O‘quv yili O‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi


Amir Temurning iqtisodiy siyosati


Download 406.5 Kb.
bet12/35
Sana25.04.2023
Hajmi406.5 Kb.
#1398641
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
Akademik yozuv fanidan Yakuniy nazorat (5) (2)

Amir Temurning iqtisodiy siyosati
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida ulug‘ bobokalonimiz, sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari, u ishlab chiqqan va amalda yuritgan iqtisodiy siyosati mislsiz ahamiyatga ega. Amir Temur iqtisodiy g‘oyalarining o‘ziga xos ulug‘vorligi shundaki, ular hayoliy emas, balki aniq hayotdan kelib chiqqan va unda o‘z ifodasini topgan.
Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari “Temur tuzuklari” asarida bayon etilgan. Uning Iqtisodiy g‘oyalari va siyosati zamirida inson, uning manfaati, farovon va tinch hayot kechirishi tashvishlari yotadi. U odamlarga kasb-hunar berish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati va tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish uchun yеtarli sarmoya berish, yеtatli uy – joylar qurib berish haqida qayg‘uradi. Sohibqironning iqtisodiy qarashlari va yuritgan yangicha iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim dasurulamal tarixiy yo‘l – yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Bunday iqtisodiy qoidalarga G‘arbdan 300-400 yil ilgari amal qilindi, ular hayotiy tajribadan o‘tdi. Buyuk Amir Temurning davlat boshqaruvida aynan iqtisodiy muammolarga juda katta e’tibor qaratganligi uning nodir va noyob aqlu-zakovat hamda iqtisodiy tafakkur sohibi ekanligidan dalolat beradi. U zamonaviy makroiqtisodiy siyosat nazariyalaridan tamoman bexabar bo‘lsa-da, o‘z imperiyasining rivojlanishi va kelajagining avvalo iqtisodiy taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liqligini yaxshi tushungan holda ish tutdi. Bu kishi aqlini hayratga soladi. Chunki Amir Timur iqtisodiy taraqqiyotning jiddiy masalalarini o‘z faoliyatida o‘z saltanati doirasida hal qilgan zamonlarda hali siyosiy iqtisod fani ham, uni shakllantirish uchun yetarli nazariy bilimlar ham yaratilmagan edi. Buyuk Temurning boy iqtisodiy merosini o‘rganish, ayniqsa uning ulkan imperiyani iqtisodiy yuksaltirishdagi ibratli tajribasining ilmiy tahlili biz uchun juda foydali. U bizga ajdodlarimizning asl vatani O‘zbekistonda iqtisodiy taraqqiyotning ko‘plab muhim muammolarini hal etishda, zamonaviy sharoitda ko‘lam samarasini yuzaga keltirishda, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning uzluksizligi va barqarorligini ta’minlashda saboq manbai bo‘lib xizmat qiladi.



2022-2023 o‘quv yili

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI RАQАMLI TEXNOLOGIYALАR VАZIRLIGI

MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI


AKADEMIK YOZUV1” fanidan masofaviy ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun



Download 406.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling