O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Download 414.05 Kb.
bet50/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

MAQSADLAR
“Qaror qabul qilayotganda, o‘zingizdan so‘rang ... Bu uzoq muddatda menga qanday ta’sir qiladi? Bu mening maqsadimga erishishga yordam beradimi? Bu menga yaxshiroq inson bo‘lishga yordam beradimi?”
“Qaror qabul qilishda qaysi omillardan foydalanayotganingizni bilish muhimdir. Masalan, agar siz faqat ongingizdan foydalanib, yuragingiz sizga aytayotgan narsalarga ahamiyat bermasangiz, oxir-oqibat siz baxtli bo‘lmasligingiz mumkin”.
•Ishtirokchilar keltiradigan ba’zi misollarni tinglang.
Boshlovchi: “Ko‘rinib turibdiki, har kuni har biringiz onginiz, yuragingiz, qo‘llaringizdan foydalanasiz va qaror qabul qilishga umid qilasiz. Ba’zi hollarda siz qarorlarni qabul qilishning ushbu jihatlarining barchasini bo‘lmasa ham, bir nechtasini albatta qo‘llaysiz. Siz bir jihatni boshqasiga qaraganda afzal ko‘rishingiz mumkin, ammo biz ko‘rib turganimizdek, eng yaxshi qarorlar qabul qilish uchun bir nechta jihatlardan foydalanish samaraliroqdir”.
3-mashq: “PAUSE” usuli.
Avvalambor, shoshilib, tezkor qaror qabul qilishdan ko‘ra, qarorni o‘ylab ko‘raish uchun vaqt ajratish yaxshiroqdir. Shoshmaslik yordamida noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan saqlanishingiz mumkin. Buni "PAUSE" deb nomlanadigan usuli yordamida bajarish mumkin.
PAUSE’ so‘zining har bir harfi qaror qabul qilish jarayonidagi bosqichlarni anglatadi:
P - tanaffus olishni bildirib - o‘zingizga savol bering: qanday qaror qabul qilinishi zarur? Ba’zida biz qaror qabul qilish zarurligini anglamaymiz. Shoshmang. Biz vaziyatni qo‘lga olib, uni nazorat qilishimiz mumkinligini tushunish qiyin bo‘lishi mumkin.
A- harfi o‘zingizga savol berishni anglatadi - qanday imkoniyatlar bor? Imkon qadar ko‘proq tanlovlarni ro‘yxatlang. Bajarishingiz mumkin bo‘lgan va siz boshqarishingiz imkoni bo‘lmagan qarorlarni aytib berishga harakat qiling. Aytganingizdek, ijodkor bo‘ling va ongingizda ilg‘or g‘oyalarni shakllantiring.
U- harfi oqibatlarni tushunishni anglatadi. Har bir tanlovning natijasi nima bo‘lishini taxmin qilishga harakat qiling. Bu aqliy faoliyat juda qiyin bo‘lishi mumkin, chunki biz odatda uning oqibatlarini taxmin qilishga odatlanmaganmiz - ammo bunga amaliyot yordamida erishish mumkin.
S -harfi tanlovni anglatadi - ongingiz, yurak, qo‘llaringiz, umidingizdan foydalaning. O‘zingizni barcha darajalardatekshiring; hammasini ko‘rib chiqing. Tanlovlar qay darajada mantiqiy, hissiy, ijtimoiy jihatdan maqsadlaringizga mos keladi?
E- natijani baholash uchun. Qaroringizni ko‘rib chiqish uchun reja tuzing va hanuzgacha bu sizga kerakli ekanligiga ishonch hosil qiling. Ko‘pincha biz qaror yakuniy bo‘ladi deb o‘ylaymiz; orqaga qaytish yo‘q. Umuman olganda, qarorlarning aksariyati o‘zgartirilishi mumkin va ko‘pincha vaqt o‘tishi bilan yangi variantlar biz ilgari ko‘rmagan yechimlar sifatida yuzaga chiqadi.
PAUSEdan foydalanib mashq qilishingiz mumkin. Sizning guruhingizda kimdir qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan bir nechta vaziyatlar mavjud. Guruh sifatida, PAUSE bosqichlarini ko‘rib chiqing. Qayd qilib borish uchun har bir vaziyatni alohida varaqqa yozib borishingiz mumkin. Keyinchalik, sizning guruhingizdan ushbu mashg‘ulotda foydalangan vaziyat bo‘yicha fikringizni bayon qilishni so‘rayman.
•Guruhlarga ishlashga 10 minut vaqt bering, so‘ng har bir guruhdan kamida bitta vaziyat bo‘yicha kelgan to‘xtamlari bilan bo‘lishishni so‘rang.
•Boshqa guruhlardan, agar ular boshqa xulosaga kelgan bo‘lsalar, vaziyat haqida qisqacha fikr bildirishni taklif qiling

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling