O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Covid-19 infekstiyasi bo’lganda dezinfekstiya tadbirlari


Download 363.44 Kb.
bet35/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Covid-19 infekstiyasi bo’lganda dezinfekstiya tadbirlari.
Koronaviruslar dezinfekstiya moddalarga juda kam sezuvchan bo’lishi ma’lum. Shu tufayli dezinfekstiya tadbirlari nafaqat kasal bo’lgan xonalar, balki ko’chalar, pod’ezdlar, odamlar yig‘iladigan maskanlar, transport maydonlarida ҳam qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Dezinfekstiya qilish moddalari ҳar xil kimyoviy guruҳga mansub bo’lib, asosan xlor moddasi bo’lgan dezinfekstiya moddalari ishlatiladi.

  • 3% xloramin B

  • Xlor ishqori

  • Dixlorizostianurli natriy tuzi kislotasi (0.06%)

  • Perekis vodorod 3%

  • Kationlar

  • To’rtlamchi ammoniy birikmalar (0.5% eritma)

  • Uchlamchi aminlar (0.05%)

  • Guanozinning polimer birikmasi (0.2%)

  • Spirtlar (35%, 70%) - qo’l va badanni dezinfekstiya qilishga ishlatiladi

  • Guopropil spirti (70%) – katta bo’lmagan ҳajmga ega maydonlar (stol, stul, krovat, divanlar) dezinfekstiyasi uchun ishlatiladi.

Dezinfekstiya qilish ob’ektlari. Dezinfekstiya Covid-19 ga qarshi asosiy profilaktik chora-tadbir ҳisoblanadi.
Dezinfekstiya tadbiri 3 xil bo’ladi.
1. Profilaktik dezinfekstiya.
2. Kundalikbajariladigan (joriy) dezinfekstiya.
3. Yakuniy dezinfekstiya.
Profilaktik dezinfekstiya. Covid-19 infekstiyasi qayd etilgan yoki shubҳa qilinganda profilaktik dezinfekstiya o’tkaziladi.

  • Bemor chiqqan uy (xonadon, kvartira) dezinfekstiya qilinadi;

  • Bemor bilan muloqotda bo’lganlar qo’lni 20 soniya davomida tez-tez sovunlab yuviladi;

  • Qo’lning ochiq joylarini antiseptik gigienik salfetkalar bilan artib turiladi;

  • Bemor bo’lgan uy tez-tez shamollatib turiladi;

  • Bemor bo’lgan xonani sovunlab tozalanadi va keyin dezinfekstiya moddalari bilan ҳar bir predmet artib chiqiladi. Bemor chiqargan chiqindilar (sochiqlar, salfetkalar, dastro’mol) dezinfekstiya moddalarga cho’ktirilib keyin yo’qotiladi);

  • Bemor chiqqan xonadonda dezinfekstiya ishlari 5 kun davomida bajariladi.

Covid infekstiyasi bo’lgan bemorlar davolanayotgan shifoxona palatalari, bokslar, koridor, xol, qabul bo’limi, shifoxona ҳududlari ҳar kuni 4-5 marta dezinfekstiya moddalari bilan tozalanib turiladi. Bemor yotgan palata, eshiklar, eshik bandi, tumbochka, stul va stollar, krovat, umivalnik, ҳojatxona unitazlari kundalik dezinfekstiya qilinadi.
Dezinfektorlar ҳimoya kostyumlarda bo’lishi, tibbiyot qo’lqoplarida ishlashlari kerak.
Ishlatiladigan dezinfekstiya moddalari yopiq ҳolda, instrukstiyasi yozilgan bo’lishi kerak va dezinfekstiya moddalari saqlanadigan shkaflarda saqlanishi maqsadga muvofiq. Saqlanadigan shkaf salqin, qulflanadigan, kislorod kirmaydigan ҳolda bo’lishi kerak.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling