O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari


Download 138.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana12.09.2023
Hajmi138.12 Kb.
#1676086
  1   2   3   4
Bog'liq
3KXgN8hLFfPwWi4WeODurBi4Tu6pYQ0wOAJKf8aj



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
yoki
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari  
moduli bo‘yicha 
 
 
“BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI 
OSHIRISH”

o‘quv kursining
“Geometrik shakllar bilan ishlashni rivojlantirish” mavzusidan ma’ruza 
matni 
 
 
Ma’ruzasi: Jumayeva Fotima Bekmurodovna 
Toshkent 2021 
 


1-mavzu: Geometrik shakllar bilan ishlashni rivojlantirish 
 
Reja: 
1.  Geometriya atamasi va geometrik shakllar haqida tushuncha. 
2. Geometrik shakllar yuzasidan beriladigan topshiriqlar. 
3. O‘quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi. 
4. Boshlang‘ich sinf yakunida geometrik shakllar yuzasidan egallanishi kerak 
bo‘lgan bilimlar. 
 
Geometriya atamasi va geometrik shakllar haqida tushuncha. 
O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta'minlash 
har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika fanida to‘rt 
amalning bajarilishini o‘rgatish bilan birga shakllar, ular tuzilishi, farqini va 
o‘lchamini o‘rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk 
tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining roli nihoyatda 
kattadir. 
Geometriya yunoncha so‘z bo‘lib "yerni o‘lchash" degan ma'noni bildiradi 
("geo" -yer , "metrio" -o‘lchayman).
Nuqta, kesma, siniq chiziq, to‘g‘ri chiziq , ko‘pburchak, uchburchak, to‘g‘ri 
to‘rtburchak, kvadrat, aylana, doira, shar, kub bularning hammasi geometrik 
shakldir. Har qanday geometrik shakl nuqtalar to‘plamidan iborat. 
Geometrik shakllar ikki turga bo‘linadi: 
1) 
Yassi geometrik shakllar 
2) 
Fazoviy geometrik shakllar

Download 138.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling