O’quv yili uchun ~ 1 ~
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV
2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 32 ~ olish hayvonlarda maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshadi. O`simliklarda esa maxsus nafas olish tizimi organlari bo`lmaydi. Ular to`qima va organlari orqali nafas oladi. Ozuqa moddalardan to`plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog`lovchi har xil kovalent bog`larda yig`ilgan bo`ladi. Bir molekula glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog`larda to`plangan energiya 2800 kj ga teng. Fermentlar ishtirokida parchalanadigan glukozadagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi. C 6 H 12 O 6 + 6O 2 → 6CO 2 + 6H 2 O + 2800 kj. Ozuqa moddalardan ajralgan energiyaning bir qismi issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi. Boshqa qismi esa ATF ning energiyaga boy fosfat bog`larida to`planadi. ATF nukleotidlar qatoriga kiradi. Sababi, unda har bir nukleotidda bo`lgani kabi azot asoslaridan adenin, uglevod komponenti riboza shakari va 3 ta fosfat kislota qoldig`idan tashkil topgan bo`ladi. Faqat fosfat kislota qoldig`i ATF da uchta, nukleotidda bitta bo`ladi. Agar murakkab birikma tarkibida fosfat kislota bitta bo`lsa, adenozinmonofosfat (AMF), ikkita bo`lsa adenozindifosfat (ADF), uchta bo`lsa adenozintrifosfat (ATF) hosil bo`ladi. ATF ning molekulyar strukturasi mustahkam emas. U o`ziga xos fermentlar ishtirokida gidrolizga uchraydi: ATF + H 2 O → ADF + H 3 PO 4 + 40 kj; Demak, bir molekula ATF dan 40 kj energiya ajralib chiqar ekan. ATF molekulasida energiyaga boy bog`larning mavjudligi hujayraning kichik bir qismida katta miqdorda energiyani to`plashga va uni ehtiyojga mos ravishda ishlatishga imkon beradi. ATF hujayraning maxsus organoidlari mitoxondriyalarda sintezlanadi. ATF hujayrani energiya bilan ta`minlab beruvchi birdan-bir universal manbaidir! Energiya almashinuvi jarayoni ketma-ket keladigan uch bosqichda amalga oshadi: 1. Birinchi bosqich. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichda murakkab moddalarning monomerlariga parchalanishi kuzatiladi. Jumladan, oqsillar – aminokislotalarga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling