Oʻquv yili: 022-2023 Bosqich: Semestr
Download 64.21 Kb.
|
10 15gacha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari.
Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim. 5. Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari. Huquqiy baza, AFMS, xizmat turlari (7), talablari (4). Auditorliktashkilotlarimajburiyvatashabbustarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonuni va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti (AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi: buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish moliyaviy hisobotni tuzish; v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish; g) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish; buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati; ye) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish; j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni ham ko’rsatishlari mumkin. Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shunday tashkil etishi kerak-ki, uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: halollik va haqqoniylik; professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik; professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish; o’z professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma’lum bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish prinsipiga rioya qilish va hokazo. Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling