O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari


Geometrik shakllar yuzasidan beriladigan topshiriqlar


Download 138.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.09.2023
Hajmi138.12 Kb.
#1676086
1   2   3   4
Bog'liq
3KXgN8hLFfPwWi4WeODurBi4Tu6pYQ0wOAJKf8aj

Geometrik shakllar yuzasidan beriladigan topshiriqlar. 
1-sinflarda asosan geometrik shakllar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib 
o‘tiladi. 2-3-sinflarga o‘tgach esa bu haqidagi ma’lumotlar kengroq o‘rganila 


boshlaydi. O‘quvchilarning geometrik shakllar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish 
va chuqurlashtirish uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin: 
• Geometrik figuralar va ularning elementlarini tasvirlab bering. 
• Katak daftarda chizg‘ich va uchburchak figuralarini yasab bering. 
• Berilgan figuralarni to‘plamlarga ajratib bering (rangidga, shakliga ko‘ra) 
• Berilgan figuralarni qismlarga ajratib bering va bu qismlardan boshqa 
figuralar yasab bering. 
• Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklini aytib bering. 
• Shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o‘qib bering. 
Bundan tashqari o‘quvchilarning geometrik shakllar haqidagi tushunchalarini 
rivojlantirish uchun geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog‘oz, cho‘plar, 
plastilin, sim va iplardan figuralarning modellarini yasash, qog‘ozda geometrik 
figuralarni chizdirishdan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o‘lchamlari, tekislikdagi holatini 
nazarda tutmagan holda figuralarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy 
belgilarini (shakli, geometrik sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish 
kerakki, o‘quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu 
figuralar tasavvurning to‘g‘ri bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, to‘g‘ri 
to‘rtburchakni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar uning ikki asosiy sifati- barcha 
burchaklari to‘g‘ri ekanligini va qarama-qarshi tomonlari parallel ekanligini 
tushunib yeta olishi kerak. 
Geometrik shakllarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga “Uchburchak 
nima?” degan savolni berish noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki “kesma”, “to‘g‘ri chiziq”, 
“nur”, “uchburchak”, “kvadrat” kabi tushunchalar noaniq tushunchalar qatoriga 
kiradi. Shuning uchun “Uchburchak haqida nima deya olasiz?” degan savol berilsa, 
o‘quvchilar o‘z bilim doirasida ushbu savolga javob bera oladilar.( uchta burchagi, 
uchta tomoni bor). 



Download 138.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling