O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Qiyinchiliklarni yengishda samarali usullar


Download 414.05 Kb.
bet20/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

Qiyinchiliklarni yengishda samarali usullar.


Mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: qiyinchiliklarni yengishda samarali usullari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish.
Mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi: qiyinchiliklarni yengishda shaxsiy imkoniyatlarni inobatga olishni o‘rganish.
Mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: qiyinchiliklarni yengish usullarini egallash va hayotga tatbiq etishga erishish
Mashg‘ulot uchun jihozlar: tarqatma materiallar, mavzuga oid matn.
Mashg‘ulot turi: suhbat, amaliy mashg‘ulot
Mashg‘ulotning davomiyligi: 45 daqiqa

Hayotda uchraydigan qiyinchiliklarni yengishda bir qancha samarali usullardan foydalanish mumkin.


Ijobiy yondashuvni saqlab qolish. Hayot bizga ayni damda diqqat doiramizda bo‘lgan narsalarni yaqinlashtiradi. Masalan, biror mashina rusumi haqida orzu qilayotganlar kun sayin ko‘chada aynan shu rusumdagi mashinalarni ko‘proq uchrata boshlashadi. Aslida avtomobillar ko‘paymagan bo‘ladi. Shunchaki miyamiz o‘z hayollaridagi mavzuga monand ob’yektni ko‘rganda "Ana, qara, e’tibor ber!" deya signal chirog‘ini yoqadi. Psixologlar buni Bader-Maynxof fenomeni deb atashadi.
Shu o‘rinda to‘siqlarni yengish haqida gap ketar ekan, ijobiy fikrlash haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Zero “Tun yoki tong otmasa, qish yoki bahor kelmasa”. Boshqacha qilib aytganda har salbiy narsaning ijobiy tarafi borligini ham unutmaslik lozim. Hayotda to‘siq uchraganda faqat muammoli tarafini o‘ylayvermasdan ijobiy tarafini ham o‘ylash yuqori darajada foydali ekanligini unutmasligimiz lozim.

Yozuvchi, psixolog va pedagog Deyl Karnegi “Agar hayot senga nordon limon bersa, sen undan limonad tayyorlab ich” degan edi.

Xulosa oddiy: qancha ko‘p yomonlik ko‘ysangiz, shuncha ko‘p olasiz. Shuning uchun bo‘layotgan hodisalarga nisbatan ijobiy fikrda bo‘lish muhimdir. Aks holda yomonlik hamma joydan chiqib kelaveradi. Inson tobora depressiyaga tushib boradi va aksincha: ijobiy fikrlab, ezgulikka ishonib, miya sozlamalarini o‘zgartirsa, aynan yaxshiliklarni ko‘ra boshlaydi. To‘g‘ri, ijobiy yondashuv barcha muammolarni hal qilmasligi mumkin, lekin atrofingizdagi olam yorqin ranglarga kira boshlashi to‘g‘ri.


Sening aqling – bu istaklaringni ro‘yobga chiqaruvchi daraxt, nima haqida o‘ylasang, hayol qilsang ertami-kechmi ro‘yobga chiqadi. Ba’zan istak bilan uning ro‘yobga chiqishi orasidagi vaqt shunchalikki, o‘zing nima xohlaginingni unutib qo‘yasan va barchasi nimadan boshlanganini topolmay yurasan.
Agar chuqurroq yondashilsa, sen o‘ylayotgan hayollar seni va hayotingni shakllanishiga sabab bo‘lishini anglaysan. O‘ylayotgan hayollaring yaxshilikka ham, yomonlikka ham yetaklaydi. Ular sening iztiroblaringni ham, xursandchiligingni ham, yomonlikni ham, yaxshilikni ham sababchisidir. Bunda har kim o‘zi - sehrgar, har kim -o‘z hayotining yaratuvchisidir.

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling