O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar


Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash


Download 99 Kb.
bet3/6
Sana25.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1121059
1   2   3   4   5   6
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

Biz ishimizning birinchi bobida vatanparvarlik tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari haqida batafsil to’xtagan edik.


Ma’lumki, vatanparvarlik – shaxsni, jumladan o’quvchilar shaxsini axloqiy-ma’naviy, mafkurviy madaniyatini shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun maktabda har bir o’quvchida quyidagi xususiyatlarni shakllantirish maqsadga muvofiq.
- o’quvchilarni milliy istiqlol mafkurasiga cheksiz sadoqat, Vatanga mehr-muhabbat, obod va ozod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylikka qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- mustaqil davlatimiz qo’lga kiritgan yutuqlarni himoya qilish zarurligi hissini uyg’otish;
- o’quvchilarning o’z hayotiy rejalarida vatanparvarlik faoliyatiga ajratgan diqqat-e’tiborini kuchaytirish;
- vatanparvarlik tarbiyasida o’zbek xalqining ulug’ mutafakkirlari merosidan foydalanish;
- mustaqillikka mehr-muhabbat his-tuyg’usini shakllantirish.
Vatanparvarlik hissini tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o’rni katta.
O’zbekiston O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida maktabdan tashqari ishlar haqida quyidagilar aytib o’tilgan: «Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishlarini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlardagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashki etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida bolalar, o’smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, stadionlar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqalar kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi».
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan uning rejalashtirilishiga bog’liq. Barcha tarbiyaviy ishlar o’quv yilining boshida maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha muovini tomonidan hamma sinf rahbarlari bilan maslahatlashgan holda rejalashtiriladi.
Rejada ushbu masalalar ko’zda tutiladi:

  1. To’garaklar ro’yxati va ularning rahbarlari

  2. To’garaklarni jihozlash, asboblar va qo’lyozmalar bilan ta’minlash

  3. To’garaklar faoliyati jadvali

  4. Sinfdan va maktabdan tashqari ommaviy tadbirlar grafigi.

  5. ommaviy madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchilar hay’ati va mas’ul kishilar.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hayotga tatbiq etish jarayonida pedagoglar bolalarning mustaqilligini ta’minlashlari zarur.
O’quvchilarning mustaqilligi turli darajalarda bo’lishi mumkin. Ayrim o’quvchilar topshiriq va vazifalarni faol va mustaqil holda bajaradilar, ya’ni pedagoglarning ushbu ishga aralashishi shart emas. Bolalar pedagog yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda o’qituvchining aralashuvi maqbul emas, chunki bunday munosabat bolalarning mehnatsevarligi, tashabbuskorligini shakllantirishda imkoniyatlarni cheklaydilar.
O’quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o’z ishini tarbiyachining fikriga bog’liq qilib qo’ygan paytda tobe’ mustaqil holat vujudga keladi. Ish zo’r ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan bolaning harakatlarida ishonsizlik jihatlari ko’zga ko’rinadi.
Pedagogning to’la rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o’quvchilar toifasida majburiy bajarish holati paydo bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishga unchalik qiziqmaydilar. Ular ko’pincha o’qituvchidan yordam so’rab murojaat qiladilar.
Mustaqil tayyorgarlikning nazoratsiz ijro holati rasmiy ijrochilik bilan, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o’quvchilar kuzatiladi. Bunday holatni uzoq vaqt saqlash mumkin emas, chunki bunday holat ularda faollik va tashabbuskorlik xususiyatlarini barham toptiradi.
Maktab o’quvchilarining mustaqilligi ikki tomonlama xususiyatga ega. O’quvchilar faoliyatida mustaqillik darajasi, o’qituvchi faoliyatida yordam berish darajasi. Mustaqillik darajasi deganda biz o’quvchilarning pedagog yordamiga bo’lgan ehtiyojini nazarda tutamiz. Yordamga muhtojlik qanchalik yuqori bo’lsa, o’quvchilarning mustaqillik darajasi shuncha past bo’ladi.
Pedagoglarning mustaqillikni tarbiyalash vazifalarini hal qilishga sarflangan kuch-g’ayrati va mehnati o’quvchilarning ruhiy faoliyatiga mutanosibdir. Agar bolalar mustaqil tayyorgarlikni o’z faoliyati darajasining tabiiy holat sifatida qilsalar, ham pedagog, ham o’quvchi tomonidan ko’p zahmat talab etilmaydi. Aksincha, mashg’ulotga yomon tayyorgarlik ko’rish hamma uchun qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi.
O’qituvchilar va sinf rahbarlari sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida o’quvchilarning mustaqillik darajasini hisobga olishlari va shu asosda o’z shogirdlarini turli tadbirlarga jalb etishlari lozim.
Shuni ham qayd etish lozimki, maktabning ish rejasiga ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar, o’qituvchilarning ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning turli shakllari, ota-onalar majlisi, individual suhbat, konsultasiyalar, mahalla va aholi yashaydigan qishloqlarda, zavod va fabrika, qurilish tashkilotlarida olib boriladigan turli tarbiyaviy mavzulardagi pedagogik tashviqot, targ’ibot ishlari hamda jamoatchilik va ota-onalarning maktabga qanday yordam berishi kabi masalalar ko’rsatiladi.
Pedagogika fanida sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar muammosi muhim o’rin tutadi, zero bunday ishlar o’quvchilarning bilim olishlari bilan birga axloqiy, jismoniy, estetik tarbiyasini yaxshilaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy belgisi shundan iboratki, ular asosan ijtimoiy foydali maqsadga ega. O’quvchilar ushbu ishlar jarayonida o’z istak va havas ham turli qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga maktabning ijtimoiy hayotida qatnashib, maktabga foyda keltiradilar.
Maktabda turli to’garaklar mavjud. O’quvchilar pedagoglar rahbarligida to’garak faoliyatida ishtirok etib, o’z bilimlarini kengaytirib, ma’ruza qilishni, shuningdek muomala va munosabat odobini o’rganadilar hamda har tomonlama yetuk inson bo’lishga intiladilar. Misol uchun adabiyot to’garagini olaylik. O’quvchilar ushbu to’garakda qatnashib hikoya, she’r o’qishni o’rganadilar va adiblar ijodi bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek devoriy gazeta, jurnal chiqaradilar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar o’tkazadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning yana bir ijobiy xususiyati shundan iboratki, o’quvchilar bu ishlarda qatnashib, mustaqillikni, mustaqil ravishda ko’pgina topshiriqlarni bajarishni o’rganadilar. Ular olgan bilim, ko’nikma va tajribalarini o’rtoqlari bilan baham ko’radilar va bu holat o’quvchilar do’stligini mustahkamlaydi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning turlari ko’p. Bulardan bir maktablarda tashkil etiladigan ijtimoiy foydali mehnat hisoblanadi.
Ma’lumki, aqliy va jismoniy mehnat insonlarni tarbiyalaydi va yanada kamol topishida muhim rol o’ynaydi. Shu yo’l orqali o’quvchilar mehnat jarayoni, ishchilar, dehqonlar, fermerlar faoliyati bilan tanishadilar hamda moddiy boyliklar qanday yaratilishi haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Har bir kishi ishda ilg’or bo’lishi uchun ma’naviy barkamol, g’oyaviy-axloqiy jihatdan yetuk bo’lishi zarur. Respublikamizning mustaqilligini mustahkamlash uchun yoshlarimiz mehnatsevar, yetuk vatanparvar bo’lishlari lozim.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling