Oʻquv yili: 022-2023 Bosqich: Semestr


Download 64.21 Kb.
bet2/23
Sana13.05.2023
Hajmi64.21 Kb.
#1456842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
10 15gacha

- tahlil va sintez usuli (audit ob’ekti bo’lgan ma’lum ko’rsatkich omillar asosida o’rganiladi, mavjud ichki imkoniyatlar aniqlanadi);
- taftish usuli (korxonaning faoliyatiga to’liq baho berish uchun barcha operatsiyalar tasdiqlovchi nazoratidan o’tkaziladi);
- inventarizatsiya usuli (korxonadagi huquqiy aktivlar va majburiyatlarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga monandligi tekshiriladi);
- kalkulyatsiya usuli (bajarilgan ishlar, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi, umumiy ovqatlanish korxonalarda esa taomlarning sotilish bahosi aniqlanadi);
- ekspertiza usuli (hujjatlarning realligini, haqqoniyligi, mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari laboratoriya yo’li bilan aniqlanadi);
- buxgalteriya schyotlari va ikkiyoqlama yozuv usuli ( korxona aktivlari va majburiyatlarining harakati hamda qoldiqlari buxgalteriya hisobi schyotlari orqali tekshiriladi);
- balans usuli (korxonadagi hodisalar, jarayonlarni rasmiylash-tirish, dastlabki ma’lumotlarni umumlashtirish orqali nazorat qilish).
2. Korxona hisob siyosatini o‘rganish (tekshirish).
BXMS, ma’lumotlar manbai, maqsad, aniqlash ishlari, anketa-test, tashkiliy-texnik masalalar, uslubiy masalalar, soliqqa oid masalalar.
№ 1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq hisob siyosati xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hiso-botni tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to’plamini ifodalaydi. Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan №1 BHMS asosida tuzilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli yillar uchun taqdim qi-lingan moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlar taqqoslanuv-chan, hamda boshqa aloqador BHMS lar asosida shakllantirilgan bo’lishi lozim.
Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:

  • tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyruq (farmoyish);

  • buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;

  • tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro’yxati;

  • hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;

  • ayrim ko’rsatkichlarni hisobga olish bo’yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to’g’risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;

  • quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.




Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling