Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini kutmoqda. Bular haqida sinf majlislarida, har bir o`quvchi bilan alohida yoki bir guruh o`quvchilar bilan o`tkaziladigan suhbatlarda, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib beradi. O`qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta mas`uliyat bilan qarash kerakligi bolalarga tushuntirib boriladi. - Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini kutmoqda. Bular haqida sinf majlislarida, har bir o`quvchi bilan alohida yoki bir guruh o`quvchilar bilan o`tkaziladigan suhbatlarda, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib beradi. O`qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta mas`uliyat bilan qarash kerakligi bolalarga tushuntirib boriladi.
- «Bilim – takrorlash mevasidir», – degan edi Abu Rayhon Beruniy. Sinfda va uyda ko`p va jiddiy ishlaydigan bolalar, odatda o`qishda va mehnatda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Har qanday muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bolalarni o`qishga mas`uliyat bilan qarash ruhida, ko`chirib olishga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash kerak.
Sinf majlislarida vaqti-vaqti bilan mazkur masalalar butun mazmun-mohiyati bilan muhokama qilinishi, shu orqali o`quv mashg`ulotlariga loqaydlik bilan qaraydigan o`quvchilarga sezilarli ta`sir o`tkazish kerak. - Sinf majlislarida vaqti-vaqti bilan mazkur masalalar butun mazmun-mohiyati bilan muhokama qilinishi, shu orqali o`quv mashg`ulotlariga loqaydlik bilan qaraydigan o`quvchilarga sezilarli ta`sir o`tkazish kerak.
- Sinfning o`zlashtirish masalasi atrofida jamoatchilik fikrining shakllanishi, bu borada sinf devoriy gazetasi imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi.
- O`quvchilarni bilimga bo`lgan qiziqishlarini oshirishda ularning nazariy bilimlarini mustaqil ravishda qo`llay bilishlarini hisobga olish ayniqsa muhimdir. Bu tajriba juda ko`p maktablarda muvaffaqiyatli qo`llanilib kelinmoqda. O`quvchilarga biror bir fan bo`yicha ko`rgazmali qurol yoki biror jihoz yasab kelish buyuriladi. Bunda «Agar tirishsang, bu sening qo`lingdan keladi» degan gapni uning qulog`iga quyish kerak. Buni o`quvchi nafaqat oddiy topshiriq, balki o`qituvchining ishonchi sifatida ham qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |