O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


-mashq: “Boshqaning fikrini e’tiborga olish”


Download 414.05 Kb.
bet24/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

2-mashq: “Boshqaning fikrini e’tiborga olish”.
Boshlovchi: Siz bilan do‘stingiz yoki oila a’zolaringiz bir xil vaziyatni boshdan kechirib, ammo siz bunga boshqacha munosabatda bo‘lganmisiz? Nima sababdan?
•O‘quvchilar javobini tinglang
Buning sababi, siz turli xil fikrga ega bo‘lganingiz. "Boshqaning fikrini e’tiborga olish" bu boshqa odamning ko‘zi bilan vaziyatni ko‘rishdir. Bu boshqalar bilan til topishish uchun asosdir, chunki boshqalarning hulq-atvorini va his-tuyg‘ularini anglab yetish uchun siz boshqa birov nimani boshdan kechirayotganini va ularning hissiyotlarini tushunishingiz zarur. Sizning nuqtai nazaringiz noyobdir. Keling, biz turli xil nazar bilan qaraydigan bir nechta oddiy holatlar to‘g‘risida suhbatlashaylik. Keling, oddiy va hissiy bo‘lmagan holatlardan boshlaylik:
1. Mushuklar
O‘quvchilar mavzuni avval o‘z sheriklari bilan bo‘lishib, so‘ngra guruh doirasida muhokama qilishlari lozim. Mushuklar ularda qanday his-tuyg‘ular uyg‘otadilar
•Bunga 15-30 soniya ajrating
•Ba’zilar mushuklarni yaxshi ko‘rishlari, boshqalar esa mushuklardan qo‘rqishlari mumkinligini ta’kidlang
2. Yozgi ta’til
•O‘quvchilar mavzuni avval o‘z sheriklari bilan bo‘lishib, so‘ngra guruh doirasida muhokama qilishlari lozim.
•Ba’zilar maktab ta’tillarini yoqtirishlari, boshqalar esa zerikib, issiq havoda vaqt o‘tkazishni yoqtirmay, maktab darslariga qatnashni afzal ko‘rishlariga e’tibor qarating.
3. Daxshatli filmlarni ko‘rish.
•O‘quvchilar mavzuni avval o‘z sheriklari bilan bo‘lishib, so‘ngra guruh doirasida muhokama qilishlari lozim.
•Daxshatli filmlar ba’zilarda ortiqcha bezovtalikni keltirib chiqarishi, boshqalarga esa ko‘ngil ochar bo‘lishi mumkinligini ta’kidlang
4. Suzish.
•O‘quvchilar mavzuni avval o‘z sheriklari bilan bo‘lishib, so‘ngra guruh doirasida muhokama qilishlari lozim.
•Suzishni biladiganlar suzishni yoqtirsalar, boshqalar esa suzishni hali o‘rganmaganliklari yoki bu borada avval muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklari akula kabi dengiz mavjudotlaridan cho‘chishlari sababli suzishni yoqtirmasliklarini eslatib o‘ting.

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling