O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet89/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

ESNO-10t infekstiyasi klinikasi. Inkubastion davr 1-3 kun. Ayrim ҳolda 7 kungacha davom etishi mumkin. Kasallik o’tkir boshlanadi. 65% - kasallik nafas yo’lining yallig‘lanishi, 35% esa bir vaqtning o’zida nafas yo’lining yallig‘lanishi va ich ketish alomatlari kuzatiladi. Kasallik o’tkir boshlanadi. Bemorlarda aksirish, yo’tal, ҳolsizlik, darmonsizlik, tomoq og‘rig‘i alomatlari kuzatiladi. Bemor isitmasi subfibril 370S-37.50S ko’tariladi. Ayrim bemorlarda isitma ko’tarilmaydi. Bemorlarda oshqozon ichak tizimi jaroҳatlansa ko’ngil aynash, qusish, tez-tez ich ketishi kuzatiladi. Axlat suyuq, ko’kargan, ҳidli bo’ladi. Ushbu ҳolatda isitma 380S gacha ko’tariladi. Bemorlarda ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi (kon’yunktivit) kuzatiladi. Bemorlarda jigar kattalashadi, qorinda gaz yig‘iladi, og‘riq butun qorin bo’shlig‘ida kuzatiladi.
Ob’ektiv ko’rinish: Bemorlarning yuzi qizargan, burun kataklarida yallig‘lanish, shish (otek), burun va lab soҳalari ko’kargan (stianoz). Og‘iz shilliq qavatida yallig‘lanish, qizargan (giperemiya). Bo’yin va jag‘ osti limfa tugunlari biroz shishgan (limfodenit). Bemorlar pulsi tezlashgan, yurak tonlari bo’g‘iq tovush, auskultativ dag‘al nafas olish eshitiladi. Bemor o’pkasida dag‘al nafas olish, og‘ir bemorlarda quruq xirillash kuzatiladi. Bir vaqtning o’zida bemorlarda nafas yo’llarida va oshqozon ichak tizimida yallig‘lanish kuzatiladi. Bemorlarda ishtaҳaning pasayishi, ko’ngil aynash, qusish, qorin soҳada og‘riq, ich ketish kuzatiladi. Bemor qornida gaz yig‘iladi, ich ketish tez-tez kuzatiladi. Ich suyuq, ҳidli, ayrim ҳolda esa shilimshiqli ich ketish kuzatiladi.
Bemorlarda buyrak funkstiyasi deyarli buzilmaydi. Ammo tez-tez ich ketishi natijasida bemor siydigi kamayishi kuzatiladi.
Markaziy asab tizimida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Og‘ir bemorlarda ҳolsizlik, darmonsizlik ishtaҳaning pasayishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatiladi. Meningeal, enestefalitik o’zgarishlar kuzatilmaydi.
Laboratoriya tekshiruvlari. Umumiy qon taҳlili: periferik qonda normastitoz yoki sust leykostitoz, neytrofilez, eritrostitlar cho’kish tezligining oshishi (SOE) kuzatiladi.
ESNO-10t infekstiyasining og‘ir va asoratli kechishida periferik qonda o’zgarishlar kuchli namoyon bo’ladi (leykostitoz, neytrofilez monostitoz, eozinofilez, SOEning oshishi).

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling