O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari moduli bo‘yicha
Natijaga erishilganlik darajasini baholash; Tasdiqlovchi
Download 48.63 Kb. Pdf ko'rish
|
6AC7sl3aQLEQ2MP516QyLhyxQiq2JettfHgmZJQt
Natijaga erishilganlik darajasini baholash;
Tasdiqlovchi – O‘rgatish usuli samaradorligini baholash; Normativ – Me’yoriy bilim darajasi bilan taqqoslash ; Mezonli – Ta’lim standartlari bo‘yicha baholash. Ko‘rsatkich – bu uning mazmunini ochib beradigan xususiy mezon. O‘quvchilarni aniq fanlar bo‘yicha summativ baholash jarayonlarida asosan mezonga asoslangan baholashga tayanilishi lozim. Mezonga asoslangan baholash – baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, ko‘nikma va malakalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi ta’lim maqsadlari bo‘yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, o‘quvchining kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Mezonga asoslangan baholash ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi. Mezonga asoslangan baholashning bir qator afzalliklari mavjud: – o‘quv maqsadlariga muvofiq baholash; – o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini obyektiv baholash; – baholash o‘zining aniq ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi; – o‘quvchi olgan bahosidan yo‘l qo‘ygan xatolarini yaqqol ko‘rishi; – o‘quvchini ta’lim olishga yo‘naltirishi; – o‘quvchining kuchli va kuchsiz jihatlarini xolisona aniqlab berishi, ulaning o‘z bilimi va malakalariga bo‘lgan ishonchini oshirishi; – hamma uchun bir xil bilim va malaka talablarining o‘rnatilishi; – o‘quvchilarning o‘z faoliyati natijalariga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishi. Mezonga asoslangan baholashning ham ba’zi kamchiliklari mavjud: – mezonlarni ishlab chiqish ko‘p vaqt talab qilishi; – mezonlarning obyektivligi, haqqoniyligini aniqlashga nisbatan har bir sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; Informatika va AT fanidan o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash uchun tuziladigan topshiriqlar aniq fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablarni baholay olishi lozim bo‘ladi. Buning uchun standant test topshiriqlaridan tashqari nostandart topshiriqlardan ham foydalanish kerak. Davlat ta’lim standarti (DTS) maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarida XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash, ijodkorlikni shakllantirish va jamoa bo‘lib ishlashni o‘rgatish, nostandart sharoitlarda to‘g‘ri, iqtisodiy, ekologik trendlarga mos adekvat yechimni topish, xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etib yuqori natijalarni ko‘rsata oladigan yoshlarni tarbiyalashga mo‘ljallangan. O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, TIMSS) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy va mustaqil mashg‘ulotlar bajarishga hamda ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashniko‘zda tutadi. Download 48.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling