O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
Download 414.05 Kb.
|
2 5206677407129411371
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mashq: “Muloqotning 3 uslubi”.
- : qat’iy, passiv va tajovuzkor aloqa uslublari.
Zarur bo‘lgan jihozlar:
•O‘qituvchi oldindan tayyorlangan 3 bosqichli ishonchli muloqotning posterini (yoki flipchartini) tayyorlaydi (ushbu mashg‘ulot rejasidan keyingi jadvalgaqarang). •Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat Darsning borishi: O‘quvchilarni qutlang va bugungi mavzu "O‘ziga ishongan holda muloqot" ekanligini eslating Guruhning asosiy qoidalariga qisqacha murojaat qiling (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling): •Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning •Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir •Bir-biringizni tinglang •Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering •Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang •Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi •Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik ta’qiqlanadi 1-mashq: “Muloqotning 3 uslubi”. Ko‘pchilikda umumiy bo‘lgan 3 turdagi muloqot uslubi kuzatiladi. Ba’zida biz turli xil uslublarda muloqot qilib, boshqalardan ajralib turamiz. Boshqa holatlarda biz aralash muloqot uslublaridan foydalanamiz. •Butun guruhni jami 3 kichik guruhga bo‘ling •Har bir guruhga quyidagilardan birini tayinlang: qat’iy, passiv va tajovuzkor aloqa uslublari. •Har bir guruh o‘zlariga berilgan muloqot uslubini o‘qib, muhokama qilishlari talab etilib, o‘z muloqot uslublarini butun guruhga taqdim etishlari lozim •O‘quvchilar butun guruh bo‘lib yoki guuruh nomidan bir ishtirokchini tayinlab, o‘z usullarini namoyish etishlari yoki o‘z muloqot uslublarini rol o‘yini yordamida taqdim etishlari mumkin (rol o‘ynash guruhlar uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin). 5-10 daqiqalik tayyorgarlikdan so‘ng har bir guruhga 3-5 daqiqa vaqt ajratiladi •Ishtirokchilarga savol bering: -O‘zingizni odatda yaxshi suhbatdosh deb o‘ylasangiz, qo‘lingizni ko‘taring? •Sukut saqlab, bir oz kuting - raqamni flipchart yoki doskaga yozing Passiv muloqotchilar? •Sukut saqlab, bir oz kuting - raqamni flipchart yoki doskaga yozing. -Qaysi muloqot uslubi sog‘lom va biz bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaydigan uslub ekanligini taxmin qiling? (Javob - o‘ziga ishonch bilan muloqot qilish uslubi). Suhbat chog‘ida qat’iy bo‘lish juda mushkul! Buning uchun vaqt, sabr va jasorat kerak. Bu "shunchaki ro‘y bermaydi" - sizni odatda suhbatda qat’iy bo‘lishga o‘rgatishmaydi. Buning ustida ishlash talab etiladi. Ushbu ko‘nikmaga ega bo‘lish uchun ikkita muhim jihatga e’tibor qaratish lozim: •Qat’iyatli bo‘lishni tanlash •O‘rganish, sinash va yangi narsalarni qo‘llashga istak Aksariyat odamlar uchun qat’iylik bilan muloqot qilish mushkul. Ehtimol, bolaligingizdan atrofdagilar tomonidan sizga ko‘p gapirmaslik loziligi uqtirilgandir. Ehtimol, bevosita muloqot qilsangiz, sizni noto‘g‘ri tushunishlari yoki boshqalar sizni rad etishidan qo‘rqayotgandirsiz. Afsuski, ko‘p odamlar bilvosita aloqa qiladilar. Ammo o‘z fikrlaringiz, his-tuyg‘ularingiz va istaklaringiz haqida bilvosita suhbatlashganda, siz o‘z fikrlaringizni anglashda boshqalarga suyanishingiz zarurdek tuyuladi. Aksariyat odamlar sizning ongingizni o‘qiy bila olmaydilar. Shuning uchun, mushkul bo‘lsa ham o‘ziga ishongan holda suhbatlashish o‘ta muhimdir Download 414.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling