O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
Download 138.12 Kb. Pdf ko'rish
|
3KXgN8hLFfPwWi4WeODurBi4Tu6pYQ0wOAJKf8aj
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlov bosqichi
- Tasavvurlarni shakllantirish.
O‘quvchilarni
geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi O‘quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi quyidagilardan iborat: 1. Nuqta, kesma, burchak, ko‘pburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat kabi geometrik figuralar haqidagi aniq tasavvurlarini shakllantirish. 2. Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik figuralar yasash uchun amaliy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirish. 3. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining geometrik tushunchalar haqidagi bilimlarini rivojlantirib borish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Tayyorlov bosqichi – o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini aniqlash (ularning hayotiy tajribasi, model figuralardan foydalanib, amaliy ishlarni amalga oshirish). 10 gacha bo‘lgan raqamlarni o‘tish darslarida aniqlanadi. 2. Tasavvurlarni shakllantirish. O‘quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik figuralar haqidagi tushunchalarini kengaytirish. 3. Xotirada saqlash. O‘rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish uchun figuralar yasashga oid mashq va masalalarni bajarish. Boshlang‘ich sinf yakunida geometrik shakllar yuzasidan egallanishi kerak bo‘lgan bilimlar O‘quvchilar 4-sinf yakunida geometrik shakllar yuzasidan quyidagi bilimlarni egallagan bo‘lishi kerak: - geometrik shakllarni atrof, borliq buyumlarining obrazi sifatida idrok etish; - uzunlik, yuz o‘lchov birligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi; -aylanani teng bo‘laklarga bo‘lishni, ko‘pburchaklar, simmetrik shakllar chizishni o‘rganishi; -shakllarning perimetrlari va yuzlarini formulalar yordamida topa olishi; -to‘g‘ri chiziqlarning perpendikulyarligi va parallelligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; - geometrik shakllarnining ko‘rinishini o‘zgartira olishni o‘rganishi; -o‘rganilgan tanish geometrik shakllarni nafaqat alohida, balki boshqa shakllar bilan turli uyg‘unlikda namoyon bo‘luvchi atrof-muhitdagi buyumlar, modellar, rasmlar, chizmalardan qiynalmay topa olishi; - chizg‘ich yordamida berilgan uzunlikdagi kesmani chiza olishi; - geometrik masalalarni ishlay olishi. Geometrik shakllar to‘g‘risida yuqoridagi bilimlarni egallash uchun 1- sinfning dastlabki davrlaridanoq tushunchalar berila boshlanadi. Download 138.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling