Oʻquv yili: 022-2023 Bosqich: Semestr
Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar
Download 64.21 Kb.
|
10 15gacha
Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar:
hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o’tgan yilgidan farq qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari; hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadigan hisob siyosatidagi o’zgarishlar; hisobot sanasidan keyin sodir bo’lgan hodisalar va xo’-jalik faoliyatining shartli faktlari, muomalalarni to’xta-tish, bitta aksiyaga yoki 1 so’mlik payga to’g’ri keladigan foyda. Ushbu maqsadda hisob siyosati to’g’risidagi taqdim etilgan buyruq (farmoyish) test sinovidan o’tkaziladi. Buning uchun auditor tekshiriladigan korxona rahbariga taxminan quyidagi mazmundagi anketani to’lg’azishni tavsiya qiladi. Hisob siyosati to’grisidagi buyruqni dastlabki tekshirish uchun anketa-test. Bunday tartibda test sinovi o’tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining qaysi jihatlari to’liq yoritilmagan-ligi va qamrab olinmaganligi to’g’risida xulosa qilishga yordam beradi. Ko’p hollarda quyidagi masalalar hisob siyosatida o’z aksini topmaydi: I. Tashkiliy - texnik masalalar. hujjatlar aylanish qoidalari va reja - grafigi; ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar); ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o’zi, taftish komissiyasi); buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to’g’risidagi Nizom va buxgalteriya yoki moliya hisob markazi(MHM) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti; inventarizatsiya o’tkazish tartibi. II. Uslubiy masalalar. materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat qilish usullari; umum ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xarajatlarni taqsimlash tartibi; davr sarflarini hisobdan o’chirish tartibi; tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash. III. Soliqqa oid masalalar. alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari bo’yicha, sotilgan tovarlar bo’yicha, har xil stavkalarda QQS solinadigan, QQS solinmaydigan va hokazo); ijtimoiy soha ob’ektlarini alohida hisobga olishni tashkil etish (mulklar imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishlarda birga qo’shib ishlatilgan hollarda mulk solig’i bo’yicha imtiyozga huquq olish uchun). Download 64.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling