O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet88/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Epidemiologiyasi. Reovirus ESNO-10t infekstiyasi bemorlar va virus tashuvchilardan sog‘lom odamga ҳavo-tomchi va fekal-oral yo’li bilan yuqadi.
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: ESNO-10t infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar va virus tashuvchilar ҳisoblanadi. Bemor yo’talganda, aksirganda burun suyuqligi, so’lak tarkibidagi viruslarni tashqi muҳitga chiqaradi.
ESNO-10t virusi bemor axlatida ҳam uchraydi. Shu tufayli kasallik iflos ko’llar orqali sog‘lomlarga yuqishi mumkin. Bemorlar aksirganda va yo’talganda chiqqan viruslar 1-2 metr masofada bo’lgan sog‘lom odamlarga yuqishi mumkin.
Yuqish yo’llari. ESNO-10t infekstiyasi 2 xil yo’l bilan yuqadi.
1. Ҳavo-tomchi yo’li.
2. Fekal-oral yo’li.
Bemorlar kasallikning avj olgan davrida atrofdagilar uchun xavf tug‘diradi. Bemorlar kasallikning 3-6 kunlari mobaynida viruslarni tashqi muҳitga chiqarib turadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ESNO-10t bilan kasallangan bemorlar axlati bilan viruslarning ko’p miqdori tashqi muҳitga chiqib turishi aniqlangan. Shu tufayli ESNO-10t infekstiyasi fekal-oral yo’l bilan yuqishi isbotlangan.
Kasallikka bo’lgan moyillik. Ushbu kasallikka bo’lgan moyillik yuqori. Bir yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar, yosh bolalar ko’proq kasallanadi. Kattalarda kasallik engil, subklinik ҳolatda kechadi.
ESNO-10t infekstiyasi mavsumiylikka ega. kasallik kuz, qish va baҳorda ko’proq uchraydi.
ESNO-10t infekstiyasini boshidan o’tkazgan bemorlarda virusga qarshi immunitet shakllanadi va maxsus antitelolar 1-2 yil saqlanib turadi.
Patogenezi. ESNO-10t infekstiyasida quyidagi patogenez bosqichlari qayd etiladi.
1. ESNO-10t viruslarning epitelial ҳujayraga kirishi.
2. Nafas yo’llaridagi epiteliy ҳujayralarining jaroҳatlanishi (destrukstiya, degenerastiya, nekroz).
3. Virusemiya, toksenemiya.
4. Virus-bakterial assostiastiya asoratlar shakllanishi.
5. ESNO-10t infekstiyasiga qarshi maxsus antitelolar chiqishi.
1-Bosqichda ESNO-10t virusi nafas yo’llaridagi epitelial ҳujayraning ichiga kirib olish xususiyatiga ega. Virus qobig‘idagi lipidlar va gemagglyutinastiya xususiyatga ega antigenlar yordamida nafas yo’lidagi epiteliy ҳujayralar membranalarini teshib stitoplazmaga kiradi. ESNO-10t virusi epiteliy ҳujayralari tarkibidan stitoplazma, endoplazma to’ri, mitoxondriyalarni jaroҳatlaydi. So’ng informastion RNKga aylanib juda tez ko’paya boradi. Natijada jaroҳatlangan epiteliylarda destrukstiya, degradastiya va nekroz ҳolati kuzatiladi.
2-Bosqichda ESNO-10t virusi va jaroҳatlangan va nekrozga uchragan epiteliy ҳujayralarning bo’laklari toksik xususiyatga ega bo’lib, bemor qon tarkibiga o’tadi va virusemiya, toksenemiya jarayoni kuzatiladi. Bemorlarda isitma chiqishi va intoksikastiya belgilari kuzatiladi.
3-Bosqichda jaroҳatlangan va nekrozga uchragan epiteliy ҳujayralari ostidagi to’qimada yallig‘lanish, qon-tomirlar o’tkazuvchanligining oshishi kuzatiladi. Yallig‘langan to’qimaga endogen bakteriyalarning kirib olishi va ko’payishini ta’minlaydi. Virus – bakterial patogenetik jarayon sodir bo’ladi. To’qimalarda yallig‘lanish oqibatida asoratlar shakllanadi (bronxit, traxeobronxit, laringit, pnevmoniya). Virus – bakterial assostiastiyasi natijasida asoratlar shakllanadi.
Patogenezning keyingi bosqichida kasallikning 5-7 kunlari bemorlar qonida ESNO-10t infekstiyasiga qarshi maxsus (spestifik) antitelolar titri 2-4 barobar ko’payadi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling