O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
Download 414.05 Kb.
|
2 5206677407129411371
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy buyumlar
- Jismoniy maso
- Shaxsiy ma’lumot
- Ijtimoiy media
2-mashq: “Chegaralar”.
O‘z chegaralaringizni bilish, boshqalar bilan samarali muloqot qilishning uzviy qismidir. Chegaralar haqida avvallari kim eshitgan? •Eshitganlarni aniqlang •Chegaralar ta’rifini so‘rang •O‘quvchilarning takliflari bo‘yicha xulosa qiling va quyidagi ta’rifni bering: Chegaralar bu cheklovlardir. Chegaralarni belgilash - bu munosabatlardagi "Ijobiy" va "Salbiy" jihatlarni belgilashdir. Chegaralar tabiiydir. Biz turli xil yo‘nalishlarda chegaralarga ega bo‘lishimiz mumkin. 6 ta o‘quvchi navbati bilan quyidagi paragraflarni ovoz chiqarib o‘qishlari lozim: Vaqt: Sizda kun davomida vaqtingizni qanday sarflayotganingizga e’tibor qaratishingiz muhimdir. Siz o‘zingiz bajarishni istamagan narsalarga "yo‘q" yoki ko‘proq vaqt sarflamoqchi bo‘lgan narsalarga «ha» deb javob berish orqali vaqt chegarasini belgilashingiz mumkin. Muloqot: Sizga hurmat bilan munosabat bildirishlariga huquqingiz bor. Atrofimizdagi odamlar yomon narsalarni gapirishlari yoki qilishlari mumkin (ba’zida o‘zlari istamagan holda). Boshqalarga o‘zingizga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo‘lmasliklarini aytib, muloqot chegaralarini belgilashingiz mumkin. Shaxsiy buyumlar: Bunga pullaringiz, uyali telefon, kiyim-kechak va boshqa buyumlar kiradi. Sovg‘a qilish yoki vaqtinchalik berishni istamasangiz, shaxsiy buyumlaringizga nisbatan "yo‘q" deya chegaralar belgilashingiz mumkin, ammo bunday qilishni istasangiz, "ha" deyishingiz mumkin. Jismoniy masofa: Shaxsiy masofa atrofingizdagi bo‘sh joyni anglatib, bu jismoniy masofa saqlashni ham o‘z ichiga oladi. Odamlardan juda yaqin bo‘lmasliklarini yoki quchoqlashish yoki boshqa jismoniy aloqa shakllariga “ha” yoki “yo‘q” deb javob berish orqali siz jismoniy masofa chegaralarini belgilashingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumot: O‘zingiz haqingizdapsh ma’lumotlarni baham ko‘rmaslik huquqiga egasiz. Siz uchun noqulay bo‘lgan savollarga javob berish yoki ularga javob bermaslik va shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan bo‘lishishda e’tiborli bo‘lish orqali shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbaian chegaralar belgilashingiz mumkin. Ijtimoiy media: Siz ijtimoiy mediadan foydalanishingiz yoki foydalanmasligingiz mumkin. Agar siz ijtimoiy mediadan foydalanishni tanlasangiz, boshqalarning Internetda siz bilan qanday muloqot qilayotgani va o‘zingiz nima yozayotganingiz yoki ijtimoiy tarmoqda boshqalar siz haqingizda nima yozayotganlariga nisbatan chegaralar o‘rnatishingiz mumkin. So‘ng, 2 daqiqa davomida sheriklari bilan fikr almashib, so‘ngra 1 daqiqa davomida shaxsiy chegaralar bo‘yicha umumiy hulosalarini aytishlari lozim. Download 414.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling