“O’quvchilarga geografiya darslarida o’zlashtirish qiyin bo’lgan mavzular, masalalar va geografik xaritalar bilan ishlash ko’nikmasini zamonaviy yondashuv asosida hosil qilish”


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana21.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1217978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1674924811 Metodik tavsiyanoma geografiya

Globus bilan ishlash. 
Globus geografiya uchun eng zarur qo’llanmadir. Yer sharining modeli — 
globusning qimmatli va o’ziga xos xususiyati uning teng masshtabligidir. Globus — 
Yer haqida to’g’ri tasavvur beradigan, maydon va eng qisqa oraliqlarni to’gri 
ko’rsatadigan va ifodalaydigan asosiy o’quv qurolidir. Globus o’quvchilarga bir qancha 
noaniq narsalarni bilib olishga imkon beradi. 
Globus bilan asosan V sinfdai boshlab ishlanadi. Tabiatshunoslik kursida yerning 
sharsimonligi, qutb, meridian, parallel va ekvator haqidagi tushunchalar, yerning 


24 
sutkalik va yillik xarakati, yerning “usti” va “osti” yo’qligi kabi bir qancha masalalarni 
faqat globus yordamida o’rganish mumkin. 
Yirik geografik obyektlar (materiklar, okeanlar, mamlakatlar) ning shakli, 
joylanishini globussiz to’g’ri tasavvur qilib bo’lmaydi. Ularning yarimsharlardagi 
tasviri globusdagi haqiqiy tasvirdan farq qiladi, ba’zilari esa yarimsharlar va dunyo 
xaritalarida bo’lib ko’rsatiladi. Chunonchi, Atlantika, Tinch, Shimoliy Muz okeanlari va 
Antarktida materigi yarimsharlar va dunyo xaritalarida ikki bo’lak holda tasvirlanadi. 
Yer sharining tabiati Quyoshdan tushadigan nurning tik yoki qiyaligiga bog’liq 
ekanligi ham globusdan o’rganiladi. 
Yarimsharlar va xaritalari bilan ishlaganda o’quvchilarga globusdagi qavariq yuza 
xaritada tekis yuza holda tasvirlanishini tushuntirish kerak. 
Xaritada meridianlarning shimoliy va janubiy yo’nalishlarini, parallellarining 
sharqiy va g’arbiy yo’nalishlarini ham globusda mashq qilib, keyin xaritalardan 
aniqlansa to’g’ri tushuncha hosil bo’ladi; geografik kenglik va uzunliklarni topishga, 
aniqlashga oid ko’nikmalar hosil qilish uchun ham globusda mashq bajarish kerak. 
Ba’zi o’qituvchilar VI sinfdan keyin globusdan foydalanmay qo’yadilar. Bu to’g’ri 
emas. Globusdan butun geografiya ta’limi davomida foydalanish lozim. 
Globus barcha tabiiy geografiya kurslarida, xususan quyidagi masalalarni hal 
etishda: yerning umumiy ko’rinishini tasavvur etishda; yerning sharsimonligini 
isbotlashda; yer yuzasidan ko’tarilgan sari gorizontning kengayib borishini 
tushuntirishda; materiklar bilan okeanlarning o’zaro holati, kattaligi, shakllarini 
o’rganishda; qutb nuqtasining xususiyati va qutbdagi yo’nalishlarni o’rgaiishda; qutb, 
ekvator, meridian, parallellarni o’rganishda; yarimshar tushunchalarini egallashda; 
yerning o’z o’qi atrofidagi harakatini, kun va tunning hosil bo’lishini tushuntirishda; 
Arktika va Antarktida tushunchalarini bilib olishda; O’zbekistonning yer sharidagi 
o’rnini tasavvur etishda; yer sharidagi ayrim nuqtalari (masalan, Toshkent bilan 
Moskva, Nyu-York, Tokio) o’rtasidagi eng qisqa masofani aniqlashda qo’llaniladi. 
Globusdan, odatda, xarita bilan birga foydalaniladi. Ba’zi masalalar avval globusdan, 
keyin. xaritadan o’rganiladi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling