“O’quvchilarga geografiya darslarida o’zlashtirish qiyin bo’lgan mavzular, masalalar va geografik xaritalar bilan ishlash ko’nikmasini zamonaviy yondashuv asosida hosil qilish”
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
1674924811 Metodik tavsiyanoma geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1Г , sher – 3Б
Geografik koordinatalar
Xaritani o’rgatishda albatta, koordinatalar haqida bilim va tushunchalar berish lozim. Koordinatani tushuntirishda avval o’quvchida tasavvur hosil qilish zarur bo’ladi. Bunda shaxmat doskasi yoki matematika fanida o’rganilgan koordinatalar tekisligi misolida tushuntirish qulayroq. Shaxmat taxtasidagi barcha vеrtikal (bo’ylama) qatorlar lotincha harflar bilan, gorizontal (ko’ndalang) qatorlar raqamlar bilan bеlgilangan. Shunga qarab shaxmat o’ynayotgan odam, masalan, har bir figura (dona) qaysi katakda ekanini aytishi mumkin. Matematik koordinata (funksiya) tekisligi misolida ekvator chizig’i ya’ni parallel chiziqlar absissalar o’qi (x) deb olsak, bosh meridian ya’ni meridian chiziqlar ordinatalar o’qi (y) deb tasavvur qilinadi. Agar bizga masalan, farzin a 3 katakda turibdi dеyishsa, dеmak farzin bo’ylama birinchi qator bilan ko’ndalang uchinchi qator kеsishgan katakda joylashgan bo’ladi. Endi yarimsharlar xaritasiga qarang. Uni mеridianlar va parallеllar kеsib o’tgan. Bu chiziqlarning hammasi o’z bеlgilariga ega. Masalan, xaritalar va globuslarda ekvator 15 0°ni, ekvatordan shimoldagi birinchi parallеl 10°ni, ikkinchi parallеl 20°ni bildiradi va hokazo. Ekvatordan janubdan o’tkazilgan parallеllar ham shunday graduslar bilan bеlgilangan: 10°, 20° va hokazo. Bu raqamlar joylarning gеografik kеngligini bildiradi. Ekvatordan shimoldagi kеngliklar shimoliy (sh.k.), janubdagisi janubiy (j.k.) kеngliklar dеyiladi. Xaritani tushunish uchun masshtab bilan tanishish kerak. O’quvchilar xaritaning qancha kichraytirilganligini bilishlari kerak. Xaritadagi ayrim obyektlar bir-biridan qancha masofada ekanligini yoki xaritada ikki nuqta oralig’ini o’lchash kabi ishlarni bajarishlari lozim. Yarimsharlar tabiiy xaritasinig sonli masshtabi 1:22 000 000. Bunda 1 sm da necha km borligini aniqlash uchun 5 ta nolni o’chiramiz. Shunda nomli masshtab 1 sm da 220 km bo’ladi. Gradus to’ridan oraliqlarni o’lchash maqsadida foydalanish va mashq qilish maqsadga muvofiqdir. Masalan, materiklar geografiyasi kursidan Yevrosiyoning geografik o’rni va kattaligi o’rganilganda berilgan savollarga mana bunday javob olish mumkin: Yevrosiyoning shimoliy chekka nuqtasi qaysi kenglikda joylashgan? (Chelyuskin burni, 78° sh. k. da.) Shimoliy qutbdan Chelyuskin burnigacha bo’lgan oraliqni o’lchang (90° — 78° = 12°; 111 km *12 = 1332 km). Yevrosiyoning janubiy chekka nuqtasi qaysi kenglikda joylashgan? (Piay burni, 1° sh. k. da) Yevrosiyo shimoldan janubga (kilometr hisobida) qancha masofaga cho’zilgan? (78°—1° = 77°; 111 km *77 = 8547 km.) Bunday mashqlarni boshqa mavzularda ham bajarish mumkin. 16 Ushbu xaritada A nuqta shimoliy kenglik 40°, sharqiy uzunlik 60°, demak A nuqta ekvatordan shimolda, bosh meridiandan esa sharqda joylashgan. B nuqta esa janubiy kenglik 40°, g’arbiy uzunlik 60°, demak B nuqta ekvatordan janubda, bosh meridiandan esa g’arbda joylashgan. Б nuqta shimoliy kenglik 40°, g’arbiy uzunlik 60°, demak A nuqta ekvatordan shimolda, bosh meridiandan esa g’arbda joylashgan. Г nuqta janubiy kenglik 40°, sharqiy uzunlik 60°, demak Г nuqta ekvatordan janubda, bosh meridiandan esa sharqda joylashgan. V sinf o’quvchilariga koordinatalarni aniqlashni o’rgatishda soddaroq usuldan o’rgatishni boshlagan ma’qulroq, masalan quyidagicha: Bunda hayvonlar qaysi katakda joylashganligini topish mashqi o’tkaziladi; Quyon- 1Г , sher – 3Б, toshbaqa - 4В va hakazo. Keyingi mashg’ulotlani xaritalar bilan bajariladi. Quyidagi xaritada ekvator va bosh meridian chiziqlari yer sharini to’rtta yarimsharga ajratganini ko’rishimiz mumkin. Ekvator ikkita yarimsharga shimoly va 17 janubiy yarimsharlarga ajratadi. A va X nuqtalar shimoliy yarimsharda, B va S nuqtalar esa janubiy yarimsharda joylashgan. O’z navbatida Bosh meridian ham ikkita yarimsharga sharqiy va g’arbiy yarimsharlarga ajratadi. A va S sharqiy yarimsharda, X va B g’arbiy yarimsharda joylashgan. Endi koordinatalarini aniqlaymiz: 1. A nuqta 45º sh.k va 90º shq.u da 2. B nuqta 30º j.k va 60º g’.u da Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling