O’quvchilarga muammoli vaziyatga oid masalalar vositasida talim berish metodikasi


Download 0.51 Mb.
bet13/15
Sana31.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1312107
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ADXAM KARAMATOV 29.03

Yosh davrlari psixologiyasi fani inson psixikasining rivojlanishi qonuniyatlari va xususiyatlari, hamda rivojlanishning bosqichlari to’g’risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart- sharoitlarning o’zaro ta’siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Pedagog texnologik jarayonni loyihalashtirish ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga xos bo’lgan psixologik jihatlarni xisobga olishi zarur.
Pedagogik mahorat fani bilan bog’liqlik ta’lim berish va o’qitish san’ati, mahorati tushunchasi bilan belgilanadi, chunki texnologiya ham mohiyatan san’at va mahorat haqidagi bilimlar majmuini anglatadi. Farqi shundaki, pedagogik mahorat o’qituvchining shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga bog’liq holda namoyon bo’ladi, ta’lim texnologiyalari esa o’qituvchi va uning ta’lim jarayonidagi roliga bog’liq bo’lmagan holda yuqori natijaga erishishni ko’zlaydi, maqsad
– umumiy: samaradorlik va mahsuldorlik.
Kasbiy pedagogika shaxsni kasbiy tayyorlash, kasbiy ta’lim, kasbiy o’qitish, kasbiy tarbiya va kasbiy rivojlantirishning ilmiy asoslari, kasbiy faoliyatdagi pedagogik vazifalarni hal qilish kabi nazariy-amaliy bilimlar ta’lim texnologiyalari yordamida yanadasamarali o’zlashtiriladi. O’qitish texnologiyalari bo’lajak shifokor-
pedagoglarga kasbiy o’qitishning zamonaviy pedagogik asoslarini o’rganish, ta’limni kasbga bog’lash va kasbiy tayyorlash maqsadlariga uyg’unlashtirish, ijodiy fikrlash, kasbiy faoliyatda innovatsion texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish hamda kasbiy takomillashish maqsadlariga erishishda yordam beradi.
Kasbiy psixologiya kasbiy faoliyat bilan bog’liqpsixologik jarayonlar, holatlar, qonuniyatlarni o’rganadigan, insonning kasbga moslashishi, kasbda o’zini to’liq va samarali namoyon qilishi, mehnat jarayonidan qoniqish hosil qilishiga yordam beradigan fan sifatida ta’lim texnologiyalari fani bilan chambarchas bog’liq. O’qitish texnologiyalarini kasbiy motivatsiyani rivojlantirish, kasbiy faoliyatdagi jismoniy va ruhiy zo’riqishlarning oldini olish kabi masalalarda kasbiy psixologiyaning o’rni muhim hisoblanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling