O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etiladigan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
Download 58.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqТавсия билан сценарий (2)(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 26-avgustdagi ______________-sonli xatiga ILOVA 2021/2022-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etiladigan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha TAVSIYALAR Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida” 2020-yil 17-dekabrdagi PQ-4926-son qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi 316-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi: umumta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini karantin qoidalariga jiddiy e’tibor qaratgan holda, joriy o‘quv yilning birinchi o‘qish kuni soat ertalabki 8:00 da “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etish; “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash; tadbirga pedagog xodimlar va o‘quvchilarning maktab ustavi bilan tasdiqlangan maktab formasi hamda himoya niqoblarida kelishini ta’minlash; tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiyena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash; umumta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida joylardagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish; maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini mustaqilligimizning o‘ttiz yillik bayrami hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayramlari bilan tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda ma’lumot berish; “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy imkoniyatlarini inobatga olgan holda 30 daqiqadan oshmasligini ta’minlash; tadbir tugaganidan keyin barcha sinflarda dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan jadval asosida boshlanishini direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari nazoratga olishi. “ Download 58.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling