O‘quvchi yozma nutqini shakllantirishn
Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
Download 65.03 Kb.
|
Kurs ishi namuna (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI DARSLARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDA FOYDALANISH 2.1. Multimedia vositalaridan dars jarayonida foydalanish
- Elektron axborot-ta’lim resursi nima
- Elektron axborot-ta’lim resursi tuzilishi
- Ta’lim jarayonida elektron o‘quv vositalaridan foydalanishning nazariy asoslari.
- Qo‘llanma – mustaqil ta’lim olish vositasi sifatida
- EATR fodylanishdan oldin quyidagilar tavsiya etiladi
- O‘quv jarayoniga AKTni qo‘llashning ahamiyati
- O‘qituvchining ish faoliyatida AKTni ahamiyati
- 2.2. Kompyuter vositalaridan foydalanish nima samarali usullari
1.2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida «O‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish» bugungi kundagi asosiy masalalardan biri, deb ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz». Shunday ekan, turli fanlar, jumladan, o‘zbek tili fanidan zamon talabiga javob beradigan darslar o‘tkazish, ularda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb vazifadir. Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish, kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi. Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-mayda e’lon qilingan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolo-giyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan faol foydalanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning eng muhim va birinchi navbatdagi vazifalaridan deb ko‘rsatilgan. Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda dars o‘tish uchun bundan bir necha yil avval, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanish ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu yo‘nalishda turli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, o‘qitishning audiovizual vositalari o‘rganilgan, o‘zbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan, test asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun maxsus qurilmalaridan foydalanish tavsiya etilgan, dasturiy boshqariladigan o‘quv mikro-EHMning tuzilishi va ishlash tamoyillari o‘rganilgan. Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ta’lim tizimida axborot texnologiyalari, kompyuter vositalaridan foydalanish muammosining o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron materiallar tayyorlash borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan. Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar va respublikamizda mavjud axborot texnologiyalarining mahsullarini tahlil qilishdan aniqlanishicha, xorijiy ta’lim tizimida, shuningdek, O‘zbekistondagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti, Andijon Davlat tillar instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti va ko‘plab akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muayyan mashg‘ulotlar to‘la kompyuterlashtirilgan yoki ularda axborot texnologiyalaridan qisman foydalanilmoqda, fanlar bo‘yicha elektron darsliklar yaratilmoqda va bu yo‘nalishda ma’lum yutuqlarga erishilmoqda. Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni kompyuter texnologiyalari vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib qolmoqda. Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo‘lib, axborotni turli ko‘rinishlarda – matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm), videotasvir, musiqa yordamida yig‘ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia «inson-kompyuter» interfaol muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Mutaxassislarning fikricha, multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga erishiladi: - o‘quv-tarbiya jarayoni faollashtiriladi, - ta’lim samaradorligi oshadi; - axborotning turli shaklda berilishi o‘quvchilarning diqqatini tortadi, - yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik ularda katta qiziqish uyg‘otadi, - mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minlaydi; - talaba dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi; - mustaqil ta’lim olish imkoniyati, sohalari ko‘payadi; kompyuter savodxonligi oshib boradi; - o‘qituvchi tomonidan bajariladigan ko‘pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter amalga oshiradi; - dars davomida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni keskin ortadi; - o‘yinli texnologiyalar, rolli o‘yinlar o‘tkazish imkoniyati ortadi. Shuningdek, o‘qituvchining o‘z kompyuteri orqali o‘quvchilar kompyuteri monitoriga kira olishi har bir o‘quvchi faoliyatini alohida kuzatish imkonini beradi, ya’ni kompyuter tabaqalashtirish imkonini beradi. Masalan, dars mavzusi yuzasidan bahs-munozara uyushtirishda o‘qituvchi o‘zi tanlagan o‘quvchilarning monitor raqamini bosadi va ularga topshiriq beradi, javoblarni mikrofon orqali eshitib boradi. Sinfdagi boshqa o‘quvchilar bu paytda o‘zlariga berilgan alohida topshiriq bilan band bo‘ladilar. Yana bir qulaylik — o‘qituvchi masofadan boshqaruv kalitlari yordamida o‘quvchilarning ish faoliyatini boshqarib boradi, u istalgan o‘quvchini o‘qitib eshitishi va uning nutqini yozib olib, o‘ziga eshittirishi yoki to‘g‘ri talaffuz bilan ham taqqoslashi mumkin. Bu o‘quvchiga o‘z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Bulardan tashqari, albatta, kompyuter o‘quvchilarning bilimlarini xolisona baholash, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rish va dars jarayonida vaqtini hamda ko‘rgazmali qurollar uchun sarflanadigan mablag‘ini tejash imkoniyatini beradi. Hozirgi paytda ommaviy tus olayotgan elektron pochta va videoanjumanlar yordamida esa o‘quvchilar boshqa viloyat, shahardagi tengdoshlari bilan o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishlari, biron mavzuda bahs-munozara o‘tkazishlari mumkin. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning didaktik maqsadini amalga oshirishda kompyuterning imkoniyatlari beqiyosdir. II BOB HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI DARSLARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDA FOYDALANISH 2.1. Multimedia vositalaridan dars jarayonida foydalanish Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab, Davlatimiz rahbari muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan e’tirofga sazovar bo‘lgan “o‘zbek modeli” deb nom olgan mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi taraqqiyoti yo‘lini belgilab olinishi bilan bir qatorda jamiyatni ma’naviy yuksaltirish hamda shaxsning ma’naviy kamolotiga erishuvi ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb – hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ayni paytda ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalasi davlatning doimiy e’tiboriga olindi. Mazkur maqsadni amalga oshirishda qabul qilingan O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tatbiq etilishi, mazkur dasturning mantiqiy davomi bo‘lgan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” va boshqalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali Yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevorini qo‘yish, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi. Umumta’lim maktablarini isloh qilish, uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rnini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, intelektual salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlashda davlatimiz bosh isloxatchi bo‘lib maydonga chiqdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, uning inson va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari har tomonlama keng qamrovli fikr va xulosalar orqali tahlil etiladi. Ayni paytda istiqlol yillarida yurtimizda milliy ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, bu borada oldimizda turgan maqsad va vazifalar haqida atroflicha fikr yuritiladi. Shuningdek, jahon miqyosida voqealar shiddat bilan kechayotgan bir paytda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan, Internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga erishish hamda komil insonni tarbiyalash pedagog xodimlarning faoliyat mezoniga aylanishi zarurligini barchamiz yaxshi anglashimiz lozim deb takidlanadi. Darhaqiqat, hozirgi kunda pedagog uchun professional mahorat nafaqat uning faoliyatini osonlashtiradigan dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirish va qo‘llash, balki o‘qitishi lozim bo‘lgan fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalanishga o‘rgatishdan ham iboratdir. Bu ma’noda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsion texnologiyalariga (AKT) oid kurslar tashkil etib, barcha fan o‘qituvchilarini AKTdan o‘quv jarayonida samarali foydalanuvchi mutaxassisga aylantirish lozimligini inobatga olib XTV tomonidan 23 martda “Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 61-sonli, “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Xalq ta’limi vazirligining 2012 yil 21-apreldagi 125-sonli buyrug‘i qabul qilindi. 2011 yil mart oyida chiqarilgan buyruqni ijrosini ta’minlashga erishish zarurdir. Bu buyruqni ijrosini ta’minlash va qo‘yilgan vazifani amalga oshirish uchun informatikadan dars berib kelayotgan malakali yetakchi pedagoglar, mutaxassislar trener sifatida jalb qilinib kompyuter savodxonligiga va har bir ta’lim muassasasi rahbarini, amaliyotchi o‘qituvchilarni axborot-kommunikatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha kurslar tashkil etib kelinmoqda. Umumta’lim maktablari davlat ta’lim standartalarining takomillashuvi, o‘quv dasturlarining optimallashuvi hamda darsliklarning yangi avlodini yaratilishi bilan bir qatorda umumta’lim maktablari uchun elekiron axborot-ta’lim resurslari yaratildi. Elektron axborot-ta’lim resursidan foydalanishdan oldin ushbu resurs haqida qisqacha tushunchalarga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Elektron axborot-ta’lim resursi nima? Elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) – o‘rganish va ta’lim berish uchun qulay tarzda shakllantirilgan, ilmiy jihatdan tizimlashtirilgan, turli yoshdagi va ta’lim olish darajasidagi o‘quvchi va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan, ma’lum bir fanni o‘rganish uchun mantiqiy ketma-ketlikda shakllantirilgan elektron axborot manbalari majmuasidir. Elektron axborot-ta’lim resursi tuzilishi Ma’ruza matni Nazariy material Nazorat dasturlari Media materiallar Audio materiallar Mashq va masalalar to‘plami, so‘rovnoma Qo‘shimcha materiallar Didaktik to‘plam Foto galereya Ta’lim jarayonida elektron o‘quv vositalaridan foydalanishning nazariy asoslari. barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish; o‘qitishning uslub va usullarini individuallashtirish va intellektuallashtirish; ijodiy qabul qilish va o‘quv-uslubiymaterialning reproduksiyasi; qo‘llaniladigan didaktik vositalarning muloqotbopligi, kommunikativligi va faolligi; ta’lim oluvchilarning bilish qobiliyatini yuksak darajada shakllantirish; innovatsion (ta’lim berishning yangi uslublarini) texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish. Qo‘llanma – mustaqil ta’lim olish vositasi sifatida – Ta’lim oluvchi ta’lim olishda o‘zlashtirish jarayonini mustaqil boshqaradi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish esa o‘z navbatida sun’iy intellektga ega bo‘lgan ta’lim olish manbasi orqali amalga oshiriladi. – Elektron dasliklarning qaysi fan yoki sohaga yo‘naltirilganligidan qat’iy nazar, asosiy yo‘nalish boshlang‘ich ma’lumotlarni, oraliq natijalarni vizuallashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu yo‘nalish joriy va yakuniy natijalarni ko‘rish imkoniyatini berish bilan birga uni tahlil etishga sharoit yaratadi. Masalan, “So‘z ketidan so‘z kelar”, “Sanashni o‘rganamiz va safar qilamiz” kabiga yaratilgan EATR – Tarbiyalanuvchi yoshlarni fizialogik xususiyatlarini inobatga olgan holda tayyorlangan; Biror fan mazmunini ochib berish hamda o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga imkon bera oladigan darajada hajmga ega; fan o‘quv-metodik maqsadlarga erishishga yordam beruvchi ko‘rgazmali elementlarga ega; materialning monitor ekranidan ko‘rish; ko‘rgazmalilik darajasining yuqoriligi, interaktiv topshiriqlar, o‘z-o‘zini baholash va nazorat qilish, mustaqil ishlash imknoiyati berilgan; imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus sharoitlarning yaratilganligi; Elektron axborot ta’lim resursining asosiy xususiyatlaridan biri bu- ko‘rgazmalilik darajasining yuqoriligi, mashqlar orqali bilimlarni to‘ldirish va mustahkamlash, DTS talablarini o‘zlashtirishni nazorat qilish, mustahkamlash imkoniyatining mavjudligidadir. EATR fodylanishdan oldin quyidagilar tavsiya etiladi: O‘quv yili boshida EATRdan foydalanish yuzasidan tayyorlangan yo‘riqnoma bilan tanishish, mavzuni tanlash. Mudira, psixolog bilan kelishgan holda mashg‘ulot jadvaliga kiritish yoshlarni EATR dan qanday foydalinish lozimligi bilan tanishtirish Mashg‘ulot jarayonini tashkil qilish, bolalarni ikkita (va undan ko‘proq) guruhga bo‘lish, har bir guruh uchun topshiriqlar tayyorlash, yoshlarni o‘z ustilarida ishlashlarini ta’minlashga oid ijodiy faoliyat turlarini tashkil qilish. Umumiy ta’lim maktab muassasalari o‘qituvchilari mazkur EATR ishlanmasiga ijodiy yondoshishlari maqsadga muvofiqdir. Kompyuter savodxonligini oshirish tinglovchilarni “Klavish trenajori” EATR yordamida ishlashini amaliy mashg‘ulotda ko‘rib o‘tiladi: O‘quv jarayoniga AKTni qo‘llashning ahamiyati- har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgani kabi AKTni ham o‘quv jarayoniga tadbiq etishda o‘ziga mos tomonlarini belgilab olish darkor. Har bir mavzuni zamonaviy kompyuter imkoniyatidan foydalanib o‘tish uchun avvalo, o‘quv jarayoniga kerakli elektron darslik, qo‘llanma, dars ishlanma, o‘quv film va ko‘rgazmali materiallar va h.o bo‘lishi lozim. Masalan, o‘quvchi elektron darslik va internetdan dars jarayonida emas balki kutubxonada olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlashda foydalanishi maqsadga muvofiq. Dars jarayonida esa o‘tilayotgan mavzuga oid elektron dars ishlanmasidan, elektron o‘quv filmidan yoki videofilmdan, didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikni ko‘proq oshishiga olib keladi. Chunki, o‘quvchi ma’ruza shaklida mavzuni eshitishidan ko‘ra ko‘proq ko‘z bilan ko‘rib, ba’zi jarayonlarni bevosita kompyuterda bajarsa o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushunchalarni tez qabul qilishi hamda uni amalga joriy etishi yengil kechadi. Bu jarayonda darsda muammo qo‘yish usulidan, uni yechimini topishda esa kichik guruhlarga bo‘linib masalani hal etish ya’ni, aqliy xujum, muloqot usuli, mantiqiy fikrlash kabi usullarni qo‘llash orqali o‘quv samaradorligini oshirishga erishish mumkin bo‘ladi. Dars samaradorligini oshirish uchun har bir mavzuga oid elektron ko‘rgazmali qurollarning mavjud bo‘lishi o‘ta muhim omildir. Ko‘rgazmali qurol yordamida mavzularni yoritilsa dars maqsadiga erishish oson kechishi bilan birga vaqtdan ham ancha tejaladi. Natijada masala va mashqlarni ishlash uchun ko‘proq vaqt qoladi. Tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardagi matn, turli rasm va shakllar takomillashgan DTSga, o‘quv dasturiga hamda darslikka mos bo‘lishi lozim. O‘qituvchining ish faoliyatida AKTni ahamiyati – o‘qituvchining AKTdan dars jarayoniga tayyorlanishida, internet imkoniyatidan foydalanib zarur ma’lumotlarni olishida, turli anjumanlarga tayyorlanishida u katta imkoniyat beradi. Bu o‘qituvchini darsga tayyorlanishi uchun ijodiy yondoshishga turtki bo‘ladi. O‘quv jarayonini ko‘rgazmali qilib tashkil etish bilan o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqishini oshirishga erishadi. Bu pirovard natijada, o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakani puxta o‘zlashtirishiga sabab bo‘ladi4. Darsni ko‘rgazmali asosda, ya’ni taqdimot slaydlari yordamida, o‘tishi uchun o‘qituvchi darsni tashkil etish usulini mukammal bilishi bilan birga kompyuterda mavjud bo‘lgan amaliy dasturlarni o‘z ish faoliyatiga qo‘llash malakasiga ega bo‘lishi shart. Masalan, taqdimot slaydlar yaratish uchun Microsoft Office Word bilan birga Power Point dasturini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to‘g‘risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o‘ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishiga yangicha yondashish, o‘qituvchilarni o‘z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o‘ta ma’suliyatli munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
Mamlakatimizning birinchi prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek: «Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»5 Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma’lum ma’noda shu islohatlarning natijasiga bog‘liq edi. «Chunki ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo‘lmaydi»6 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta’lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin. Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o‘qituvchi-murabbiylarga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. O‘quv-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tеxnologiyalari, elеktron darsliklar, vеrsiyalar va multimеdialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o‘quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyutеr savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Birinchi Prеzidеntimiz I.Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdin mavzusidagi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi nutqida: «Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intеllеktual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob bеradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz»,3 - dеgan edi. Bunday ulug‘ maqsadni amalga oshirish sohasidagi vazifalar «Barkamol avlod yili» Davlat dasturuda ham bеlgilab bеrildi. Prеzidеntimiz tomonidan kеlajak avlod tarbiyasiga bеrilayotgan bunday katta e'tibor ta'lim tizimi va pеdagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Ta'lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta'limi olgiga qo‘yilgan muhum vazifalardir. Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko‘rsatiladiю Pеdagogik tеxnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonida o‘qituvchi faoliyati va o‘quvchi faoliyati doirasi aniq bеlgilanadi, ta'limni tashkil etishning aniq tеxnologiyasi ko‘rsatiladi. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uni pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ta’limning yangi-yangi yo‘l va usullarini izlashi, pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham ona tili o‘qituvchilarini kelgusi faoliyatga tayyorlashda, pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga tayyorlash bugungi ta’limning oldiga qo‘yilgan talablardan biridir7. Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o’qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keldi. Masofaviy ta’lim ma’lumot olishning shunday shaklidirki, unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma’lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal, an'anaviy va innovatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi. Masofaviy ta’limning tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi: O‘qituvchi – o‘quvchi - kommunikatsiya. Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta'lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta'lim jarayoni tashkil etiladi. Masofaviy ta’limda ma’lum maqsad asosida ta’lim subyekti va obyektining ta'lim vositalari yordamidagi o‘zaro ta’siri amalga oshadi. Ma'lumot jarayoni o‘ziga xos pedagogik tizim elementlarini o‘z ichiga oladi. Bular: ta'lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, o‘quv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar, marketing kabilar. Masofaviy ta’lim tizimi insonparvarlik prinspiga asoslanadi. Ya’ni hech kim kambag'allik, geografik muammolar, ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo'lmasligi lozim. Masofaviy o'qitishda o‘qituvchi o‘quvchiga o‘quv materialini "Internet" tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo‘yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar veb-saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o‘qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javobni yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo‘lsa, kerakli ko‘rsatmalar beradi. O‘quv jarayonida o‘quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan, videokonfrensiyalardan foydalanadi. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o qishdir. Mustaqil o‘qish davrida o‘quvchidan mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi. Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar: a) darslik; b) audio va vidiodarsliklar; d)veb-saytlar; e) elektron kutubxonalar; f) matnlar; g) elektron darsliklar. Albatta foydalanuvchi ixtiyorida masofadan ta'lim olishda multimediyali kompyuter, modem va telefon kabi vositalar mavjud bo'lishi kerak. XXI asrda masofaviy ta’lim eng istiqbolli insonparvar ta’lim va ta’limning integral shakli sifatida ta’lim tizimiga kirib kelmoqda. XXI asr ta’lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi bilan ham xarakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o‘z-o‘zidan ta’lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo etadi. Hozirgi kunda masofadan o‘qitish dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta’lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiyaning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropoliten universitetida, Gollandiyaning Fontis universitetida, Janubiy Koreya respublikasida va boshqa rivojlangan mamlakatlarda masofaviy o‘qitish texnologiyasi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda talabalarni o‘qitish va boshqa soha mutaxassislarining malakasini oshirish sohasida samarali qo‘llanilib kelinmoqda. O‘z-o‘zidan ma’lumki, dunyoga yuz tutayotgan O‘zbekiston uchun ham bu ta’lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun O‘zbekiston o‘quv yurtlarida ham ba’zi bir islohotlarni amalga oshirishni davr taqozo etmoqda. O‘qitishdagi axborot texnologiyalari - bu o‘qitish faoliyatida qo‘llaniladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullari majmuidir. Elektron vositalar tarkibiga apparatli, dasturli va axborotli komponentlar kiradi. Ularni qo‘llash ko‘rsatmalari o‘qitishdagi axborot texnologiyalarini metodik ta’minotida kiradi. Masofaviy ta’lim bu o‘qitishning insonparvar shakli bo‘lib, an’anaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi. Bunda texnik vositalar o‘quv materialni mustaqil o‘zlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, masofaviy o‘qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta’limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish to‘g‘risida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida kompyuter vositalaridan foydalanish” to‘g‘risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta’lim tizimi apparatli, dasturli va uslubiy vopsitalarning murakkab kompleksi bo‘lib, o‘z ichiga server va ishchi stansiyalar, shaxsiy kompyuterlar, kommunikatsiya vositalari, umumtizimli va tarmoqli dasturlar ta’minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari, o‘rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo‘lgan audio va video texnikalarni oladi. Ta’lim metodi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati to‘g‘risida nazariy tushuncha beruvchi didaktik kategoriyadir. Masofadan o‘qitish har xil ta’lim metodlari orqali amalga oshiriladi va unda bir qancha usullar dan foydalaniladi. Har bir usul muayyan harakatlardan iborat bo'lib, o'qitishning har xil didaktik vositalar yordamida ma'lum bir maqsadga erishishga qaratiladi. Masofadan o'qitish metodlaridan foydalanganda quyidagi usullarni qo'llash mumkin: namoyish qilish, illyustratsiya, tushuntirish, hikoya, suhbat, mashq, masala yechish, materialni yodlash, yozma ish va takrorlash kabilar. Pedagogik jihatdan qayta ishlangan o'quv mazmunini o'z ichiga olgan masofaviy o'qitish o'qituvchi va o'quvchi qo'lidagi o'quv vositalari o'quv mazmunini taqdim etish, o'quvchilarning o'rganish faoliyatini tekshirish va boshqarish vazifasini bajaradi. Ma'lum bir o'quv materiali bir qancha o'rgatish vositalari bilan berilishi mumkin. Vositalarning har biri o'z didaktik imkoniyatlariga ega. O'qituvchi bu imkoniyatlarni bilishi va o'quv materialini har xil vositalariga ko'ra bo'lib chiqishi, didaktik vaifalarni amalga oshirishga qaratilgan o'quv axborotlarini tashuvci tizim sifatida o'quv materiallaridan o'quv vositalari kompleksini yarata olishi kerak. Masofaviy o'qitish tizimi vositalari quyidagilardan iborat bo'lishi mumkin: 1. Darsliklar (an'anaviy darsliklar, elektron darsliklar, qo'llanmalar, lug'atlar va boshqalar). 2. Kompyuter tarmoqdagi o'quv-metodik qo'llanmalar. 3. Odatdagi va multimediya variantlaridagi kompyuterli o'qituv tizimlari. 4. Audio o'quv-axborotmateriallari. 5. Video o'quv-axborotmateriallari. 6. Masofaviy laborotoriya praktikumlari. 7. Masofaviy trenajyorlar. 8. Masofaviy axborot va bilimlar bazasi. 9. Masofaviy elektron kutubxonalar. 10. O'rgatuvchi ekspert tizimlariga asoslangan o'qitish vositalari. 11. Geoaxborotli tizimlarga asoslangan o'qitish vositalari. 12. Virtual reallikka asoslangan o'qitish vositalari. Masofadan o'qitish tizimida o'qitish vositalari yangi axborot texnologiyalari vositasida amalga oshiriladi. Download 65.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling