O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Qadriyatlar va asosiy maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish


Download 414.05 Kb.
bet23/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

Qadriyatlar va asosiy maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish. Muvaffaqiyatsizliklar to‘qchilik va xotirjamlikda hatto inson hayoliga ham kelmagan hayotiy qadriyatlarni ko‘zdan kechirib chiqish imkonini beradi. Ustuvor maqsadlarni qayta ko‘rib chiqish ko‘pincha muvaffaqiyatsizliklarni yengib o‘tishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zida sabrni tarbiyalash. Bolalik va yoshlik damlarida bir yo‘la barchasini qo‘lga kiritish mumkindek tuyuladi. Ammo ulg‘aygan sayin vaqtni nazorat qilib bo‘lmasligi tushunib yetiladi. Insonslar taym-menejmentga doir ko‘nikmalari qanchalik kuchli bo‘lmasin, vaqti-soati kelmagan ishlar ham bor. Inson o‘z maqsadlariga erishsish uchun ba’zan ko‘p va uzoq vaqt mehnat qilishi kerak bo‘ladi. Buni tushunish va qabul qilish muhim hisoblanadi.
O‘zi haqida qayg‘urish. Ko‘pchilik o‘zini aybdor his qilib, holdan toyguncha mehnat qilib, bu bosqichni o‘tkazib yuboradi yoki keyinga qoldiradi. Murakkab damlarda omon qolish uchun o‘zingiz haqingizda qayg‘urishingiz zarur. Haddan tashqari charchash yoki klinik depressiya inson salomatligiga benihoya zarar ekanligini unutmaslik lozim. Shunday ekan, inson hech nimaga qaramay, o‘zini xursand qilishi lozim.
9-sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar


6-Mavzu: “Empatiya” (Soft skills)

Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar oladigan ko‘nikmalar
•Boshqaning fikrini e’tiborga olishni mashq qilish
•Empatiya nima ekanligini bilib olish
•Empatiyaning 5 bosqichi haqida tushunchaga ega bo‘lish
•Uy vazifasi orqali boshqacha fikrlovchi / boshqacha ko‘rinuvchi insonlarga hamdardlik ko‘rsatishni mashq qilish
Mashqlar uchun zaruriy jihozlar:
•O‘quvchilar mashg‘ulotlarga ish daftarlarini keltirishlari shart
•Guruh qoidalari ko‘rsatilgan plakat
•Ruchkalar , markerlar , bo‘r bilan birga oq doska, flipchart yoki oddiy doska.
Mashg‘ulotning borishi:
1-mashq: “Vizualizatsiya”.
O‘z-o‘zini hurmat qilishga oid yo‘naltirilgan vizualizasiya mavzusini talabalarga tushuntiring: O‘zingizni xavfsiz va xotirjam his etadigan joyni tasavvur qiling. Bu joy tog‘lar yoki dengiz kabi tabiiy makon bo‘lishi mumkin. Yoki o‘zingizni baxtiyor his etadigan o‘z uyingizda, bog‘da yoki biron bir joyni tanlashingiz mumkin. Birgalikda vizualizasiya masalasini ko‘rib chiqish chog‘ida sokin makoningizda qoling.
Tasavvur qiling-a, quyidagi fikrlarning barchasi ayni damda, shu daqiqada siz uchun mos bo‘lib, o‘zingizni qadrlagan holda bo‘shashishdan zavqlaning. Har bir fikrni ongingizda ishonch bilan takrorlang. O‘z tasavvuringizdan to‘liq bo‘shashish uchun foydalaning. O‘z-o‘zini hurmat qilishni ongga singdirish mashqlari endi boshlanadi.
“Mening ongim butunlay tinch. Men o‘zligimni qadrlayman. Men o‘zimni shaxs sifatida qadrlayman. Hamma odamlarning qadr-qimmati bor, men esa qadrli insonman. Men hayotdan zavq olaman. Men baxtli bo‘lishga loyiqman. Men o‘z baxtimni qadrlayman va undan zavqlanaman. Ishonamanki, yuqoridagi fikrlarning barchasi ayni damda, shu daqiqada men uchun mos bo‘lib, o‘zimni qadrlagan holda bo‘shashishdan zavqlanaman”. O‘zingizdagi har qanday ijobiy yoki salbiy his-tuyg‘ularni qabul qiling. O‘zingizni xotirjam va osoyishta his eting.
Endi sizga maxsus makoningizni tark etish vaqti keldi. Bilingki, bo‘shashish, o‘zingizni xotirjam his qilish uchun istagan vaqtingizda bu yerga yana qaytib kelishingiz mumkin. O‘zligingizni qabul qilish his-tuyg‘ularini saqlab qoling va o‘z-o‘zini hurmat qilishni shakllantiruvchi hissiyotlarga ishoning. O‘zingizni ijobiy his qilishni va o‘zligingizni qabul qilishni davom eting.

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling