish-tovoqlari dezinfekstiya moddalariga solinadi va keyinchalik sovunlab yoki tozalovchi poroshoklar bilan yuviladi, ayrim ҳolda idish-tovoqlar qaynatiladi. Ayrim ҳollarda bir marotaba ishlatiladigan idish tovoqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ovqat beruvchi xodim dezinfekstiyalovchi moddalar bilan ta’minlangan bo’lishi shart.
Ҳar bir kasalga individual idish-tovoq ishlatiladi va ovqatlangandan so’ng dezinfekstiya qilinadi.
Chiqindilarning dezinfekstiyasi tibbiyot chiqindilari ҳamda bemorlardan chiqqan biologik suyuqliklar (so’lak, balg‘am, siydik, axlat (fekaliy) sanitariya-epidemiologik qoidalarga binoan dezinfekstiya moddalari bilan tozalanib, keyin yo’qotiladi. Tibbiyot chiqindilari – V klassga mansub chiqindilar ҳisoblanadi va instrukstiyaga binoan yo’q qilinadi.
Bemor predmetlarining dezinfekstiyasi. Bemorning ko’rpa-to’shagi, choyshablari, sochiqlar bemor shifoxonadan tuzalib chiqsa yoki o’lsa dezinfekstiya kameralariga topshiriladi.
Bokslarda, palatalarda yakuniy dezinfekstiya tadbirlari o’tkaziladi. Boks mebellari, krovat, umivalnik, unitazlar dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi. Covid-19 shifoxonalarda aerogen yo’l bilan yuqishi tufayli aerogen epidemiyaga qarshi rejim o’rnatiladi.
Covid-19 infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar yotgan boks, palata poli va devorlarini dezinfekstiya qilish. Dezinfekstiya qilishdan oldin ifloslangan devor va xona pollari tozalanadi. Xona pollari va devorlar bemor qoni bilan ifloslangan bo’lsa, qon qoldiqlari yaxshilab tozalanadi. Shundan so’ng, devor va xona poli xlor tutuvchi dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi (1000 mg/l). Pol va devorlar yuviladi. Dezinfekstiya 30 minut ichida bajarilishi shart, kuniga 3 marta dezinfekstiya qaytariladi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling