O`quvchilarni kasbga yo`naltirishning diagnostik metodikasi


Download 171 Kb.
bet1/8
Sana12.02.2023
Hajmi171 Kb.
#1192295
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish




R
MEHNAT TA’LIMI O 'QITISH M ETODIKASI, KASB TANLASHGA YO`LLASHNING DIDAKTIK SISTEMALARI
eja:



1. «Mehnat ta'lim o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fanining maqsad va vazifalari. Didaktik prinsiplar.
2. Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisining o‘quv yiliga va darsga tayyorgarligi
3.Kasbga yo‘naltirish shakl va metodlari. Kasbga yo‘naltirish bosqichlari mazmuni. Kasbga yo‘naltirishning ijtimoiy va psixofiziologik asoslari.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


«Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fanining maqsad va vazifalari. O'quvchilarni mehnat va kasb olamiga olib kirishning har xil yo'llari orasida «M ehnat ta ’limi» fani muhim o'rin tutadi. Uning metodikasini takomillashtirish orqali fan uchun moddiy jihozni mustahkamlash, maktabni o'z atrofidagi sanoat va qishloq xo'jaligi sohasi bilan aloqasini mustahkamlash, ijtimoiy foydali, unumli mehnatni tashkil etish, uning tarbiyaviy iqtisodiy samaradorligini oshirish, uni ta ’lim bilan qo'shib olib borish, o'quvchilarni mehnatga tayyorlashni yaxshilash bo'yicha ishlar yo'lga qo'yiladi. Mehnat darsi maktabdagi boshqa fanlar uchun umumiy didaktik tamoyillarni qo'llasada, uning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud. O'quvchilar bilish faoliyati bilangina emas, balki yaratish faoliyati bilan ham shug'ullanadilar. Mehnat fanlari, qurollari, jarayonlari oddiy o'rganish obyekti sifatida emas, balki o'quvchilar ishlarini faollashtiruvchi ko'rsatmalilik vositasi, didak tik material, ta ’lim n in g texnik vositasi sifatida xizmat qiladi. Fanni o'qitishdan maqsad — o'quvchilarni har tomonlam a barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bo ­zor iqtisodiyoti davrida ta ’lim -tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g'ovasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur his etib, ularni ta'lim-tarbiya mazmuniga singdira oladigan shaxs — mehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchisi sifatida shakllantirishdir. M azkur kursning maqsadi talabalarga umumiy o 'rta ta ’lim maktablarining 5—9-sinflari uchun mehnat ta ’limi o'qituvchisi bo'lib yetishishlarida tegishli metodik tayyorgarlik ko'rishlarini ta ’minlashga xizmat qilishdir. Fanning vazifasiga quyidagilarni kiritish mumkin: — o'quvchilarda pedagogik-psixologik bilimlarni - mehnat, kasb tanlashga yo'llash va umum kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish jarayoniga tatbiq etish; — pedagogik-psixologik bilimlarni bevosita tanlangan sohalariga tatbiq eta olish va yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; — maktablarda mehnat ta ’limi va kasb tanlashga yo'llash darslarini o'qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o'rgatishdan iborat.
2. «Mehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida bakalavr egallashi kerak bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar yig‘indisi. «Mehnat ta ’limi o'qitish m etodikasi, kasb tanlashga yo'llash» o'quv fanini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: — m ehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash yo'nalishlari bo'yicha t a ’lim m az m u n in in g uzviyligi va o'zaro bog'liqligi; o'quv moddiy bazasining tashkil etilishi (o'quv materiallari va moslamalar bilan ta ’minlanishi); Davlat ta ’lim standartlarining ishlab chiqish mezonlari va unga qo'viladigan talablarni, kasb tiplari, kasbga yaroqlilik, kasb tanlashga ta ’sir etuvchi omillarni bilishi kerak;
— o'quvchilarning m ehnat tayyorgarligi bo'yicha o'quv rejasi va dasturlar m azm unini; o'quv jarayonini tashkil etish va m ehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llashga oid rejalashtiruvchi hujjatlarni ishlab chiqish, mehnat ta ’limi va kasb tanlashga vo‘llash darslarini olib borish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak;
— ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o'rtasida aloqalar o'rnatishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo'llay olishi; mashg'ulotlarni o'tkazish, o'quv jarayonini rejalashtirish; tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazish; bandlik xizmati bilan ishlash; o ’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo'yicha turli testlardan foydalanish; ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash malakalariga ega bo'lishi kerak. «M ehnat ta’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» umumkasbiy fan hisoblanib, 6 va 7-semestrlarda o'qitiladi. Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (fizika, matematika, axborotlar texnologiyasi, chizm achilik, radioelektronika’ va h.k.), um um kasbiy (pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya, mehnat va muhandislik psixologiyasi va h.k.) va ixtisoslik (materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, o'quv ustaxonalarida amaliy ishlar, kasb ta ’limi praktikumi fanlari, texnika xavfsizligi va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlik talab etiladi. O'quvchilar fanni o'zlashtirish jarayonida ishlab chiqarish bilan bog'Iiq bo'lgan barcha sohalar, ularda qo'llaniladigan texnologik jarayonlar hamda ishlab chiqarish munosabatlari to'g'risida to'liq tassavurga ega bo'ladilar. Umumiy o'rta ta’lim maktablarida o'quvchilarni mehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash tarkibida kasbga yo'naltirish ularning zamonaviy va milliy kasb-hunarlarni o'zaro uyg'unligini ta ’m inlagan holda bilim, ko'nikm a, m alakalarni egallashlarini ta ’minlaydi. Mazkur dastur bo'lajak mehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llash o'qituvchilarining m ehnat ta ’limi, kasb tanlashga yo'llashni o'qitish metodikasi asosida kasbga yo'naltirish ishlarini xalq xo'jaligi tarmoqlari istiqbolini hamda kasb-hunar kollejlari sohalashtirilganligini hisobga olgan holda bajarishiga xizmat qiladi. 3. «Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi, kasb tanlashga yo‘llash» o‘quv fanini o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o'ziga xos jihatlari. O'quvchilarni m ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash fanini o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni
o ‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo llanmalar, ma ’ruza matnlari, tarqatma
m ateriallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda ishchi holatdagi
mashinalarning ishlab chiqarishdagi namunalari va maketlaridan foydalaniladi.
Mazkur fanni o ‘qitish jarayonida ta ’lim ning zamonaviy metod ­lari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan: — o'quv faniga tegishli
ma ’ruza darslarida zamonaviy kom pyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan, blits-so'rov, insert texnikasi, frontal ishchi guruhlarda ishlash, «Bumerang», musobaqa, «Aralash mantiqiy zanjirlar», muammoli dars, «6x6x6» kabi pedagogik texnologiyalaridan; — fan bo‘yicha o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlarida og‘zaki bayon qilish, fikrlar hujumi, suhbat-munozara, charxpalak, B-BB, rolli o'vinlar, muammoli dars, kichik guruhlarda va jamoada ishlash pedagogik texnologiyalaridan foydalanish nazarda tutilgan. «M ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursini o‘rganish, umumiy o ‘rta ta ’lim maktabidagi m ehnat ta ’limining (mehnat tarbiyasi, politexnik ta ’lim, kasbga yo'llash va hokazolarning) maqsad va vazifalarini, shu fan bo‘vicha o'quv jarayonining tashkiliy tamoyillarini va uning mazmunini anglab olishi, m aktab ustaxonalarida
ta ’lim-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli olib borishda yordam beradigan metodik vositalar tizimi sifatida o'rganilishi lozim. Pedagogika fanining tarm og'i sifatida
«M ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» kursi oldiga quyidagi asosiy tadqiqot vazifalari qo'yiladi, ya’ni mehnat ta ’limi vazifalarini asoslash, ularning tarbiyaviy va ta’limiy ahamiyatini ochib berish. Mehnat ta ’limi vazifalarini belgilashda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qabul qilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar metodologik asos bolib xizmat qiladi. Mehnat ta ’limi o'quvchilar shaxsini har tomonlama kamol topishiga, mehnatning turmush bilan aloqasini mustahkamlashga, o'quvchilarda ongli dunyoqarashning shakllanishiga, ularni xalq xo'jaligida m ehnat qilishga va asosiy ravishda kasb tanlashga tayyorlashda yordam beradi. «M ehnat ta ’limi o'qitish metodikasi, kasb tanlashga yo'llash» fani ustaxonada o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan boshqa o'quv fanlarini (ijtimoiy-siyosiy, tabiiy va matematik) o'qitishning o'zaro didaktik bog'liqligini ochib beradi, shuningdek, boshlang'ich, o'rta va yuqori sinflardagi mehnat ta ’lim ining izchilligini ta ’minlash yo'llarini ko'rsatadi. Mehnat
ta ’limi jarayonida o'quvchilarda mehnatga muhabbat, jism oniy mehnat kishilariga hurmat va shaxsning boshqa axloqiy sifatlari shakllanishiga imkon beradi. Bu sifatlar og'zaki tushuntirish bilan emas, balki o'quvchilarni unumli mehnatga qatnashtirish yo'li bilan shakllantiriladi. 4. Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta’limi, kasb tanlashga yollash va tarbiyaga oid fikrlari. Sharqning buyuk mutafakkirlari, allomalari deyarli barcha davrlarda o'z asarlarida, she'r va g'azallarida, adabiy meroslarida halol mehnatni, kasb-hunar egallashning m uqaddasligini va zarurligini ta ’kidlab, ulug'lab o'tganlar. Ulug' bobokolonimiz A.Navoiy o'z g'azallarida yoshlarni ilm-hunar egallashga chaqiradi: 11m kasbini qildi to joni bor, Hunar o'rgandi orxgaki imkoni bor. X asrda yashab ijod etgan ulug' bobokalonimiz Abu Nasr alForobiy ham kishilarni halol mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga chaqiradi. Forobiyning fikricha: «Inson ojiz banda, hech narsaga qodir bo'lmagan mavjudod emas, balki u eng oliy kamolot natijasi bo'lib o'z aql-idrok ziyosiga ega, o'zi uchun zarur bo'lgan hamma narsani yaratishga qodir borliqdir». Forobiy mehnat va kasb-hunar ko'nikmalarini, axloqiy fazilatlarni hosil qilish lozimligini ta ’kidlab: «Agar k asb -h u n ar fazilati tug'ma bo'lganda, podshohlar ham o'zlari istab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muvassar bo'lgan, tabiat talab qilgan tabiiy bir majburiyat bo'lib qolar edi. Kasbhunar fazilati tug'ma bo'lmas ekan, xalqlar va shahar ahllarida, odob-axloq, rasm-rusm, kasb-hunar, odat va irodani hosil qilishi insondan zo'r kuch va qudrat talab qiladi. Bu ikki yo'l bilan, ya’ni ta ’lim va tarbiya yo'li bilan hosil qilinadi. Ta’lim degan so'z xalqlar va shaharlar o'rtasida nazariy fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so'zdir», — degan edi. Kasb-hunar egallashning ahamiyati to'g'risida qomusiy ohm Abu Ali Ibn Sino (980—1037)ning asarlarida ham ko'ramiz. Uning fikricha bolaga yoshligidan biror kasb-hunarni o'rgatish lozim. Bola kasb-hunarni m a ’lum darajada o ‘zlashtirib bo'lgandan so'ng o'z kasb-hunaridan hayotda foydalanishi, ya'ni halol mehnat bilan mustaqil hayot kechirishiga o'rgatish kerak. «Yoshlarga ilm bera borib, ularga hunar o'rgatmoq muhim m as’uliyatli ishdir. Hunar o'rganish birla yoshlar har qanday nojo'ya xatti-harakatlardan xoli bo'ladilar», — deb ta ’kidlaydi Abu Ali Ibn Sino. Uning hunarli bo'lishga qaratilgan nasihatlari hozirgi kunda ham m uhim ahamiyatga ega: Oltin olmagin-u o'rgangin hunar Hunarni oldida xasdir oltin zar. Sharqlik, markaziy osiyolik mutafakkirlar hamda o'zbek
ma ’rifatparvar shoirlari h am kasb-hunar egallashning ahamiyati to'g'risida o'z asarlarida qimmatli maslahatlarini qoldirganlar, bu meros hozirgi kunda ham yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishda m uhim ahamiyatga ega. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida Sharq-u G'arbda ham yoshlarni kasb-hunar egallashlariga alohida
e ’tibor bilan qaralgan. Ularning kasb-hunar egallashlarida otalik, ustozlik
m aslahatlarini, yo'l-yo'riqlarini muntazam berib kelganlar. Rasman kasbga oid maslahat idoralari asrimiz boshlarida paydo bo`la boshlagan.

Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling