O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Download 414.05 Kb.
bet11/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

3-Mavzu: Ijobiy fikrlash (Soft skills)
Mashg‘ulotlar maqsadi:
• Optimizm va pessimizm o‘rtasidagi farq
• Fikrlar his-tuyg‘ularga , hissiyotlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi
• Doimo ham o‘z o‘ylariga ishonmaslik zarurati
Turli xil fikrlash tuzoqlari , fikrlarni xato anglash
• Salbiy fikrlarni qanday qilib ijobiy yoki neytral holatga qaytarish kerak
Mashg‘ulotlar uchun kerakli jihozlar:
• Qalam,marker,bo‘r bilan oq doska, flipchart yoki doska
• O‘qituvchi 2 ta vizual material tayyorlashi zarur (ushbu dars rejasiga binoan)
• O‘quvchilar o‘z ish daftarlarini ushbu mashg‘ulotga olib kelishlari kerak
Mashg‘ulotning borishi:
O‘quvchilarni qarshi oling va bugungi mavzu "Ijobiy fikrlash" ekanligini bildiring.
Guruhning asosiy qoidalarini ko‘rib chiqing (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
• Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
• Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
Bir-biringizni tinglang
• Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
• Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
• Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi
• Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi
1-mashq: Optimizm va pessimizm.
Optimizm atamasi haqida eshitganmisiz?
•Optimizm umid va kelajakga ishonchni anglatadi.
•Optimistlar ko‘p narsalarni umid va ijobiy nuqtai nazardan ko‘ruvchi insonlardir
Pessimizm atamasi nimani anglatadi?
•Pessimizm - bu kimdir hayotni yomon taraflarini ko‘rishga moyilligi yoki salbiy hodisa ro‘y berishiga ishonishini bildiradi.
•Pessimistlar - bu hayotga salbiy, beparvo munosabatda bo‘lgan odamlardir
•Optimist va pessimist kimligini aniqlash uchun "yarim to‘la, yarim bo‘sh stakan" usulidan foydalaning.
•Juftlikda, o‘quvchilar qarama-qarshi nuqtai nazar bildirib, optimist va pessimist rolini ijro etishlari talab etilib, "Ertaga yomg‘ir yog‘armikan?" degan oddiy savoldan "Daromad tengligi qachon vujudga keladi?" qabilidagi murakkabroq savol bo‘yicha munozaraga kirishishlari lozim bo‘ladi (O‘qituvchilar, o‘zingiz ishlayotgan o‘quvchilarning mahalliy muammolaridan xabardor bo‘lsangiz, yuqorida aytib o‘tilgan misollardan ko‘ra, o‘sha g‘oyalarni ko‘rib chiqishni taklif qiling)
•O‘quvchilarga 3-5 daqiqa fikr almashishlariga qo‘yib berib, so‘ngra mavzularni almashtiring va bunda o‘quvchilar ham almashadilar.
•Mavzularni va o‘quvchilarning rollarini o‘zgartiring (demak, optimist bo‘lgan o‘quvchi endi pessimist bo‘lib qoladi va pessimist endi optimist sifatida rol o‘ynaydi).
•So‘ng, o‘quvchilardan optimist va pessimist rollarida o‘zlarini qanday his qilganliklarini so‘rang.
•Bizning maqsadimiz hayotga optimistik munosabatda bo‘lish ekanligini ularga yetkazing (shuning uchun bu jarayon vaqt, sabr-toqat va o‘z-o‘ziga shavqatli munosabatni talab qiladi).

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling