O‘quv yili O‘zbekiston respublikаsi rаqаmli texnologiyalаr vаzirligi


Download 406.5 Kb.
bet17/35
Sana25.04.2023
Hajmi406.5 Kb.
#1398641
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35
Bog'liq
Akademik yozuv fanidan Yakuniy nazorat (5) (2)

Aloqa tarixi muzeyi

Har yilning 18- mayi Xalqaro muzeylar kuni sifatida dunyo miqyosida nishonlanishi muzeylarning hayotimizda o‘ziga xos o‘rni, ahamiyati borligidan dalolatdir. Haqiqatdan ham, muzeylar o‘tmishni hozirgi kun va kelajak bilan bog‘lovchi o‘ziga xos ko‘prik sifatida muhim o‘rin tutadi. Muzeyga yig‘ilgan osori atiqalarni tomosha qilar ekan, har bir inson ajdodlarimiz qay tarzda hayot kechirganlari, taraqqiyot qay holatda rivojlanib borgani, bu yo‘lda kimlar o‘zining munosib hissasini qo‘shganligiga guvoh bo‘ladi. Shuning uchun ham muzeylarga odamlar, ayniqsa, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg’usini kuchaytiruvchi vosita sifatida qaraladi va katta ahamiyat beriladi. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbarlarida sohaga oid muzey tashkil etish fikrining paydo bo‘lishida ham ana shu maqsad mujassam edi.


Muzey qurilishi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tashabbusi bilan aloqa sohasi korxonalari hisobiga qurildi. Bir yil muddat ichida zamonaviy uch qavatli bino bunyod etildi, unda milliy axborot- telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlar va rivojlanish bosqichlari keng ekspozitsiyasi joylashtirildi. Muzey kolleksiyasini to‘plashda o‘zi uchun qimmatli tarixiy buyumlarni xolisona taqdim etib jamoatchilik ham o‘z hissasini qo‘shdi.
Shunday qilib, Toshkent shahrida mamlakatimizda telekommunikatsiya sohasi tashkil etilishi va rivojlanishi yo‘lini namoyish etuvchi, 400 dan ortiq turli eksponatlardan jamlangan Aloqa tarixi muzeyi o‘z faoliyatini boshladi.
Uch qavatli muzey turli ekspozitsiyalarga boy: misol uchun yuqorida tasvirlangan, bir necha yuz yillar davomida foydalanilgan pochta aravasi maketi birinchi qavatda joylashtirilgan. Maket doimo o‘z ishining ustalari deb hisoblangan Qo‘qonlik hunarmandlar tomonidan haqiqiy kattaligida tayyorlangan. Bundan tashqari, muzeyning shu qavatida mutaxassislar, olimlar, tashrif buyuruvchilar o‘rtasida muloqot va norasmiy uchrashuvlar hamda munozaralar o‘tkazish joyi tashkil etilgan.


2022-2023 o‘quv yili

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI RАQАMLI TEXNOLOGIYALАR VАZIRLIGI

MUHАMMАD АL-XORАZMIY NOMIDАGI TOSHKENT АXBOROT TEXNOLOGIYALАRI UNIVERSITETI


AKADEMIK YOZUV1” fanidan masofaviy ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun


yakuniy nazorat savollari

“O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri


_________________Abdullayeva S.X.





VARIANT-18

1. Matn va uning turlari.


2. Sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot yozing.
3. Quyida berilgan matnga annotasiya yozing.


Download 406.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling