O’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar


Download 99 Kb.
bet5/6
Sana25.01.2023
Hajmi99 Kb.
#1121059
1   2   3   4   5   6
Istiqlol bolalari
Bizlar ozod vatanning, ozod o’g’il-qizlarimiz
Ko’ksida porlab turgan, oyimiz, yulduzimiz
Qo’limizda vatanning hur bayrog’i hilpirar
Ulug’vor cho’qqilarni ko’zlar bizning ko’zimiz
Vatan so’zi jaranglar har aytar so’zimizda
Ona yurt tamg’asi bor, har bosgan izimida
Ozod, erkin vatanning, o’zligimiz o’zimiz
Hur o’zbekning dunyoda yangrab turgan so’zimiz.
Vatan
Vatan bizning yuragimiz,
Vatan bizning baxtimiz.
Shu vatanni onamizday,
Qadrlashga haqlimiz.

Shu vatan quchog’ida


Yashayapmiz, yashaymiz.
Kim unga ko’z olaytirsa
Yakson qilib tashlaymiz.
2-DARS
Mavzu: «Vatan tuyg’usi, milliy g’urur va iftixor bilan yashagan bobolar»
Maqsad: O’quvchilarga Vatan haqida tushuncha berish, o’zbek xalqining boy milliy qadriyatlariga hurmat, vatanparvarlik, bobolar merosini ardoqlar tuyg’ularini tarbiyalash.
Jihoz: Did bilan yozilgan sarlavha, Samarqand, «Go’ri Amir», «Shohi Zinda», «Registon» rasmlari va hokazolar (buyuk siymolar).
Darsning turi: yangi bilim berish
Darsning metodi: Suhbat
Darsning borishi:
Boshlovchi: Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, mehribon ota-onalar. Bugun sizlarga vatan tuyg’usi, milliy g’urur bilan yashagan bobolarimiz haqida tushuncha beramiz.
Baxtim borki, bu boshim mag’rur,
Baxtim borki, yorqin peshonam,
Baxtim borki, qalbimda surur,
Baxtim borki, oltin ostonam.
Vatan nima?
Donishmandlardan biri «Vatan – bu sening kindik qoning tomgan tuproq» desa, ikkinchisi «Sening ota-onang, avlod-ajdoding», - deydi.
Shu sababli Vatan tuprog’i, Ona yurt, Vatan tuyg’usi, Vatan g’ururi va iftixori, Vatan tarixi, Vatan kelajagi aziz va muqaddasdir.
Uyim, hovlim, ko’chai ham,
Maktablar-u bog’cham ham –
Biling, mening Vatanim.
Porlayotgan quyosh ham,
Dala-qir, tog’-u tosh ham –
Biling mening Vatanim.
- Vatan – tug’ilib o’sgan, kindik qon to’kilgan joy.
- Vatan – biz yashayotgan uy.
- Vatan – ta’lim olayotgan maktabim.
- Vatan – mening mahallam.
- Vatan – mening chorog’on ko’cham.
- Vatan – men alla tinglagan, uxlagan beshik.
- Ona – Vatan bitta, yagonadir, chunki u ona timsoli.
- Vatan – muqaddas sajdagoh.
Yuragimni yo’rgakladi baxt,
Orzularim qochmadi mendan.
Tongday oppoq hayolga o’xshab,
Ko’zlarimda ulg’ayding, Vatan!
Senga qarab olamga boqdim,
Seni ko’rib onamga boqdim.
Yuragimga o’zing o’t yoqding,
Ko’zlarimda ulg’aydi, Vatan!
O’quvchi: Ona yurtimizdagi go’zal bog’larni, purviqor tog’larni, jo’shqin va o’ynab oqayotgan daryolarni, paxtazor va bug’doyzorlarni, qiru adirlarni sevamiz.
Prezidentimiz Islom Karimov o’zining «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat» asarida: «Vatanning har bir asl farzandi o’zini ota yurtning ajralmas bo’lagi deb his etayapti va undan faxrlanayapti» deb ta’kidlab o’tgan.
Vatanparvarlik tuyg’usi – ona Vatanimizni qadrlash, buyukligini tan olish, dushmandan asrash, kerak bo’lsa, jonini vido qilishdir.
Maysalaring shivirlashdi, tizlar cho’kdim, quloq berdim,
Bilmay bosib chumolini, gunohimga javob berdim.
Vatan ne deb aytganlarga bir kaftgina tuproq berdim,
Menga vatan siyratini Momo yerim o’zing berding.
Vatan tuyg’usi bilan yashagan bobolarimiz uni ko’z qorachig’idek asrab, tashqi dushmanlar bilan kurashganlar, unga atab qo’shiq va kuylar yaratganlar, ko’plab buyuk asarlar yozib, meros qoldirganlar. Vatanni sevish, vatanparvarlik tuyg’usi bizga bobolarimiz qonidan o’tib, meros bo’lib qolgan.
Sening isming bu dunyoda muqaddasdir,
Har kim sening qadring bilmas, aqli pastdir.
Sening tuyg’ung yuraklarga savdo solur,
Sening darding boshqa dardni tortib olur.

Yering, suving bizni boqib to’ydiradur,


Semiz-semiz qo’ylaringni so’ydiradur.
Olma-anor, anjir, uzum-mevalaring,
Otu ho’kiz, echki, taka, tevalaring.

Bizlar uchun xizmat qiluv barchalari,


Har birlari nozu ne’mat parchalari…
Onamizsan! Bizning mushfiq onamizsan!
Javlon urib yashaydigan xonamizsan!
O’qituvchi: Vatanparvar sarkarda va qahramonlardan kimlarni bilasiz?
Vatanimiz juda ko’p umri boqiy qahramonlarni voyaga yetkazgan. Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Pahlavon Mahmud, Najmiddin Kubro kabi vatanparvarlar o’z yurtini dushmanlardan asrab, qahramonlik ko’rsatganlar.
O’quvchi: Biz Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Burxoniddin Marg’iloniy, Ahmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy kabi buyuk bobolarimizni bilamiz. Ular kindik qonlari to’kilgan yurtning ravnaqi uchun juda ko’plab ijobiy ishlarni amalga oshirganlar.

XULOSA
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi, milliy o’zligini anglash davriga kelib ko’pgina qadriyatlarimiz tiklandi. Ana shu qadriyatlarimizning muhim ko’rinishlaridan biri vatanparvarlikdir. Sho’rolar davrida ham vatanparvarlik tarbiyasi mavjud edi. Ammo bu vatanparvarlik bir yoqlama edi. Barcha kishilarga, xususan yosh avlodga sho’rolar mamlakatini sevish, unga xizmat qilishga tayyor bo’lish hissi tarbiyalanar edi.


O’tmish davrining avlodlari yangi sharoitlada, o’zgacha voqyelikda, istiqlol ruhini dilga joylagan holda faoliyat ko’rsatmoqdalar. Hozirgi vaqtda o’tmish davriga xos ayrim qiyinchiliklar ularga ma’lum ta’sir yetkazishlari mumkin. Bu tabiiy hol, albatta. Masalan, bundan 20 yil ilgari minglab o’zbeklar o’zlarining do’kondor, tijoratchi bo’lishni, dunyo kezib savdo qilishni, dehqon mahsulotini yevropaga eltib sotishni, rivojlangan mamlakatlarda o’qishni orzu qilardik xolos.
Milliy istiqlol bizni yaxshi yashashga, o’zimiz uchun, millat va davlat uchun ham foydali faoliyat yuritishga o’rgatmoqda. Davlat, jamiyat va shaxs birligi mustahkamlanmoqda. Bu jarayonni o’z holiga tashlab qo’ymay yosh avlodni jo’shqin, dunyodkor, fidoiy kishilarga aylantirish maqsadga muvofiqdir.
Chunki millat hayotida totalitar tuzum tufayli zo’rlab singdirilgan mutelik, loqaydlik xislatlari ba’zan uchrab turibdi. Shunday vaziyatlarga tushib qolganda xalqidan, Vatanidan, iymon-e’tiqodidan osongina kechib yuborayotgan kimsalarni ham ham ko’rib turibmiz, deb ta’kidlaydi I.A.Karimov.
Vatanparvarlik hissini tarbiyalashda butun jamiyatimiz ishtirok etadi. Yosh avlodning vatanparvarligi tarbiyalash borasida esa umumta’lim maktablarining o’rni beqiyosdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov vatanpvarlik tarbiyasi to’g’risida quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan: «Barchamizga ma’lumki, inson o’zini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilishi sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, ulg’aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo’ladi».
Ma’lumki, umumta’lim maktablarining birinchi vazifasi – yoshlarga puxta bilim berishdir. Shu bilan birga o’quvchilarda umuminsoniy fazilatlarni ham shakllantiradi. Bu ish hm o’qish jarayonida, ham sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida amalga oshiriladi.
Pedagogika fanida tarbiya, ta’lim degan terminlar mavjud. Buning ma’nosi shunday iboratki, maktabda o’quvchilarga ta’lim berish jarayonida ularni tarbiyalaymiz. Prezident I.A.Karimov o’zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida ma’naviyatning shakllanishida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati to’g’risida quyidagi fikrlarni aytib o’tgan: «Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi».
Pedagoglarimiz maktabda odobnoma, adabiyot, tarix, jo’g’rofiya va boshqa darslarda o’quvchilarga vatan va vatanparvarlikning mohiyati haqida ma’lumot beradilar.
Bizning kurs ishimiz «Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» mavzusida bo’lib, biz birinchi va ikkinchi bobda ushbu masala bo’yicha keng fikr yuritdik. Tadqiqotlarimiz natijalari asosida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Sinfdan tashqari ishlar ikk yo’nalishda olib boriladi:
a) Sinfdan tashqri o’qitish ishlari. Bunga fan yuzasidan maktabda darslardan keyin olib boriladigan tadbirlar kiradi. Masalan, adabiyot fanidan dars o’tildi. Ammo dars jarayonida shoir va yozuvchilarning barcha asarlarini tahlil etish imkoniyati bo’lmaydi. Shuning bir necha asarlarni o’qish mustaqil topshiriq sifatida beriladi. O’qituvchi maktab kutubxona mudiri bilan reja asosida yozuvchilarning tug’ilgan kunlariga, asarlarini o’rganishga bag’ishlangan tadbirlar o’tkazadilar.
Ushbu tadbirlarni ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyati bor. Ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, o’quvchilarning olingan bilimlari yanada mustahkamlanadi.
Pedagoglar rahbarligida sinfdan tashqari ishlar jarayonida axloq-odob, nafosat, mehnat tarbiyasining amalga oshirilishi tadbirlarning tarbiyaviy ahamiyatini belgilab beradi. Ushbu ishlarning vatanparvarlik tarbiyasi uchun ham katta ahamiyati bor. To’garaklar, konferensiyalar, uchrashuvlarda vatan haqidagi tushunchalar kengaytiriladi, mustahkamlanadi.
Sinfdan tashqari ishlar yakka tartibda, guruh holda va ommaviy tarzda o’tkaziladi.
b) Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy maqsadi o’quvchilarni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy soatlarda, sinf majlislarida va sinf rahbari tomonidan o’tkaziladigan individual suhbatlarda, bayramlarga bag’ishlangan yig’ilishlarda o’quvchilarning vatanparvarlik va baynalminal tarbiyasi uchun katta imkoniyatlar yuzaga keladi.
2. Maktabdan tashqari ishlar asosan darsdan va maktabdan tashqari shaklda o’tkaziladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ana shuning uchun maktabdan tashqir ishlarni sinf rahbari oldindan rejalashtirishi lozim.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda o’qituvchilar qo’mitasining roli beqiyosdir.
Ma’lumki, o’quvchilarning o’zini-o’zi boshqarish organlari faoliyatida qatnashuvi ularning tarbiyasida muhim vositadir. O’quvchilar qo’mitasi tashabbuskorlik va mustaqillik maktabidir. O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi ular tomonidan fan va mashg’ulotlarni to’liq o’zlashtirishga, davlat, jamiyat mulkini ko’z qorachig’idek asrashga, biror kasb o’rganishga, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, tabiatni muhofaza etishga ko’maklashadi.
O’z-o’zini boshqarish o’quvchilarni mustaqil hayotga, turmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash xususiyatini shakllantiradi. O’quvchilar qo’mitasi a’zolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim va tarbiya muassasalarida ishtirok etuvchi o’quvchilarda xonalarni jihozlar va ko’pgina chora-tadbirlar o’tkazishda faol ishtirok etadilar.
O’quvchilar qo’mitasi 5-9 sinf o’quvchilaridan tuzilib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: agar maktabda 20 va undan ortiq sinflar bo’lsa, har bir sinfdan bittadan o’quvchi olinadi, sentyabr oyida maktabda o’tadigan konferensiyada a’zolar saylanadi hamda shu konferensiyada vazifalar belgilanadi. Maktabda quyidagi komissiyalar tashkil etiladi: o’quv, tartib-intizom, tozalik, xo’jalik, mehnat va kasb tanlash, sport, jihozlash, ma’naviyat-ma’rifat, axborot ishlari.
O’quvchilar qo’mitasi ishiga maktab direktori rahbarlik qiladi. Uning rahbarligida barcha ta’limiy-tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi.
Bundan tashqari kurs ishimizni bajarish jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
1) Dars jarayonida o’quvchilarda Vatan, vatanparvar, vatanparvarlik tarbiyasi tushunchalari haqida bo’lgan bilim va ma’lumotlarni yanada kengaytirish;
2) Har bir dars bilim berish bilan birga o’quvchilarda axloq-odob, mehnat, vatanparvarlik tarbiyasi vositasi bo’lishiga erishish;
3) Vatanparvarlik tarbiyasida sinfdan tashqari ta’limiy ishlar: to’garaklar, kitobxonlar konferensiyalari, viktorinalar, fan olimpiadalari, musobaqalar imkoniyatlaridan to’la foydalanish;
4) Vatanparvarlik tarbiyasi uchun sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar shakl va vositalaridan samarali foydalanish, shuningdek har bir sinfdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbir tarbiya maqsadi va mazmuniga qaratilishi;
5) O’quvchilarni vatanparvar qilib voyaga yetkazishda maktabdan tashqari muassasalar, jumladan yoshlar markazi, yosh tabiatshunoslar stansiyasi, bolalar ijodiyot markazi va musiqa maktablarining rolini oshirish hamda ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali vatanparvarlik tarbiyasi uchun imkoniyatlarni oshirish;
6) Sinfdan a maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’quvchilarning yosh va indiviual xususiyatlarini hisobga olish vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini ta’minlaydi. Chunki o’quvchilarnig tarbiyalanish darajasi, bilim va ko’nikmalari turli yosh davrlarida turlicha xususiyatga ega bo’ladi.

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling