O’quvchi ifоdali o’qishga o’rga. Abdullayeva. S


Download 58.36 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi58.36 Kb.
#211002
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Talabalarni kitob o'qishga o'rgatish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Toshket Davlat Sharqshunoslik Universiteti

Til o’qitish metodikasi fanidan



KURS ISHI

MAVZU: TALABALARNI KITOB O'QISHGA O'RGATISH

BAJARDI:



Talabalarni kitob o'qishga o'rgatish

REJА:



K I R I SH 3

1. Sharq tillari o’qitishda kitobning o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifasi 5

2. Talabalarni o’qishga o’rgatish va uning turlari 11

3. Grammatikani o‘qitish 16

XULOSA 23

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25




K I R I SH


Mаvzuning dоlzаrbligi shundaki, o‘zbеk badiiy so‘z ijrochilari san'atining sarchashmalari tarixning juda uzoq qatlamlariga borib taqaladi. O‘rta Osiyo xalqlari pеdagogikasi tarixida ifodali o‘qish san'atiga bo‘lgan e'tbor aloqida mavqе kasb etadi. Bola dunyoni so‘z bilan qabul qiladi. Dunyoga so‘z orqali kirib boradi. Bu davrda quyidagi bosh omil bola yoki talabaning so‘z boyligini oshrishga va ifodali o‘qish ko‘nikmasini takomillashtirishga ijobiy ta'sir etish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Ifodali o‘qish san'ati bilan bog‘liq masala o‘zbek tilshunosligida, asosan, XX asr boshlarida O‘zbеkistonda ham kеng o‘rin ola boshladi. N.Isomaddinxo‘jaеv, Sh. Inoyatov, X. Yunusov, S. Qori kabi mahoratli yoshlar badiiy o‘qishni sahnaga olib chiqqan targ‘ibotchilar bo‘ldi.

Ifodali o‘qish mashg‘ulotlari badiiy asarni tahlil qilishga, yozuvchi yoki shoirning g‘oyaviy-badiiy niyatini to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish bilan bir qatorda talaba- talaba yoshlarni nasriy yoki she’riy asarlarning jozibador ohanglaridan zavqlanishga, ezgu va go‘zal tuyg‘ularning qaror topishiga ham yordam beradi. Zero, ifodali o‘qish san’atining mohiyati ham insonda hayotga estetik munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash va o‘stirish muammosi bilan bog‘liqligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Dunyo mamlakatlari bilan tinch-totuv yashashni, ular bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni o‘zimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, arab davlatlari bilan ham turli darajalardagi siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarni rivojlantirib borishimiz lozim. Arab tilini bilish bu maqsadga yetishish uchun ham xizmat qiladigan muhim omildir.

22 ta arab mamlakatiga birlashgan va “Arab dunyosi” deb nomlangan hududda yashayotgan 260 milliondan ortiq xalqning tarixi, madaniyati, urf-odatlariga jahonda qiziqish ortib bormoqda, chunki mazkur hududda dunyo sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shganligi barchaga ma’lum

Mustaqillik tufayli ijtimoiy-iqtisodiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bunday o‘zgarishlarni ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida sezish mumkin. Maktabda talabalarga, oily o‘quv yurtlarida talabalarga mukammal bilim berish imkoniyati kengaymoqda. Shu bilan birga umumta’lim maktablarida, institut, universitetlarda arab tilini o‘rgatishga munosabat yaxshi tomonga o‘zgardi. Bu tilni mukammal egallashda yangi zamonaviy pedagogic texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli va samarali foydalanishga shart-sharoit yaratildi.

Hozirgi paytda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha Davlat ta’lim standatrlarining takomillashtirilgan variantlari yaratildi va u ta’lim tizimiga tadbiq etilmoqda. Bu hijjatlarda chet tillari, shu jumladan arab tilini o‘qitilishi oldiga aniq talablar qo‘yilgan. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi talablaridan kelib chiqib, sharq tillarini chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktablarning bitiruvchilari o‘z bilimlarini shu yo‘nalishdagi akademik litseylarda yoki kasb-hunar kollajlarida davom ettirishlari mumkin. Arab tilini maktablarda o‘qitish uchun yaratilgan dasturlar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan D.Alievning amalda foydalanish uchun tavsiya etilgan “Arab olami”, M.Miryoqubovning yeti tildagi “Tishing sog‘, vaqting chog‘” kitoblari o‘qituvchi uchun manbaa vazifasini o‘taydi. B.Ibrihimov, I.Oxunov, M.Ho‘jaevlarning xorijiy til sifatida o‘qitiladigan maktablar uchun qayta nashr etilgan “Arab tili darsligi”, M.Abdullaevning 7-9 sinflar uchun yaratgan “Arab tili” o‘quv qo‘llanmasi, 2008 yilda chop etilgan N.Usmonovning “Arabcha matnlar to‘plami” o‘qituvchi va talabalarga taqdim etildi.

Arab tilini o‘rganish va o‘qitish uchun qancha ko‘p darslik va qo‘llanma yaratilmasin, baribir u yoki bu kitobdagi mavzularni talabalarga yetkazish metodikasi – usullari yatilmasa, bu ishlarning natijasi samarali bo‘lmaydi.





  1. Download 58.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling