O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


-mavzu: “O‘zimizni qanday tutamiz”


Download 414.05 Kb.
bet51/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

14-mavzu: “O‘zimizni qanday tutamiz”
Maqsad: Turli xulq harakatlarini ko‘rib chiqish va ularning muloqotga tegishli harakatlariing shakllanishiga ta’sirini aniqlash.
Materiallar: toza qog‘oz, ruchka, qalam, 3 ta suratli plakat va ularga taalluqli hulk, harakatlarining izohi.
Materiallarni tayyorlash: Har bir plakatning chap tomoniga u yoki bu hulq harakatini ko‘rsatuvchi tasvir tushirilgan qog‘oz yopishtiriladi. Rasmning yonida ushbu hulqning tavsiflari yozilgan.
Sust (passiv) xulk:

  • O‘z huquqlaringizni ta’kidlash uchun hech qanday hatti-harakat qo‘llamayapsiz.

  • O‘zgalarni o‘zingizdan yuqori qo‘yyapsiz.

  • Boshqalarning xohishiga yon berayapsiz.

  • Sizni nimadir bezovta qilsa ham indamay turibsiz.

  • Doimo O‘zr so‘rayapsiz.

Agressiv xulq:

  • Boshqalarni hech qancha o‘ylamay o‘z huquqlaringizni himoya qilayapsiz.

  • O‘zgalar ustidan hukmronlik qilishga urinayapsiz.

  • O‘zgalarni unutib faqat o‘zingizni o‘ylaysiz.

  • Boshqalar hisobiga o‘z huquqlaringizga erishayapsiz.

Ishonchli xulq.

  • O‘zgalar huquqini poymol qilmay o‘z xuquqlaringizni himoya eta olasiz.

  • O‘zingizni va o‘zgalarni hurmat qilasiz.

  • Tinglashni va gapirishni bilasiz.

  • Ham ijobiy, ham salbiy hissiyotlaringizni ayta olasiz.

  • O‘zingizga ishonasiz, lekin o‘zgalarni “haqoratlamaysiz”.

O‘yinning borishi: O‘yin 20 minut davom etadi.

  1. Kirish. Ko‘pincha o‘zimizga ishonmasligimiz bizni turli salbiy kuchlarga qarshi turolmasligimizga olib keladi, natijada har xil nojo‘ya vaziyat va xulqlarning ishtirokchisiga aylanib qolamiz Har xil salbiy yo‘llarga kirib ketmaslik uchun biz o‘z xulk-atvorimizni, uning ichki sabablarini yaxshi tushunishimiz, hatti-harakatlarimizni nazorat qilishimiz, hissiyotlarimizni boshqara olishimiz kerak.

  2. Sinf uchta kichik guruxlarga bo‘linadi.

  3. Har bir kichik guruhga quyidagicha topshiriq beriladi: ko‘rsatilgan uchta suratga asoslangan holda har xil xulq formalarining xatti-harakatlari, ichki holatlari va nutq xususiyatlarini izoxlab bering (guruxlar ishlayotgan paytda suratlarga taalluqli tavsiflar yopib qo‘yiladi, suratlar esa ochiq qoladi).

  4. Har bir guruh tomonidan takdim etilgan variantlarni muhokama qilish.

So‘ngra boshlovchi plakatdagi tavsiflarni o‘qib izoxlaydi. Boshlovchilar o‘z xatti-harakatlari orqali har xil xulq modellarini misol tariqasida ko‘rgazmali namoyon etishlari mumkin.

  1. Ikkala boshlovchi ishtirokida agressiv va sust xulq ko‘rinishlari tasvirlanadi. Ishtirokchilardan esa boshlovchilarning harakatlari, imo- ishora va so‘zlarini kO‘zatgan holda ushbu xulq ko‘rinishlarining nomlarini to‘g‘ri topishlari so‘raladi.


Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling