- O`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash
-
- O`quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi quyidagilardan iborat:
- 1. Bilimga qiziqish va muhabbat uyg`otish.
- Bola bilimga qiziqmasdan turib, o`qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o`qiy olmaydi. Bolada o`z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o`qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag`batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o`qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg`otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.
2. O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lish va unga mas`uliyat bilan yondashish. - 2. O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lish va unga mas`uliyat bilan yondashish.
- O`quv mehnatiga ongli munosabatda bo`lishlik ta`limning ijtimoiy, o`qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbarlari o`quvchilarga ularning bosh vazifasi – o`qish ekanligini tushuntirishi kerak. O`qishga mas`uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli – jamoa, o`qituvchilar, ota-onalar va o`z oldidagi mas`uliyat, ularning fikrlari, ma`qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o`quv jamoasida munosib o`rinni egallashga ham tegishlidir.
- 3. O`quv madaniyatini oshirish.
- O`zlashtirishning past bo`lishi aksariyat hollarda, o`quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko`nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi.
Sinf rahbarining va fan o`qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o`quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog`liq: - Sinf rahbarining va fan o`qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o`quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog`liq:
- Faoliyatni reja asosiga qurish.
- Qunt bilan ishlash.
- Pala-partishlikka yo`l qo`ymaslik, saranjomlikka o`rganish.
- Bilim sifatini oshirish.
- Qiyinchiliklarni yengish.
- O`quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish.
- Bu degani o`quv mehnatini o`quvchining dam olishi bilan to`g`ri almashtirib borilishidir.
- 7. O`qishda o`rtoqlarcha o`zaro yordam uyushtirish.
- O`rtoqlarcha o`zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi.
- 8. Sinf o`qituvchilari bilan hamkorlik.
- Sinf rahbari ta`lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o`zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o`qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi.
- Endi bevosita ana shu ishlar mazmuni bilan tanyshib chiqamiz.
- Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o`qish nafaqat har kimning shaxsiy ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan ish ekanligini o`quvchilarga tushuntirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |