O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar


Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari


Download 99 Kb.
bet4/6
Sana25.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1121059
1   2   3   4   5   6
3. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari
Quyida tarbiyaviy soatlarning matnini keltiramiz.
1-dars: «O’zbekiston – Vatanim manim»

1-boshlovchi:


Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!
Yo’lingizga bo’lsin tasadduq jonlar
Assalomu alaykum, muhtaram do’stlar,
Niyatlari xolis, jonajon do’stlar.
2-o’quvchi:
Assalomu O’zbekiston muqaddas zamin.
Osiyo ko’ksida baxtga kon zamin.
Ona yer ko’ksida baxtga kon zamin.
3- o’quvchi:
1991 yil 31 avgust O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingan kun. 1 sentyabr mustaqillik kuni sifatida nishonlanadigan bayram.
Istiqlolim – istiqbolim
Bugunim istiqbolim
Zamonang ozod makon
Tinchliksevar ting makon
Rivojing topib har on
Taratar dovrug’ har jon.
4- o’quvchi:
Bir quyosh berib salom,
Tilida shirin kalom.
Xalqim dedi jonajon,
Sen mustaqil, seng shon.
Azizsan endi inson,
Qalbingda dinu Islom.
Dilingda bo’lmas armon,
Xalqimsan O’zbekiston.

5- o’quvchi:


1991 yil 18 noyabr – Mustaqil O’zbekiston Respublikasining bayrog’i tasdiqlangan kun.
Bayrog’imda moviy rang,
Samodan berar darak.
Har rangida doimo,
Yaxshiliklar mushtarak.
6- o’quvchi:
Ko’kda hirpirab mag’rur
O’zbekiston bayrog’i.
Dillarga berar g’urur,
O’zbekiston bayrog’i.
O’z bayrog’im deb xalqim,
Dilda qilar iftixor.
Undagi har bir rangning,
O’z ramzi ma’nosi bor.
Ko’k rang musaffo osmon,
Qizi – tanda oqqan qon.
Oq rang – tinlikdir faqat,
Yashil – jonli tabiat.
Bayroqda aks etar oy,
12 ta yulduz bor.
Demak O’zbekistonda,
Mustaqillik barqaror.
7- o’quvchi:
1992 yil 2 mart mustaqil yurtimiz Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ga a’zo bo’lgan kun.
Har qizing har o’g’lon,
Sen uchun ko’ksi qalqon.
Kerak bo’lsa har qachon,
Vatan deb berar jon.
Istiqlol, istiqlolim,
Bugunim, istiqbolim.
8- o’quvchi:
1992 yil 2 iyul O’zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasdiqlangan kun.
O’zbekiston gerbida,
Bor mag’rur Xumo qushi.
Shu sabab o’zbegimning
Ezgulik mudom ishi.
Sakkiz qirrali yulduz,
Tun emas yorug’ kunduz.
Boshoqlar bor bir yoqda,
Bir yoni g’urur paxta.
9- o’quvchi:
Gerb
Yurtimizning gerbi bor,
Unda bog’lar bepoyon.
Paxtalari, bug’doyi,
Borligi sizga ayon.
Ikki daryo chashmasi,
Obi hayot tamg’asi.
Qkyoshi kulib boqar,
Nurlari dilga yoqar.
Qanotim yozgan o’sha,
Xumo Qushi bo’ladi.
Boshda kulib boqqan oy,
Yulduzi bor hoyna-hoy.
Boshog’i, doni bisyor,
Xirmon donga to’ladi.
Gerbda shunday tasvir bor,
Demak bizga iqbol yor.
10- o’quvchi:
1992 yil 8 dekabr O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilingan kun.
Sho’rodan bo’lib omon,
Yo’limiz aylab ravon,
Bu kunlar dorilomon,
Tashakkur sizga sarbon.
Istiqlol – istiqlolim.
Bugunim – istiqbolim.
11- o’quvchi:
1992 yil 10 dekabr yurtimiz o’z madhiyasiga ega bo’lgan kun.

Bayroq, gerb va madhiya.


Davlatimiz ramzidir.
Mohiyatin anglamoq,
O’g’il qizning farzidir.
12- o’quvchi:
Serquyosh hur o’lkam,
Elga baxt-najot
Sen o’zing do’stlarga
Yo’ldosh, mehribon.
13- o’quvchi:
Yigitlar sodiq o’g’lon,
Tog’ ursa qilar talqon.
Qizlari boqib maston,
Aqlni qilar hayron.
Ahildir, bir tan, bir jon.
Qolmoqda qoyil jahon.
Istiqlolim – istiqlolim.
Bugunim – istiqbolim.
14- o’quvchi:
O’zbekiston noming doston,
Jannatmakon go’zal bo’ston.
Bog’ sayrida omon-omon,
Barchamiz bo’lib omon.
Oshajakmiz ko’p dovon,
Ko’p marrai ko’p xirmon,
Sarbonimiz mehribon.
15- o’quvchi:
Keksalar qilar duo
Bo’lsin deya mustajob
Tinchlik bo’lsin barqaror
Yurtda mangu go’zal bahor
Abad bo’lsin istiqlol
Kulib yursin istiqbol.
16- o’quvchi:
Bag’ri kengim osmonim,
Mehnatlari dostonim.
Ta’rifsiz pahlavonim,
Yo’li yorug’ shodmonim.
Istiqlol – istiqlolim
Bugunim istiqbolim.

Men vatanni o’ylasam


Ko’z oldimda o’z yurtim
O’zbekiston vatanim
Bayrog’ida yayrab yurtim

O’zbekiston vatanim


Mustaqil ozod bo’ldi
Munavvar porloq yo’li
Quchog’i nurga to’ldi

Erkalab ona vatan


Sevadi, ardoqlaydi
A’lo o’qib yosh avlod
Yurt ishonchin oqlaydi

Yurtim bunday ochib jamol


Kundan kunga topding kamol
Mustaqil O’zbekiston
Seni taniydi jahon

Paxta ekib dong taratgan


Mehnat qilib baxt yaratgan
Bog’larida gul yaratgan
O’zbekiston, O’zbekiston

Mening yurtim O’zbekiston


Gullar chaman bog’u bo’ston
Ozodsan, mustaqilsan
O’zbekiston, O’zbekiston
Seni biladi jahon
Kundan kunga topding jilo
Hamma senga mahliyo
Keksalar qilar duo
O’zbekiston, O’zbekiston
Seni biladi jahon

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling