3-mashq: Rolli o‘yinlar.
Mustaqil bo‘lgandan so‘ng, o‘zingiz istagan ishni qilishingiz va o‘zingiz yoqtirgan joylarga borishingiz mumkin.
Shu bilan birga shaxsiy hayotingiz bo‘lishiga intilib, his-tuyg‘ularingiz haqida ota-onangiz bilan bo‘lishishni istamaysiz.
Mustaqil bo‘lish sizga juda qo‘l keladi, chunki siz yangi narsalarni o‘rganib, ota-onangizdan narida mustaqil shaxs sifatida shakllana boshlaysiz.
Avvaliga, haddan oshiqcha mustaqil bo‘lish muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki qoidalar va cheklovlarsiz hayot boshingizga tashvish keltirishi mumkin.
Haddan tashqari mustaqil bo‘lish o‘zingizni yolg‘iz va yordamsiz his qilishingizga olib kelishi mumkin. Sizning mustaqilligingiz ota-onangiz uchun tashvishli va vahimali bo‘lishi mumkin.
Ba’zi ota-onalar sizlarni qo‘llab-quvvatlashga va sizlar uchun qarorlar qabul qilishga odatlanishadi - ba’zida sizning shaxsiy fikrlaringiz va qiziqishlaringizni butunlay inkor etishadi. Ushbu ota-onalar, hatto voyaga etganingizda ham, sizni nazorat qilishga intilishlari mumkin.
Ota-onalar sizning mustaqil fikrlay olish ko‘nimalaringizni sezishadi va sizga juda ko‘p mustaqillik berishadi. Bu ota-onalar sizdan kattalarga hos qarorlarni qabul qilishingizni kutishlari mumkin - bu o‘smirlik davrida muammolar tug‘dirishi mumkin.
Qo‘llab-quvvatlashni qanday aniqlaysiz?
•O‘quvchilarning javoblarini yozing
•Flipchart yoki doskaga asosiy iboralarni yozing
•“Qo‘llash”ni so‘z bilan ta’riflang/tushuntiring
11-Mavzu:
“O‘ziga ishongan holda muloqot qilish” (Soft skills)
Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
•Muloqotning 3 uslubi
•Qanday qilib 3 bosqichli "Men ta’kidlayman" usulidan foydalanib, o‘ziga ishongan suhbatdosh bo‘lish mumkin
•Biz kimnidir ataylab yoki istamay hafa qilgan hollarda nima uchun kimdir javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi va kechirim so‘rashi kerak
•Kechirishning 5 bosqichi
Do'stlaringiz bilan baham: |