O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Nima sababdan hech kim odatda unga o‘tirishni istamaydilar?


Download 414.05 Kb.
bet49/71
Sana23.04.2023
Hajmi414.05 Kb.
#1392154
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
2 5206677407129411371

Nima sababdan hech kim odatda unga o‘tirishni istamaydilar?
Extimoliy javob: Bu joy boshqa birov uchun saqlab qo‘yilgan.
Ha, odamlar ijtimoiy qoidalarga hurmat ko‘rsatishga moyildirlar, shuning uchun bu kursi tanlovni amalga oshirishda ishtirok etadigan ijtimoiy omillarni anglatadi.
Nihoyat, hech kim tanlamaydigan burchakdagi kursi (yoki uni tanlagan bo‘lsalar ham, ehtimol uni to‘g‘ri yo‘nalishga qaratib o‘tirishgan).
Nima sababdan hech biringiz bu kursiga o‘tirmadingiz?
Extimoliy javob: “Men nima bo‘layotganini ko‘rishni istayman. Men guruhning bir qismi bo‘lishni istadim - kursi teskari tarafga qarasa, guruh ishida qatnasha olmas edim”.
Mashg‘ulotlarga kelgach, ehtimol siz barcha foliyatni kuzatishni va ularda ishtirok etishni istaysiz, va bunda bu noto‘g‘ri tanlov bo‘ladi. Bu bizning maqsadlarimizga, intilishimizga va kelajakka bo‘lgan umidimizga mos keladigan tanlovlarimizni o‘zida aks ettiradi.
Shunday qilib, bu biz qabul qiladigan ko‘plab qarorlarimiz uchun boshlang‘ich nuqtalar sanalib - QAROR QABUL QILISH - bugungi mavzudir! Biz ba’zi qarorlarni mantiqqa asoslangan holda qabul qilamiz, boshqalari bizning hissiyotlarimizga, ba’zida ijtimoiy qoidalarga asoslanib, ba’zida biz maqsadga erishishni istaganimiz yoki kutganimiz sababli qaror qabul qilamiz.
2-mashq: “Qaror qabul qilish”.
Ba’zida biron bir vaziyatda eng yaxshi qaror qabul qilish mushkul. E’tibor talab qiluchi omillar ko‘pligi bizni osongina chalkashtirib yuboradi.
Bugun biz qarorlar qabul qilish tizimini o‘rganamiz. Kelajakda o‘zingizning tanlovingizga nisbatan ko‘proq ishonch hosil qilishingiz uchun biz qarorlar qabul qilishni mashq qilamiz.
•Flipchart yoki doskada tayoqchali odamcha rasmini tayyorlab qo‘ying (ushbu mashqlar tagidagi rasmga qarang)
•Chizilgan rasmning bosh qismiga ishora qilib, ayting:
“Qaror qabul qilishning mantiqiy, fikrlash tomonini eslab qolish uchun boshingizni tasavvur qiling. Sizning fikrlashingiz shu yerda boshlanadi. O‘zingizga shunday savollarni bering: bu to‘g‘rimi? Bu mantiqqa mosmi? Mening tajribam bu haqida nima deydi? Bu necha pul turadi? Bu xavfsizmi?”
Rasmdagi odamchaning yuragiga ishora qilib, ayting:
“Qaror qabul qilishda hissiy tomonni eslab qolish uchun yuragingizni tasavvur qiling. Bu sizning his-tuyg‘ularingizning markazidir. O‘zingizdan so‘rang: Bunga nisbatan mening munosabatim qanday? Ushbu qaror haqida o‘ylaganimda, ichimda og‘riq sezamanmi? Mening ichki tuyg‘ularim menga nimani aytadi?”
•O‘zingiz chizgan rasmning qo‘llariga ishora qilib, ayting:
“Qaror qabul qilishning ijtimoiy tomonini eslab qolish uchun qo‘llaringizni vizualizasiya qiling. Biz qo‘llarimizni boshqa odamlar bilan salomlashish yoki ularga yordam berish uchun ishlatamizmi?.”
-Shunday qilib, qaror qabul qilishdan avval, o‘ylab ko‘ring ... sizga kim maslahat berishi mumkin? Sizning qaroringiz kimga ta’sir qilishi mumkin? Boshqa odamlar nima kutadilar? Kim tasdiqlaydi yoki rad etadi?
•Rasmdagi odamchaning qanotlariga ishora qiling
Qarorlarni qabul qilishda bizning maqsadlarimiz qanchalik muhimligini yodda tutish maqsadida kelajak umidlaringiz haqida o‘ylang. Ushbu flipchartda men orzularni va yaxshi hayotga bo‘lgan umidni ifodalash uchun qanotlarni (yoki bulut pufakchasini) chizdim.

Download 414.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling