O‘quv yili O‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi
Download 406.5 Kb.
|
Akademik yozuv fanidan Yakuniy nazorat (5) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- AKADEMIK YOZUV1”
Muso al- Xorazmiy
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. Xorazmiy dunyo faniga katta hissa qo‘shdi.U– algebra fanining asoschisi. “Algebra” so‘zi uning “Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va al-muqobala” nomli risolasidan olingan. Uning bu arifmetikaga oid risolasi hind raqamlariga asoslangan. Hozirgi kunda biz foydalanadigan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi va shu sistemadagi amallar Yevropada keng tarqalgan. Olimning “al-Xorazmiy” nomi esa “algoritm” shaklida fanda abadiy o‘rnashib, Xorazmiy asos solgan yangi fanning nomi bo‘lib qoldi. Xorazmiyning eng yirik astronomik asari uning “Zij”idir. Bunda shaharlar, tog’lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatalari keltirilgan. Uning bu asari o‘rta asrdagi eng birinchi geografik asar bo‘lib, keyingi davrlarda geografiya fanining rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xorazmiy asarlari dunyoning turli kutubxonalarida saqlanib, g’arb va sharq tillariga tarjima qilingan. Hozirda uning nomiga turli mamlakatlarda (Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va boshqalar) mukofot va medallar ta’sis etilgan. Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri“, deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan o‘rni beqiyosdir. Xorazmiy Bagʻdodda yunon fanining yutuqlarini oʻrganadi, hind va eron manbalari, hatto bevosita Bobildan kelgan ayrim faktlar hamda xitoy manbalari bilan ham tanishadi, ularni oʻzining muhim kashfiyotlari bilan boyitadi va fan tarixida abadiy iz qoldirgan fundamental asarlar yaratadi. Shuning uchun Xorazmiy oʻzigacha mavjud boʻlgan sivilizatsiya merosini sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan dahosi hisoblanadi.
Download 406.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling