“O’quvchilarga geografiya darslarida o’zlashtirish qiyin bo’lgan mavzular, masalalar va geografik xaritalar bilan ishlash ko’nikmasini zamonaviy yondashuv asosida hosil qilish”
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
1674924811 Metodik tavsiyanoma geografiya
Globus bilan ishlash.
Globus geografiya uchun eng zarur qo’llanmadir. Yer sharining modeli — globusning qimmatli va o’ziga xos xususiyati uning teng masshtabligidir. Globus — Yer haqida to’g’ri tasavvur beradigan, maydon va eng qisqa oraliqlarni to’gri ko’rsatadigan va ifodalaydigan asosiy o’quv qurolidir. Globus o’quvchilarga bir qancha noaniq narsalarni bilib olishga imkon beradi. Globus bilan asosan V sinfdai boshlab ishlanadi. Tabiatshunoslik kursida yerning sharsimonligi, qutb, meridian, parallel va ekvator haqidagi tushunchalar, yerning 24 sutkalik va yillik xarakati, yerning “usti” va “osti” yo’qligi kabi bir qancha masalalarni faqat globus yordamida o’rganish mumkin. Yirik geografik obyektlar (materiklar, okeanlar, mamlakatlar) ning shakli, joylanishini globussiz to’g’ri tasavvur qilib bo’lmaydi. Ularning yarimsharlardagi tasviri globusdagi haqiqiy tasvirdan farq qiladi, ba’zilari esa yarimsharlar va dunyo xaritalarida bo’lib ko’rsatiladi. Chunonchi, Atlantika, Tinch, Shimoliy Muz okeanlari va Antarktida materigi yarimsharlar va dunyo xaritalarida ikki bo’lak holda tasvirlanadi. Yer sharining tabiati Quyoshdan tushadigan nurning tik yoki qiyaligiga bog’liq ekanligi ham globusdan o’rganiladi. Yarimsharlar va xaritalari bilan ishlaganda o’quvchilarga globusdagi qavariq yuza xaritada tekis yuza holda tasvirlanishini tushuntirish kerak. Xaritada meridianlarning shimoliy va janubiy yo’nalishlarini, parallellarining sharqiy va g’arbiy yo’nalishlarini ham globusda mashq qilib, keyin xaritalardan aniqlansa to’g’ri tushuncha hosil bo’ladi; geografik kenglik va uzunliklarni topishga, aniqlashga oid ko’nikmalar hosil qilish uchun ham globusda mashq bajarish kerak. Ba’zi o’qituvchilar VI sinfdan keyin globusdan foydalanmay qo’yadilar. Bu to’g’ri emas. Globusdan butun geografiya ta’limi davomida foydalanish lozim. Globus barcha tabiiy geografiya kurslarida, xususan quyidagi masalalarni hal etishda: yerning umumiy ko’rinishini tasavvur etishda; yerning sharsimonligini isbotlashda; yer yuzasidan ko’tarilgan sari gorizontning kengayib borishini tushuntirishda; materiklar bilan okeanlarning o’zaro holati, kattaligi, shakllarini o’rganishda; qutb nuqtasining xususiyati va qutbdagi yo’nalishlarni o’rgaiishda; qutb, ekvator, meridian, parallellarni o’rganishda; yarimshar tushunchalarini egallashda; yerning o’z o’qi atrofidagi harakatini, kun va tunning hosil bo’lishini tushuntirishda; Arktika va Antarktida tushunchalarini bilib olishda; O’zbekistonning yer sharidagi o’rnini tasavvur etishda; yer sharidagi ayrim nuqtalari (masalan, Toshkent bilan Moskva, Nyu-York, Tokio) o’rtasidagi eng qisqa masofani aniqlashda qo’llaniladi. Globusdan, odatda, xarita bilan birga foydalaniladi. Ba’zi masalalar avval globusdan, keyin. xaritadan o’rganiladi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling