O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar


Download 99 Kb.
bet1/6
Sana25.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1121059
  1   2   3   4   5   6

O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar


REJA:


KIRISH
ASOSIY QISM
1. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning mohiyati va vazifalari
2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasida istiqlol tufayli barcha sohalarda katta o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ushbu o’zgarishlar ta’lim-tarbiya tizimini ham qamrab olgan.
O’zbekistonimiz istiqlolga erishganidan keyin xalq ta’limi tizimini rivojlantirish muammosiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunga hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator qonun va me’yoriy hujjatlarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni (1997 yil 29 avgust)ning 10-moddasida shunday deyilgan: «O’zbekistonda ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim». Ushbu qonunda umumiy ta’lim maktablarining vazifalari ham belgilangan. Jumladan, boshlang’ich ta’lim (I-IV sinflar) haqida shunday deyiladi: «Umumta’lim maktabi ta’limida boshlang’ich ta’limning ahamiyati muhimdir. Chunki boshlang’ich maktab umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan bilim, o’quv ko’nikmalari bilan qurollantiradi».
Umumiy o’rta ta’lim maktablari (V-IX sinflar) haqida shunday deyiladi: «Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’rta ma’lumot olishni ta’minlaydi. Zamonaviy bilimlar beradi. Bolalarning fikrlash qobiliyatini o’stirib, olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatadi. Bu esa o’z navbatida kasb-tanlashga yo’naltiradi, biror-bir kasbni egallash imkoniyatini beradi».
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarni fan asoslarini berish bilan birga ularni tarbiyalaydi. Tarbiya vazifalari ko’p qirralidir. Tarbiya jarayonida u\o’quvchilarning jamiyatimizda qabul qilingan axloq-odob me’yorlariga mos keladigan e’tiqodini, axloqiy malaka va ko’nikmalarini tarkib toptiradi.
Umuman olganda, tarbiya – yoshlarning ruhiyatiga ma’lum sifatlarni singdirish uchun maqsadga muvofiq holda va muntazam ravishda ta’sir etishdir.
Maktab sharoitida tarbiya vazifalari o’qituvchilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Shu bilan birga o’quvchilar tarbiyasida butun jamiyat, jumladan ota-onalar, axborot vositalari, mahallar ahli ham ishtirok etishadi.
Tarbiya o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash bilan mustahkamlanadi.
Tarbiyaning ko’p turlari mavjud. Jumladan, aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va boshqa turdagi tarbiyalardir. Har bir tarbiya turining o’z maqsadi va vazifalari mavjud. Tarbiyaning eng muhim qismlaridan biri – axloqiy tarbiyadir. Ma’lumki, «axloq» so’zi arab tilidan olingan bo’lib, xulq ma’nosini bildiradi. Axloq kishilarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, oilaga va shu kabilarga bo’lgan munosabatini tartibga soladi.
Maktabda tarbiyaviy ishlar o’z vaqtida va mazmunli rejalashtirilsa, yaxshi tarbiyaviy natija berishi aniq. Shuning uchun sinf rahbarining sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirishi katta ahamiyatga egadir. Bu borada sinfda o’tkaziladigan tarbiyaviy soatlar, adabiyot kechalar, kitobxonlar konferensiyalari, uchrashuvlar, sayohatlarning ahamiyati beqiyosdir.
Kurs ishimizning mazmuni va mohiyatini o’tkazilgan tarbiyaviy chora-tadbirlarni umumlashtirish tashkil etdi. Biz qo’lga kiritilgan ma’lumotlar, xulosalarni ishimizning xulosasida qayd etdik. Ana shu fikr-mulohazalar tufayli sinf rahbarlariga, bolalar yetakchilariga, maktab kutubxona mudiriga ma’lum tavsiyalarni ishlab chiqdik.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling