O‘quv yili O‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi
Download 406.5 Kb.
|
Akademik yozuv fanidan Yakuniy nazorat (5) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKADEMIK YOZUV1”
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
"Iqtisodiy ta’limotlar tarixi" kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim o‘rinni egallaydi. Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g`oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba'zida tushkunlikka uchragan. Ana shu iqtisodiy g`oyalarni har tomonlama chuqur o`rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya'ni hayotga tadbiq etish nihoyatda ham amaliy, ham nazariy foydalidir, chunki ularda ko`p yillik tajriba mujassamlashgan bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanining predmeti bo`lib, ma'lum davrlardagi u yoki ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy g`oyalar va ijtimoiy konsepsiyalarning vujudga kelishi, rivojlanishi va almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi. Bu g`oyalar ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar va yo`nalishlarga tegishlidir. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi mustaqil fan sifatida eng qadimgi davrdan boshlab to hozirgi zamongacha vujudga kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g`oya, qarash, nazariya va ta'limotlarni o`z ichiga oladi. Metodik jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg`or metodlari yig`indisidan iborat bo`lib, tarixiy, induksiya, mantiqiy abstraksiya va boshqa usullardan keng foydalanadi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fani "Iqtisodiy nazariya" fani bilan chambarchas bog`liq, lekin undan katta farq qiladi. "Iqtisodiy nazariya" fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalarning so`nggi davr uchun tahlili beriladi, ammo, bu nazariyalar har doim ham turg`un bo`lmaydi va vaqt davomida, ayniqsa keskin o`zgarishlar davrida evolutsiyada bo`ladi. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g`oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Download 406.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling