Kortikosteroidlar (deksametazon, metilprednizolon) quyidagilar asosida tavsiya etiladi:
Deksametazon dozasi -0.1 mg/kg 1 maҳal ertalab m/i ga yoki v/i ga yoki peros, lekin sutkada 6 mg dan oshmagan ҳolda.
Metilprednizolon dozasi sutkada 1 mg/kg dan oshmasa.
Sink preparatlari 2 yoshgacha -5 mg/sut; 2-10 yosh -10mg/sut; 11-17 yosh -20-30mg/sut. 2 oygacha.
D vitamini preparatlari – 1 yoshgacha -1500 ME; 1-5 yosh 2500 ME; 6-17 YoSh -3000 ME sutkasiga 1 maҳal 2 oygacha.
S vitamini -50-100mg dan kuniga 2 maҳal 20 kun.
Adekvat oziqlantirish.
Engil jismoniy yuklama (nafas olish mashqlari).
O’TA OG‘IR ShAKL (KRITIK ҲOLAT) O’TKIR RESPIRATOR DISTRESS SINDROMI (O’RDS) bo’lgan bemorlar maxsus tibbiyot muassasasiga yotqiziladi. (R va ITB).
Ushbu toifadagi bemorlarni davolash mezonlari nafas etishmovchiligi darajasiga ko’ra, nafas olish terapiyasini o’tkazish va qo’shimcha kislorod bilan qo’llab quvvatlash choralarini ko’rishdir.
O’TA OG‘IR ShAKL (KRITIK ҲOLAT) SEPSIS bemorlar maxsus tibbiyot muassasasiga yotqiziladi. (R va ITB).
Ҳozirgi kunda bolalardagi ma’lumotlar etarli emas. JSST umum qabul qilingan taktika empirik antibiotikoterapiyani tezkor qo’llash, tashxis qo’yilgandan keyin 1 soat davomida qo’llash tavsiya etiladi.
Antibiotik terapiyasini boshlashga qadar, pnevmoniya va sepsis qo’zg‘atishi mumkin bo’lgan bakteriyalarni aniqlash uchun qon ekmasini olish zarurdir.
Quyidagi antibiotiko terapiya tavsiya etiladi:
Tomir orasiga ampistillin 50mg/kg ҳar 6 soatda ҳamda gentamistin 7.5 mg/kg sutkada 1 maҳal, 7-10 kun, yoki steftriakson 30-60 minut tomir orasiga 80-100 mg/kg dozasida sutkaga 1 maҳal.
Agar stafilokokk infekstiyasi mavjudligiga shubҳa bo’lsa tomir orasiga flukloksastillin 50 mg/kg dozada ҳar 6 soatda, ҳamda gentamistin 7.5 mg/kg dozasida sutkasiga 1 maҳal.
Davolash samarasiz bo’lganda antibiotikni bakteriologik o’rganish natijasini ҳisobga olgan ҳolda 48-72 soatdan keyin o’zgartirish kerak.
Bolada nafas etishmovchiligi bo’lsa, yoki u shok ҳolatida bo’lsa unga kislorod bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |