O‘quv yili O‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi
Download 406.5 Kb.
|
Akademik yozuv fanidan Yakuniy nazorat (5) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKADEMIK YOZUV1”
ELEKTR Ko‘zni qamashtiradigan chaqnash, chaqmoqlarning osmondagi olovli ilon izi yo‘llari, momaqaldiroqning guldirashi... Kishilar tabiatning bu dahshatli hodisalarini bir necha ming yillab kuzatishgan, lekin sabablarini bilisholmagan, shuning uchun ulardan qo‘rqishgan. Chaqmoqni o‘rganish yo‘lidagi urinishlar ko‘pincha fojia bilan tugagan. Masalan, 1753-yili tajriba vaqtida rus fizigi G. V.Rixman yashin urib halok bo‘lgan. Bundan yuz yildan ko‘proq vaqt ilgari odamlar tabiatning elektr kuchidan foydalanishni o‘rgandilar, elektrni o‘zlariga bo‘ysundirdilar. Xo‘sh, odamlar elektr haqida nimalarni bildilar? Jismlarning bir-biriga ishqalanishi natijasida ularning tortishish xususiyatini kasb еtishi qadimgi olimlarga ma’lum edi. Yunon olimlari ebonit tayoqchasini ishqalaganda u o‘ziga yеngil jismlarni tortishini aniqlaganlar. 1600-yilda ingliz fizigi U. Gilbert ebonitdan tashqari olmos, billur va boshqa jismlar elektr xususiyatiga ega ekanligini aniqlagan. 1729-yilda ingliz olimi S. Grey ayrim jismlarning elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatini ochib, tabiatdagi jismlarni o‘tkazgich va izolatorlarga ajratdi. 1734-yilda fransuz fizigi Sh. Dyufe, amerikalik olim B. Franklin ikki turdagi elektr zaryadlarning mavjudligini aniqlab, ulardan bir turi shisha, tog‘ billuri, qimmatbaho toshlar, jun va boshqa jismlarda, ikkinchisi esa ebonit, shoyi, qog‘oz va shu kabi jismlarda hosil bo‘lishini, bu ikki tur zaryadlar tortishish yoki itarishish xususiyatiga ega ekanligini ham aniqladilar. Bir xil ishorali elektr zaryadlar o‘zaro itarishishadi, turli ishoralilari esa o‘zaro tortishishadi. Bu zaryad turlarining ebonitda hosil bo‘lgani manfiy, shishada hosil bo‘lgani esa musbat ishorali deb olingan. 19-asr oxirlarida elektr ta’limoti rivojlanishining yangi davri boshlandi. Atomlar tarkibida elektrlangan zarralar mavjudligi haqidagi fikrga asoslangan modda tuzilishining elektr ta’limoti — elektronlar nazariyasi rivoj topdi. Bu ta’limot golland fizigi X. A. Lorens, ingliz fizigi J. J. Tomson, fransuz fizigi va matematigi J. A. Puankare, nemis fizigi G. Gelmgols nomi bilan uzviy bog‘liq. Tabiatda zaryadlangan juda mayda zarralar mavjud. Zarralarning ba’zilari musbat, ba’zilari manfiy zaryadlangan. Manfiy zaryadli eng kichik zarralar elektronlardir.
Download 406.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling