“O’quvchilarga geografiya darslarida o’zlashtirish qiyin bo’lgan mavzular, masalalar va geografik xaritalar bilan ishlash ko’nikmasini zamonaviy yondashuv asosida hosil qilish”
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
1674924811 Metodik tavsiyanoma geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish “Geografiya xarita bilan boshlanib, xarita bilan tugaydi.” N. N. Baranskiy.
4 Kirish “Geografiya xarita bilan boshlanib, xarita bilan tugaydi.” N. N. Baranskiy. Mazkur tavsiyanoma umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilari va o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, Milliy o’quv dasturini zamonaviy yondashuvlar asosida joriy etish, ilg’or xalqaro va xorijiy tajribalar, kompetensiyaviy yondashuv asosida o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish, o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innavasion shakllari va usullarini joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirish maqsadida innavatsion yechimlarini qo’llash, ta’lim resurslaridan samarali foydalanish bo’yicha tavsiyalar yoritilgan. Kelajak avlodni bilimli, ma'naviy barkamol va jismonan sog`lom qilib voyaga yetkazishda o`qituvchi va murabbiylarning hissasi benihoya kattadir.Bugungi kun o’qituvchisi o’z ustida tinimsiz ishlaydigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo’llay oladigan ijodkor shaxs hamda yoshlarni bilim cho’qqilari, yuksak ma’naviyat sari yuksak insoniy fazilatlar sohibi bo`lishiga da’vat etadigan chinakam murabbiy sifatida faoliyat yuritishini hayotning o’zi talab etmoqda. Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo’ymoqda. Bu o’z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Bugungi kun o’quvchilariga dars berishda ko’r- ko’rona yodlatish foyda bermaydi, shuning uchun fikrlashga, tasavvur qilishga undaydigan yangi metodlarni yaratishni taqoza etadi. O`qituvchi bugun o’zi ta'lim berayotgan shogirdining kamoloti ila kelajakka poydevor qo’yadi. Yosh avlodni komillik va kamolot cho’qqisiga o`qituvchi — ustozi boshlab boradi. Donolarning aytishicha, elni ma’rifat asraydi. Shunday ekan, ustozlar zimmasiga kelajagi buyuk davlatning komil, har tomonlama barkamol vorislarini yetkazib berishdek yuksak vazifa yuklangan . 5 Ushbu metodik tavsiyamda geografiya darslarini o’quvchi yaxshi o’zlashtirishi, geografiya fanini chuqur egallashi uchun, ularning xaritalarni yaxshi o’zlashtirishi uchun bir nechta tavsiyalarimni havola qilmoqchiman. Geografiya fanini o’zlashtirishda muommoli vaziyatlardan biri bo’lgan darsni xarita bilan bog’liq ravishda o’rgatish, dunyoni tasavvur qilishida, fikrlash doirasini kengaytirishda ko’mak beradi. Geografiyani xaritasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Maktabda geografiya o’rganilar ekan, u bilan birga xarita ham o’rganiladi. O’quvchilar o’z bilimlaridan foydalana olishlari, ularni amalda ishlata bilishlari lozim. Shu sababli o’quvchilar geografiyani o’rganish davomida geografik bilimlargagina emas, balki geografik ko’nikma va malakalarga ham ega bo’lishlari lozim. Men ko’p yillik ish tajribam davomida turli metod va usullar bilan ishlab ko’rdim va shunday xulosaga keldim, geografiya darslarida birinchi va oliy maqsad o’quvchilarni xaritani tushunish va u bilan ishlash ko’nikmasini hosil qilish kerak! Geografiya sohasida olib boriladigan har qanday tadqiqot ishlari xaritasiz bajarilmaydi. Xarita — geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Shunday ekan har bir o’quvchi xaritani o’qiy olishi lozim. Xaritadan to’g’ri foydalana olishni o’rganish uchun geografiya o’qituvchisi o’quvchilarni har qaysi yangi xarita bilan mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim: xaritaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirishi; o’quvchilar e’tiborini xarita masshtabiga jalb etishi lozim. O’quvchi qachonki, xaritani tushunib yetsa, demak geografiya fani haqida taasavvur va tushunchaga ega bo’ladi. Xaritani o’qiy olish avvalo oddiy tarzda bo’lib, bora-bora murakkablashtirilib boriladi. Xarita bilan ishlash quyidagi tartibda olib boriladi: a) yer yuzasi elementlari, relyef shakllari, vulqonlar, dengiz, qo’ltiq, daryolar, ko’llar bilan o’quvchilarni bevosita tanishtirish; b) xaritani joy bilan solishtirganda topografik xaritalardagi belgi (simvol) lar bilan tanishtirish; v) obyekt kattaligini ko’z bilan chamalashga o’rgatish; g) o’quvchilarga kartografik belgilarni o’rgatish maqsadida topografik va geografik xaritalarni solishtirishga o’rgatish; 6 d) gradus to’rini yaxshi bilib olishlari uchun geografik koordinatalarni topishni mashq qilishga o’rgatish; Xaritani o’qishdan avval xaritani tushunish kerak. Xaritani tushunish uchun esa xaritaning “alifbesi”ni bilish zarur. Ammo o’quvchiga xarita alifbesi o’rgatilsayu, xaritani o’qishga oid mashqlar o’tkazilmasa, u samarali natija bermaydi. Dеmak, gеografik xarita va joy plani muhim ahamiyatga ega ekan. Shu sababli o’quvchilar tabiiy gеografiyani o’rganishga kirishishdan oldin sayyoramiz globus va xaritalarda qanday tasvirlanishi bilan tanishish, joy plani va gеografik xaritani tushunishi va o’qiy bilishi, gеografik xarita va joy plani bilan bog’liq sodda masalalarni yеcha oladigan bo’lishi kеrak. Geografik xaritalarni yaxshi tushunish, ular bilan ishlashni bilish uchun joy plani, topografik xarita, xarita, aerosurat, kosmosurat tushunchalari mazmunini yaxshi bilib olish kerak. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling